Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………..3
Xalqaro protektsionizm, uning tarixiy ildizlari va xozirgi zamon ko’rinishi
…………………………………………………………………………………5
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda bojxona siyosati ta’riflari……………...11
O’zbekiston Jahon bozoriga kirib boorish muammolari va ularning yechimini milliy kontseptsiyasi…………………….……………………...20
Xulosa…………………………………………………………………...33
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………...35
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishilgan ilk yillarda Respublikamiz har jihatdan zaiflashib qolgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekitonni Mustaqil Respublika deb e‘lon qilganlarida davlatning oziq – ovqat zaxirasi 12 kunga yetadigan darajada bo‘lgan ekan. Bu bilan uzoqqa borib bo‘lmas edi. Ammo, muhtaram Prezidentimizning ichki bozorni to‘ydirish maqsadida ilk yillardanoq olib brogan oqilona iqtisodiy siyosatlari natijasida mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asta – sekin yaxshilana boshladi. Bunga misol, Prezidentimiz tomonlaridan, vaqtida, O‘zbekistonning o‘z taraqqiyon yo‘lini ishlab chiqilgani va unga mos ―O‘zbek modeli‖ning yaratilgani Jahonga Yer yuzida O‘zbekiston degan mustaqil davlatning paydo bo‘lganini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Endilikda mamlakatimiz oldida turgan muhim masalardan biri bu Jahon bozorida o‘z o‘rniga erishish va boshqa davlatlar bilan mustahkam va uzilmas iqtisodiy – birodarlik aloqalarini bog‘lash va mustahkamlashdan iboratdir.
Bugungi kunda har qanday davlat o‘zi uchun qulay iqtisodiy muhit, kuchli ijtimoiy jamiyat, chegaralari mustahkamligi va eng asosiysi aholi farovonligiga to‘laqonli erishish uchun faqatgina o‘z doirasidagina emas, balki jahon mamlakatlari bilan ham do‘stona iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerakligini to‘li anglab yeti.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga endigina 30 yil bo‘lganiga qaramasdan bu yo‘nalishda har qaysi davlat havas qilsa arziydigan muvofaqiyatlarga erishdi. Buni yaqqol isboti, Respublikamiz bugungi kunda dunyoning 130dan ortiq mamlaktlari bilan ikki tomonlama samarali shartnimalarga ega. Hozirda O‘zbekiston dunyoning 80 mamlakatiga zarur bo‘lgan sifatli oziq – ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ga a‘zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi1.
__________________________________________________
1 Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. I.A.Karimov. Toshkent. 16.01.2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |