qonuniyatlarini (bozorlami agregatlash) aniqlash makroiqtisodiy bog‘-
liqliklami agregatlash, ya’ni makroiqtisodiy bozorlarda
makroiqtisodiy
agentlar harakatlari qonuniyatlarini tadqiq etish imkonini beradi. Buni
esa
mahsulotlar, harajatlar va daromadlaming doiraviy aylanishi
chizmasi orqali tasvirlash mumkin (yoki aylanma oqim modeli-model
of circular flows).
Dastawal ikki sektorli modelni ko‘rib chiqamiz, bu model faqat
ikki makroiqtisodiy agentdan, ya’ni uy xo‘jaliklari,
firmalardan va
ikki bozordan- tovar va xizmatlar bozori va iqtisodiy resurslar bozo-
ridan iborat.
Firmalar ishlab chiqargan (taklif etgan) va tovar va xizmatlar bozo-
riga keltirgan mahsulotlami uy xo‘jaliklari sotib oladilar (ularga talab
bildiradilar). Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun firmalar iqtiso
diy resurslami (yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik faoliyatini)
sotib
oladilar, ya’ni ularga talab bildiradilar. Iqtisodiy resurslar egasi - uy
xo'jaliklari esa ulami taklif etadilar. Tovar va xizmatlar sotib olganda uy
xo‘jaliklari sarf-harajat qiladilar. Uy xo‘jaliklarining tovar va xizmat
larga qilgan harajatlari iste’mol harajatlari (consumption spending) deb
nomlanadi. Firmalar o‘z mahsulotlarini uy xo‘jaliklariga sotganda
daromad ko‘radilar (revenue), bundan ular uy xo‘jaliklariga iqtisodiy
resurslar uchun haq to‘laydilar, bu esa firmalar uchun harajat (costs)
hisoblanadi (uy xo‘jaliklari uchun omillar daromadi, mehnat omili
uchun
ish haqi, yer omili uchun renta, kapital omili uchun foiz va tad
birkorlik faoliyati uchun foyda, ular yig‘indisi
esa milliy daromadni
tashkil etadi). Olingan daromadlami uy xo‘jaliklari tovar va xizmatlami
sotib olish uchun sarflaydilar (iste’mol xarajatlari). Daromadlar va hara
jatlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Har bir iqtisodiy agent daromadi
sarflanganda boshqa bir iqtisodiy agent daromad ko‘radi, bu esa keying-
isining qiladigan harajatiga asos bo'ladi. Harajatlar ortishi daromad
o‘sishiga
olib keladi, daromad o‘sishi esa kelgusida harajatlaming
ko‘payishiga zamin yaratib beradi. Shuning uchun ham chizma aylanma
harakat modeli yoki aylanma oqim modeli nomini olgan. Moddiy oqim-
lar soat strelkasiga qarshi, pullar esa soat strelkasi yo‘nalishida harakat
lanadi. Talab soat strelkasi yo‘nalishida, taklif esa unga qarshi harakat
lanadi. Chizmadan quyidagilami ko‘rish mumkin: 1) har bir moddiy
oqim narxi
pul oqimi kattaligiga teng; 2) milliy mahsulot milliy daro-
madga teng; 3) umumiy talab umumiy taklifga teng; 4) umumiy daro
mad umumiy harajatlarga teng.
11