Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


71 
 
VII Bob 
INTERPOL XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI 
SIFATIDA. INTERPOLNING SHAKLLANISH VA 
RIVOJLANISH TARIXI 
 
1. Interpol xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. Interpol paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 2. Interpol tizimi, tuzilishi va tarkibi. 3. 
Interpol faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 4. Interpolning O‘zbekiston 
Respublikasi uchun ahamiyati.  
 
1. Interpol xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. Interpol 
paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 
 
  Jinoyatchilik  va  unga  qarshi  kurash  muammolari  qadimiy  tarixga 
ega  bo‘lib  tarixning  barcha  davrlarida  jamiyki  davlatlar  kun  tartibida 
bo‘lib kelgan, biroq aynan XIX-XX asrlarda jinoyatchilikning eng xavfli 
turlariga  qarshi  kurashishda  davlatlararo  o‘zaro  yordam  ko‘rsatish 
zarurati  tug‘ildi  va  bu  quyidagi  bir  qator  omillar  bilan  izohlanadi: 
davlatlararo 
aloqalarning 
rivojlanishi, 
chegaraviy 
jarayonlarning 
soddalashuvi,  turizmning  rivojlanishi  jinoyatchilarning  bir  davlatdan 
boshqa  davlat  hududiga  o‘tish  imkoniyatining  oshishiga,  uyushgan 
jinoyatchilikning  o‘sishiga  olib  keldi,  kontrabanda,  giyohvandlik 
vositalari noqonuniy savdosi, terrorizm, “odam savdosi”, qalbaki pullarni 
tayyorlash  kabi  jinoyatlar  ko‘plab  davlatlarning  diqqat  markazidan  o‘rin 
oldi  va  bu  jinoyatlar  o‘z  xususiyati  hamda  jamiyat  va  ayrim  shaxslarga 
keltirgan  zarari  hajmiga  ko‘ra  yagona,  umum  e’tirof  etilgan  va 
davlatlararo  muvofiqlashtirilgan  kurashni,  taktik,  texnik  choralar 
qo‘llashni  taqozo  etdi,  yashiringan  jinoyatchilarni  qidirib  topish  va 
ushlashni  qat‘iy  protsessual  unifikatsiya  qilish,  jinoyatchilarni  ushlab 
berish  (ekstraditsiya)  tartibini  muvofiqlashtirish  zaruratini  yuzaga 
keltirdi.  
  Uzviy  hamkorlik  qilish  zarurati  kriminal  politsiyaning  milliy 
xizmati  vakillarini  turli  darajada  rasmiy  va  norasmiy  shakllarda  aloqa 
qilish  ehtiyojini  tug‘dirdi.  Kriminologlar  va  kriminalistlar  tomonidan 
nazariyada  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasida  kuchlarni  birlashtirish 
zaruratini anglab etilishi qator xalqaro forumlarni o‘tkazilishiga olib keldi 
va bular Interpolning yaratilishidan oldin o‘tkazilgan, xususan: 


72 
 
- 1889-yilda Bryusselda (F. fon List tashabbusi bilan) jinoyat huquqi 
xalqaro  uyushmasining  ta’sis  majlisi  o‘tkazildi  va  unda  jinoyatchilik 
sabablari va unga qarshi kurashning ilmiy tadqiq etilishidan tashqari qator 
davlatlar politsiyalarini doimiy amal qiluvchi, tashkiliy rasmiylashtirilgan 
dastlab  milliy,  so‘ng  xalqaro  miqyosda  hamkorligi  tartibida  amalga 
oshiruvchi aksiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi; 
- 1905-yilda  Gamburgda  bo‘lib  o‘tgan  xalqaro  kriminalistlar 
uuushmasining  o‘ninchi  xalqaro  assambleyasida  barcha  davlatlarda 
politsiya  tuzilmalari  tarkibida  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
markaziy  byurolarini  tuzish,  alohida  jinoyat  turlariga  qarshi  kurash 
bo‘yicha xalqaro politsiya markazlari tuzish taklifi bildirilgan; 
- 1910-yilda  Buenos-Ayresdan  (Argentina)  xalqaro  kriminalistlar 
uyushmasining  butunjahon  politsiya  uyushmasini  tuzish  taklifi  kelib 
tushgan; 
- 1912-yilda  Myunxen  va  Drezdenda  ichki  german  politsiya 
konferensiyasida  nemis  kriminalistlari,  shuningdek  kriminal  politsiya 
xizmatlarining xalqaro hamkorligi masalalari muhokama etildi.
42
 
- 1914-yilda  Monakoda  jinoyat  politsiyasining  I  Xalqaro  kongressi 
bo‘lib  o‘tdi.  14  mamlakatning  yuristlari  va  politsiya  xizmatchilari,  shu 
jumladan,  Rossiya  imperiyasining  Ichki  ishlar  vazirligi  vakillari 
tomonidan  turli  mamlakatlar  politsiya  organlarining  jinoyatchilikka 
qarshi  kurash  bo‘yicha  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  xalqaro  kriminal 
ma‘lumotni hisobga olish bo‘limini ta’sis  etish va jinoyatchilarni ushlab 
berish  (ekstraditsiya)  jarayonlarini  unifikatsiya  qilish  imkoniyati 
muhokama  etildi.  Birinchi  jahon  urushi  o‘zaro  kelishilgan  choralarni 
amalga  oshirishni  to‘xtatib  qo‘ydi.  1923-yilda  ikkinchi  jinoyat 
politsiyasining  II  Xalqaro  kongressi  bo‘lib  o‘tib,  uning  natijasi  o‘laroq 
xuddi  shu  yilning  7-sentabrida  doimiy  faoliyat  yurituvchi  tashkilot  – 
jinoyat politsiyasi Xalqaro komissiyasi (The International Criminal Police 
Commission, ICPC, 1923) ta’sis etildi. 
- 1950-yillarning  o‘rtalarida  uning  faoliyati  huquqiy  asoslari  va 
tashkil  etilishini  takomillashtirish  zarurati  tug‘ildi:  1956-yilda  jinoyat 
politsiyasi  Xalqaro  komissiyasining  25-sessiyasida  bir  ovoz  bilan  ustav 
qabul  qilindi  va  unda  komissiya  jinoyat  politsiyasi  Xalqaro  tashkiloti 
(Interpol) deb nomlandi.  
                     
42
 Войцеховский А. История создания Интерпола. // Ж. Бизнес-информ. – 1998. – №10. – С.28.
 


73 
 
Tashkilot  nomi  ingliz  tilida  The  International  Criminal  Police 
Organization  –  INTERPOL  (qisqartma  nomi 
inglizcha 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish