Milliy markaziy byurolar (MMB) Interpolning har bir a’zo
mamlakati politsiya xizmati tuzilmasida yaratiladi. Ular davlatlarning
jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorligi markazlari,
Interpolning joylardagi tayanch punktlari hisoblanadi. Qayd etilgandek,
muayyan davlatda MMB Interpolning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi
hisoblanadi. Ayni vaqtda, u mazkur davlatning jinoyatchilikka qarshi
kurash sohasida keng vakolatlar berilgan politsiya organi hisoblanadi.
Hech bir xalqaro tashkilotda bunday organlar mavjud emas. Xalqaro
politsiya hamkorligining tayanch punktlari sifatida MMB
o‘z
mamlakatida sud, prokuratura, chegara va bojxona xizmatlari bilan,
shuningdek, xalqaro darajada boshqa davlatlar MMB va Bosh kotibiyat
bilan aloqa qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |