Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148
Internationalpolice 
dan 
kelib 
chiqqan).    1966-yilda  Interpol  BMT  tomonidan 
xalqaro  1971-yilda  esa  hukumatlararo  tashkilot 
deb  tan  olingan.  1996-yildan  BMT  Bosh 
assambleyasi 
sessiyalari 
va 
faoliyatida 
kuzatuvchi sifatida ishtirok etib keladi.  
100  dan  ortiq  davlat  Interpol  a’zosi 
hisoblanadi,  uning  markaziy  organlari  Lion 
shahri (Fransiya)da joylashgan. 
Interpol  faoliyatining  huquqiy  asosi  uning 
ustavi va reglamenti hisoblanadi. 1956-yil 13-iyunda kuchga kirgan ustav 
1923-yilgi ta’sis hujjatining o‘rnini egalladi. 
Interpolni  tashkil  etish  va  rivojlanishining  murakkab  tarixi,  uning 
xalqaro tashkilot sifatida o‘ziga xosligi, jahon hamjamiyatining XX-XXI 
asrlardagi  tobora  murakkablashib  boruvchi  hayoti  bilan  uzviy  aloqasi 
uning  huquqiy  maqomi  (status)ni  aniqlashda  muayyan  qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi. 
1923-yilda  jinoyat  politsiyasi  Xalqaro  komissiyasi  sifatida  tashkil 
etilgan  vaqtdan  boshlab  Interpol  muhim  xalqaro  politsiya  tashkilotiga 
aylanish maqsadida o‘z a’zolarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. 
Hamkorlik  modeli  siyosatiga  tayangan  holda  tashkilotning  rasmiy 
maqsadlari  turli  millatlar  tegishli  milliy  qonunchilik  doirasida,  Inson 
huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasiga  amal  qilgan  holda  politsiyalar 
o‘rtasida  hamkorlikka  ko‘maklashish  va  ta‘minlashdan  iborat.  Ikkinchi 
jahon urushidan so‘ng tashkilot qayta tashkil etilib Interpol siyosiy, irqiy 
Xalqaro jinoiy politsiya 
tashkiloti (INTERPOL
– umumjinoiy 
jinoyatchilikka qarshi 
kurashda turli davlatlar 
politsiya organlari 
(tashkilotlar) ning 
xalqaro hamkorligini 
muvofiqlashtiruvchi 
xalqaro huquqni 
muhofaza qiluvchi 
tashkilot 


74 
 
va  diniy  masalalarni  chetlab  o‘tgan  holda,  jinoiy  huquqbuzarliklarga 
ixtisoslashdi
43

Interpol  tarixini  huquqiy  nuqtai  nazardan  tahlil  etib  quyidagilarni 
qayd etish joiz:  
Ko‘p  tomonlama  a’zolik,  muntazam  organlar,  ta’sis  shartnomalari, 
suverenitetni  hurmat  qilish  va  a’zo  davlatlarning  ichki  ishlariga 
aralashmaslik,  qarorlarning  qabul  qilinishi  va  kuchga  kirish  tartibi 
belgilari tashkilot tomonidan 1923-1930-yillarda qo‘lga kiritilgan. 
Xalqaro  huquqlarning  Mustaqilligi  belgilari  (immunitet  va 
imtiyozlar,  shtab  kvartiraning  Mustaqilligi,  personalning  immuniteti, 
arxivlarning,  xizmat  yozishmalari  va  barcha  turdagi  aloqalarning 
daxlsizligi,  bevosita  soliq  va  bojxona  yig‘imlaridan  ozod  etilganlik, 
valyuta  imtiyozlari,  tashkilot  rahbarining  diplomatik  dahlsizligi  va 
boshqalar) 1956-1984-yillarda rasmiylashtirildi. 
 
Interpol  xalqaro  tashkilot  sifatida  huquqiy  maqomning  quyidagi 
turlarini  bosib  o‘tgan:  noMustaqil  nohukumat  (1923-1930-yillarda), 
nohukumat (1930-1984- yillarda), hukumatlararo ( 1984-yildan boshlab) 
Interpolning  tahlil  etilayotgan  “xalqaro  hukumatlararo  tashkilot” 
ta’rifi  uning  ixtisoslashtirilgan  tavsifini  (universaldan  farqli  o‘laroq) 
namoyon etmoqda: 
–  faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra– huquqiy; 
–  faoliyat  maqsadi  va  prinsiplariga  ko‘ra  –  maxsus  vakolatli, 
xususan, turli mamlakatlar vakolatli organlarining keng hamkorligi orqali 
xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarning  oldini  olish.  Biroq  JPXT  (MOUP) 
turli  davlatlar  jinoyat  politsiyalarining  tashkiloti  sifatida  baholab 
bo‘lmaydi,  chunki  ayrim  mamlakatlar  Interpolda  aynan  politsiya  emas, 
                     
43
  Comparative  and  International  Policing,  Justice,  and  Transnational  Crime,  edited  by  Sesha  Kethineni. 
Durham, NC: CarolinaAcademicPress, 2010. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish