Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Xalqaro  jinoyat  adliya  tizimi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   148
Xalqaro  jinoyat  adliya  tizimi  takomillashib  bormoqda.  Shu 
kungacha  butun  dunyo  hamjamiyatiga  tahdid  soluvchi  o‘ta  og‘ir 
jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni ta‘qib qilish uchun vaqtincha xalqaro 
sudlar (tribunallar) – ad hoc (maxsus shu uchun, faqat shu holat uchun – 
lotin.)  tuzilar  edi.  Hozirgi  kunda  ad  hoc  organlari  bilan  birga  doimiy 
Xalqaro jinoyat sudi faoliyat ko‘rsatmoqda.  
 
4. Xalqaro sud faoliyati. Xalqaro huquqni muhofaza qilish 
faoliyatini takomillashtirish muammolari 
 
Xalqaro  jinoyat  sudlarini  va  tribunallarni  shartli  ravishda  ikki 
toifaga bo‘lish mumkin: 
- ad hoc tribunallari: 
a)  Ikkinchi  jahon  urushida  g‘olib  davlatlarning  bitimi  asosida  takil 
etilgan  xalqaro  tribunallar  (Yevropa  mamlakatlarining  asosiy  harbiy 
jinoyatchilarini  sudlash  va  jazolash  uchun  tuzilgan  Xalqaro  harbiy 
tribunal  1945  y.,  Uzoq  SHarq  mamlakatlari  uchun  Xalqaro  harbiy 


29 
 
tribunal  1946  y.)  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  rezolyutsiyalari  asosida 
tuzilgan  tribunallarni  (sobiq  Yugoslaviya  hududida  sodir  etilgan  jiddiy 
xalqaro  gumanitar  huquqbuzarliklar  uchun  javobgar  shaxslarni  sud 
qilish uchun Xalqaro tribunal 1993 y., Raunda bo‘yicha Xalqaro tribunal 
1994 y.); 
b) xalqaro maqomga ega davlat ichki sudlari va tribunallar, masalan, 
Syerra-Leone  bo‘yicha  Maxsus  sud  va  Kambodjada  tuzilgan  “qizil 
kxmerlar” ustidan sud qilish uchun Favqulodda palatalar va boshqalar;  
-  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  tribunallar.  Bugungi  kunda  Xalqaro 
jinoyat sudi – dunyodagi yagona ana shunday organ hisoblanadi
12

Umuman  olganda,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini 
takomillashtirish  bilan  bog‘liq  muammolar  murakkab  yurisdiksiya 
xususiyatiga 
ega 
hamda 
xalqaro 
jinoyat 
huquqi 
tizimining 
serqirraligidan iboratdir.  
Jinoyatlar va boshqa turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash turli 
xalqaro  huquqiy  maqom  va  huquqiy  tartibotga  ega  quruqlik,  dengiz  va 
havo  sathi  chegaralarida  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari  bu 
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar, ular joylashgan obyektlar (havo 
va  suv  kemalari,  qit‘a  shelfidagi  statsionar  platformalar  va  b.)  hamda 
huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  subyektlari  turli  huquqiy  maqomga 
egadirlar.  Mazkur  shart-sharoitdan  kelib  chiqqan  holda,  davlatlar  va 
ularning  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  mazkur  sohada  chora-
tadbirlarni 
amalga 
oshirishda 
turli 
imkoniyatlarga 
ega. 
Ular 
“yurisdiksiya” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Eng  avvalo,  davlat  yurisdiksiyaning  ikkita  bir-biri  bilan  bog‘liq 
tarkibiy  qismiga  e‘tibor  qaratish  lozim  –  qonunchilik  (majburiy) 
yurisdiksiya,  ya‘ni  uni  o‘rnatish  mumkin  bo‘lgan  va  davlat  tomonidan 
ijro  etilishi  mumkin  bo‘lgan  ijro  etuvchi  yurisdiksiya.  Ular  huquqni 
muhofaza qilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.  
Nazariy  jihatdan  davlatlar  o‘z  qonunchiligi  yordamida  ularning 
fuqarolari va obyektlariga, boshqa muhim manfaatlariga turli jabhalarda 
tahdid soluvchi barcha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan 
yurisdiksiya o‘rnatishlari  mumkin. Xususan, davlatlar chet el fuqarolari 
tomonidan  ularning  hududidan  tashqarida  sodir  etilgan  jinoyatlarga, 
xatto  kosmik  kemalar  bortida  sodir  etilgan  bo‘lsada,  agar  bu  xatti-
harakatlar 
mazkur 
davlatlarga 
qarshi 
yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, 
ularganisbatan  ham  o‘rnatishlari  mumkin.Bundan  tashqari  o‘z 
                     
11 
Игнатенко Г.В. Халқаро жиноят суди  халқаро  ҳуқуқ  субъекти сифатида // Россия халқаро  ҳуқуқ 
солномаси 2003. Махсус нашр. СПб, 2003. 12-17 б. 


30 
 
yurisdiksiya  doirasida  amalga  oshirishda  davlatlarning  imkoniyatlari 
cheklangandir.  Ular  mazkur  davlatlar  suvereniteti,  xorijiy  davlatlar 
suvereniteti  ta’sir  doirasi  va  xalqaro  huquq  bilan  belgilanadi.  Shuning 
uchun  ijro  etuvchi  yurisdiksiya  chegaralari  allaqachon  qonunchilik 
yurisdiksiya chegaralari bo‘lishi mumkin. 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  hamkorlik  qilishni  huquqiy 
jihatdan tartibga solish politizim xususiyatga ega, chunki u ham xalqaro 
ham  davlat  ichki  me‘yorlari  bilan  bog‘liq,  unda  ishtirok  etuvchi 
mamlakatlarning  huquq  tizimi  mazkur  ikki  mustaqil  huquqiy  tizim 
me‘yorlariga tayanadi.  
Yuqorida  ta
‘kidlab  o‘tilgan  hamkorlik  qilish  yo‘nalishlari  xalqaro 
shartnomalar bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomalar milliy va chet 
el  adabiyotida  turli  ta
‘riflarning  mavjudligiga  qaramay,  uning 
subyektlari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  tamoyillardan 
iborat,  maxsus  huquiy  tizim  sifatida  e
‘tirof  etiladigan  xalqaro  huquq 
manbalaridan biri hisoblanadi.  
Yuqorida  eslatib  o‘tilgan  hamkorlikning  har  bir  shakliga  tegishli  me‘yorlarni  o‘zida 
mujassam etgan BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatga qarshi Konvensiyasini (2000) misol 
tariqasida  keltirish  mumkin.  Ba’zi  shartnomalar  faqat  ulardan  biriga  tegishli  bo‘lgan 
me‘yorlardan  tarkib  topgan.  Masalan,  1957-yil  13-dekabrdagi  “Jinoyatchilarni  ushlab  berish 
to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi va 1959-yilda 20-apreldagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro 
huquqiy  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida”gi  Yevropa  konvensiyasi  faqat  jinoyat  sudlov  sohasida 
huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangandir. 
 
Ta‘kidlab  o‘tilgan  hamkorlik  qilish  yo‘nalishlarining  ayrimlari 
(xalqaro  jinoyatlar  tadqiqoti,  ularni  sodir  etishda  aybdor  shaxslarni 
jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolash)  alohida  xususiyatlarga  ega,  chunki  ular 
xalqaro  tashkilotlar  va  organlar  vakolat  doirasiga  masalan,  Xalqaro 


31 
 
jinoyat sudi vakolatiga kiradi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish