38
soluvchi jinoyatlar bilan cheklanib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
genotsid (ommaviy qirg‘in) jinoyati; bashariyatga qarshi jinoyat; harbiy
jinoyatlar; tajovuzkorlik jinoyati. Mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik
va jazo choralari bevosita xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
1948-yil 9-dekabrdagi “Genotsid jinoyatlarini oldini olish va buning
uchun jazolash to‘g‘risida”gi Konvensiyada genotsid deganda muayyan
milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni butunlay yoki qisman yo‘q qilish
maqsadida amalga oshirilgan harakatlar tushuniladi. Genotsid to‘rt
shaklda amalga oshiriladi:
a)
jismoniy genotsid, ya’ni irqiy, milliy, etnik yoki diniy belgilariga
ko‘ra aholining butun bir guruhlarini jismonan yo‘q qilish;
b)
ijtimoiy-iqtisodiy genotsid, ya’ni bunday guruhlarga ularni
butunlay yoki qisman yo‘q qilishga qaratilgan yashash sharoitlarini
qasddan yaratish;
v)
biologik genotsid, ya’nibunday guruhlar o‘rtasida bola tug‘ilishi
oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
g)
milliy-madaniy genotsid, ya’nibunday guruhlarning madaniy va
ma’naviy qadriyatlarini yo‘q qilish.
Mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik va ularni sodir etilishi uchun
39
jazo choralari xalqaro bitimlarga asoslanib milliy jinoyat qonunchiligi
bilan belgilanadi. Bu bitimlar ularda ishtirok etuvchi davlatlarni
“ularning qonunchiligiga ko‘ra xalqaro bitimlarda jinoyat deb tan
olingan xatti-harakatlarni” jinoyat deb e’tirof qilish uchun zarur
choralarni ko‘rishlikka majbur etadi. Shuning uchun bunday toifadagi
jinoyatlar hatto “konvension jinoyatlar” deb nomlanadi
17
. Jinoyat sud
ishlarini yuritish faqat milliy huquqni muhoqaza qilish organlari va
sudlar vakolatiga kiradi.
A.Volevodzning fikriga ko‘ra, quyidagilar xalqaro xususiyatga ega
jinoyatlar turkumiga kiradi:
–
xalqaro munosabatlar barqarorligi va jamoat xavfsizligiga qarshi
xatti-harakatlar (turli ko‘rinishdagi terrorizm, garovga olish, kemalar
qatnovi xavfsizligi va havo transporti
xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, yadro
materiallarining noqonuniy aylanishi,
ekologik jinoyatlar – ekotsid va
biotsid; o‘qotar qurollar va o‘q-
dorilarning noqonuniy aylanishi);
–
davlatlar iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy
rivojlanishiga
ziyon
etkazadigan xatti-harakatlar (qalbaki
pul chiqarish, jinoiy daromadlarni
legallashtirish, korrupsiya, tarixiy,
ilmiy, badiiy va madaniy qadriyatga
ega predmetlar va hujjatlarga jinoiy
tajovuz qilish, behayolik va bolalar
orasida behayolikni targ‘ib qiluvchi
mahsulotlarning
noqonuniy
aylanishi);
–
aholi salomatligiga qarshi jinoyatlar
(giyohvand
vositalar
va
psixotrop
moddalarning noqonuniy aylanishi);
–
insonning
shaxsiy
huquqlariga
jinoiy tajovuz qilish (qullik va qul savdosi,
qullik maqsadida bo‘lmagan odam savdosi,
jinsiy ekspluatatsiya, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini
16
Лукашук И.И., Наумов А.В. Халқаро жиноят ҳуқуқи. - М., 1999. – 112 б; Лукашук И.И. Халқаро
ҳуқуқ. Махсус қисм: Дарслик. – 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдир. - М.: БЕК нашриёти, 2001. – 340 б.
Do'stlaringiz bilan baham: