Xavfsizligi. O’tkazish xavfsizligi falsifikatsiya, yo’qotishlar va javobsiz qolishdan to’lov topshiriqnomalarini va moliyaviy ma’lumotlarini saqlash (muhofaza) yuqoridagi tizimga bog’liq.
SWIFT hisoblash markazlarida xavfsizlikni ta’minlovchi dasturlardan tashqari, an’anaviy to’lov tizimlaridan farqli o’laroq tizimning maxsus choralari joylashtirilgan:
sessiyaning boshlanishi va oxirida tizim terminalidanfoydalanishni tekshirish;
hamma kirish va chiqish ma’lumotlarini avtomatik raqam-lash, raqamlash tarkibini tizimning o’zi nazorat qiladi;
individual kalitlarga qarab ikki bank o’rtasida avtomatikma’lumot almashinish;
qabul qiluvchi bank tomonidan axborotlarni avtomatik tek-shirish.
SWIFT aloqa liniyalari va operatsion markazlarini ruxsatsiz tashriflardan muhofaza qilish maxsus kodirovka qilish moslamalari (tasodifiy sonlar generatori prinsiðida) tomonidan ta’minlanadi.
Shunday qilib, SWIFT tizimi xavfsizligini ta’minlovchi to’liq muhim ko’p pog’onali fizik xavfsizlik o’tkazish liniyalari xavfsizligi, funksional xavfsizlik va ijroiy xavfsizliklar kombinatsiyasidan xavfsizliklar kombinatsiyasi tashkil topadi.
Ma’lumotlar almashishdagi xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida banklar o’z hisobidan uni takomillashtirishi mumkin.
Tezlik SWIFT yordamida tezkorlik bilan ma’lumotlar yuborish, banklarning o’z mablag’larini tez qayta joylashtirishga imkon yaratadi. SWIFT orqali yuborilgan ma’lumotlar teleks yoki boshqa aloqa vositalaridan farqli o’laroq, ancha tez yetib boradi, qayta ishlanadi (bank tizimida) va mijoz hisobvarag’ida aks etti_riladi.
Baxtga qarshi bu tizim kamchiliklardan xoli emas. Bulardan biri ikki tashkilotni juda murakkab texnik tizimga tobeligi va shu bilan bog’liq texnik muammolar va ishdan chiqishlardir.
Yana bir kamchilik sifatida juda yuqori narx-navolarni keltirish mumkin, bular kichik banklarni juda qiyin ahvolga solib qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasida SWIFT tizimiga ulanish (a’zo bo’lish) va faoliyat yuritish muammolari. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida so’mda bo’ladigan to’lovlar Markaziy bankda joylashgan yagona hisobvaraq (tijorat banklariga tegishli) orqali bajarilsa, valutalarda bo’ladigan operatsiyalar (mijozlarning ko’pini ko’chirish, o’z mablag’larini o’tkazish va h.k). SWIFT tizimi orqali bir-biridagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi.
Shunday qilib, hatto ichki to’lovlarda (agar ularning soni ko’proq bo’lsa, aks holda qog’oz to’lov topshiriqnomalarida ishlasa ham bo’ladi) SWIFT ning o’rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |