Xalqaro hisob-kitoblar



Download 206,5 Kb.
bet19/21
Sana31.12.2021
Hajmi206,5 Kb.
#262676
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
To`lqin pul va banklar

Xarajatlar. Hujjatlashtirilgan inkassoni amalga oshirishda, xizmat uchun kompensatsiya sifatida, taqdim qiluvchi bank va inkasso qiluvchi bank komissiya va ustama xarajatlar hisoblanadi. Eng asosiy mavzu, komissiyalar haqida quyidagilar uchun:

  • aktsept va to’lovga qarshi hujjatlar taqdim qilish;

  • aktseptni to’lash;

  • bank ixtiyoriga bank va transport agentiga junatilgan yuklangan mahsulotni ozod qilish.

Inkasso amalga oshirilishiga qarab, veksel muddati uzaytirilganligi uchun, hujjatlar haqida qo’shimcha ma'lumotlar uchun, hujjatlar qaytarilishi, qarshilik bildirish, pochta yigimlari va boshqa xarajatlar uchun qo’shimcha ustama xarajatlar va komissiyalarni hisoblashlari mumkin.

Juda kam miqdordagi xarajatlar uchun, bank mijozi yaxshi ekvivalentni oladi. Sababi, bank nafaqat o’zining tajribali mutaxassislari xizmatini, xatto keng vakillik aloqalarini hamko’rsatadi.



Yuqorida inkasso topshiriqnomasida nimalarga e'tibor berish xususida ma'lumotlar bayon qilib o’tildi.

Inkasso shaklining eksport qiluvchi va import qiluvchilarga foydali jihatlari va mayjud kamchiliklarini o’rganish zarur.

Eksport qiluvchilar uchun mazkur shakl sezilarli ravishda kamchiliklarga ega. Birinchidan, eksport qiluvchi import qiluvchining to’lovdan bosh tortishi xavf-xatariga duch kelishi mumkin. Bu esa, to’lovchining moliyaviy sharoiti va bozor konyunkturasining yomonlashuvi sababli bo’lishi mumkin. Shu sababli, inkasso shaklining sharti, eksport qiluvchining import qiluvchiga bo’lgan ishonchi va uning vijdonligiga bog’liq bo’ladi. Dtkinchidan, inkasso bo’yicha valyuta tushumi kelib tushishi va mahsulot yuborilishi o’rtasidagi vaqtda juda katta tafovut mavjud. Bu, asosan, yukni uzoq vaqt tashish bilan bog’liq. Inkassoning mazkur kamchiliklarini bartaraf qilishda amaliyotda quyidagi shartlar qo’llaniladi:



  1. Import qiluvchi eksport qiluvchi banki telegrammasining inkassoga mahsulot hujjatlarini qabul qilish va yuborishiga qarshi to’lovni amalga oshiradi;

  2. Import qiluvchi topshirigiga ko’ra, bank eksport qiluvchi hisobiga to’lov kafolatini beradi. O’z navbatida, eksport qiluvchi oldida import qiluvchi tomonidan to’lov amalga oshirilmasa, inkasso summasini to’lash majburiyatini oladi. Odatda to’lovning qo’shimcha garantiyasi tijorat krediti bo’yicha qo’llaniladi. Sababi, to’lov muddatining kechiktirilishi, to’lovchi moliyaviy sharoitida o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan, import qiluvchi tomonidan tulaolmaslik riskini keltirib chiqaradi. Ba'zan, import qiluvchi banki vekselni aval qiladi. Aval qiluvchi bank vekselning oldi tomoniga imzo chekib, kim uchun to’lov kafolati berilganligini aytib o’tgan holda, o’ziga to’lov uchun majburiyatni qabul qiladi. Bulmasa aval o’tkazma veksel beruvchisiga berilgan deb hisoblanadi.

  1. Eksport qiluvchi bank kreditiga jamlanmagan zahiralarni qoplashda murojaat etadi.

Shu bilan birgalikda, inkasso shakli import qiluvchiga ma'lum bir imtiyozlarni beradi. Import qiluvchining asosiy majburiyati, unga mahsulotga egalik qiluvchi huquqini beruvchi, mahsulot hujjatlariga qarshi to’lovni amalga oshirishidir. Bu holatda oldindan o’z aylanmasidan mablag’larni jalb qilishga ehtiyoj bo’lmaydi. Ammo, eksport qiluvchi import qiluvchi tomonidan to’lovni amalga oshirguncha, agarda mahsulotni tezda olish uchun, konosament originallaridan birini xaridorga bevosita yuborish amaliyoti qo’llanilmaydigan bo’lsa, mahsulotga egalik qiluvchi yuridik huquqqa ega bo’lishni davom ettiraveradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yana shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, hujjatlashtirilgan inkasso eksport qiluvchiga mavjud xavf-xatarlardan hisob-kitob ochiq schet shakliga nisbatan ko’proq sug’urtalaydi, birok akkreditivga nisbatan kamroq sug’urtalaydi.

Hujjatlashtirilgan inkasso import amaliyotlarida keng taraqqiy etgan bo’lib, asosan import qiluvchini boshqa shakllarga nisbatan o’zining ayrim ustunliklari bilan o’ziga jalb qiladi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblar shaklini amalga oshirish, uning turli shakl va turlari bilan amalga oshiriladi.



Xalqaro huquq qoidalarining yig’indisi bo’lgan inkasso bo’yicha yaxlitlashgan qoidalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, xalqaro hisob-kitoblar shakllarini tartibga soladi. Ular me'yoriy tusga ega bo’lmasada, xalqaro bank amaliyotida keng kuUanilmoqda. O’zbekiston Respublikasining ichki qonunchiligi, xalqaro hisob-kitoblarda o`zbekistonlik ishtirokchilarning turli to’lovlarni amalga oshirish huquqlarini, shu bilan birga, ruxsatnomalar olgan holatlarda tartib va shartlarini belgilaydi. Bundan tashqari, qonunchilik xalqaro hisob-kitoblarga tegishli bo’lmagan, ayrim amaliyotlar bajarilish qoidalarini ham o’z ichiga oladi.

Xalqaro hisob-kitoblar shakllaridan O’zbekiston Respublikasida hujjatlashtirilgan inkasso shakli uncha keng tarqalmagan shakllardan biridir. Sababi, xo’jalik yurituvchi sub'ektlarda, shu bilan birga tijorat banklari amaliyotida xalqaro iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblarda muammolar mavjud. Mazkur muammolardan biri, O’zbekistonda milliy valyuta va valyuta munosabatlarining hozirgi holatidir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta'kidlab o’tish lozimki, respublikada iqtisodiy islohotlarning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri - eksport saloxiyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish, jahon bozorida o’z mustahkam mavqeini egallashdir. Eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yo’lini tanlagan korxonalarga xom-ashyo bilan ta'minlanishlarida ham, investitsiyalar bilan ta'minlash, ularga imtiyozli kreditlar berilishida, jahon bozoriga chiqishda, moliyalashtirishda ham imtiyozlarga ega bo’ladi.

Korxonalar jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulot ishlab chiqarishni keng ko’lamda avj oldirishlari uchun rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirishimiz zarur. Buning uchun qat’iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o’tkazish zarur.


Download 206,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish