84
mamlakatlar singari rivojlanayotganligini ifodalaydi. Bu mahkamalarda
taraqqiyparvar va reakstion kuchlar o’rtasidagi kurash davom etmoqda.
Biroq bu
davlatlarda ularning kelib chiqishi va taraqqiyotining ob’ektiv shart – sharoitlari
bilan belgilanuvchi milliy suverenitet uchun kurash asosiy xususiyatidir. Aynan
shu holat birinchi navbatda tashqi siyosat va diplomatiyaning yo’nalishi, shu bilan
birga tashqi aloqalar organlarining tuzilishi va diplomat kadrlarning asosiy
tarkibini belgilaydi. Shunga ko’ra bu mamlakatlar tashqi aloqa organlarining
tashqi siyosatida milliy mustaqillik diplomatiyasini amalga oshirish va yirik
davlatlar ta’siriga qarshi kurashga alohida e’tibor beriladi.
Albatta bir paytning o’zida uch qit’a – Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi
barcha, xatto ko’pchilik mustaqil davlatlar tashqi aloqa organlarini ko’rib o’tish
imkoniyati yo’q. Chunki ular juda ko’p. Shuning
uchun biz ayrim mamlakatlar
tashqi siyosat mahkamalarining ish uslubini ko’rib o’tish bilan cheklanamiz.
Hindiston aholisi jihatidan dunyoda ikkinchi o’rinni egallab turgan
davlatdir. U ingliz mustamlakachilarining uzoq davom etgan istibdodidan so’ng,
1947 yilda ozod bo’ldi. U 1950 yilda mustaqil davlat sifatida e’lon qilindi.
1950 yil 26 yanvarda qabul qilingan Hindiston Konstitustiyasiga muvofiq
(51-modda) mamlakat tashqi siyosatining prinstiplari quydagilardan iborat:
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni o’rnatish uchun kurashda bevosita qatnashish;
Adolatli va o’zaro hurmatga asoslangan davlatlararo munosabatlarni qo’llab-
quvatlash;
Xalqaro huquqni hurmat qilish, shartnoma
majburiyatlarini bajarish, xalqlar
o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini rag’batlantirish;
Xalqaro bahslarni arbitraj yo’li bilan hal qilishda hamkorlik qilish.
Hindiston Konstitustiyasiga muvofiq ijroiya hokimiyati Prezident
qo’lidadir. Vazirlar Kengashi Prezidentga yordam ko’rsatadi va maslahatlar
beradi (74 - modda). Vazirlar, shu jumladan, tashqi ishlar
vaziri Prezident
tomonidan tayinlanadi. Hindiston shtatlar ittifoqi sifatidagi davlat bo’lib, mazkur
ittifoq, aynan qonun chiqaruvchi, Parlament va oliy ijroiya vakili bo’lgan
85
Prezident va hokimiyat tasarrufiga tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar bilan
bog’liq masalalar kiradi. Prezident va uning nomidan ish olib boruvchi Bosh
Vazir mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini belgilaydi va u xalqaro
munosabatlarda uning nomidan ish ko’radi.
Tashqi aloqalar sohasida barcha ishlarni olib
boruvchi organ Tashqi ishlar
vazirligidir. Mazkur idora Hindistonning xorijdagi taxminan 149 vakolatxonalari
va xalqaro tashkilotlardagi ayrim vakolatxonalarining faoliyatini nazorat qiladi.
Hindistonda tashqi siesiy faoliyat, TIV vazifalari quyidagicha belgilangan:
Xorijiy davlatlar bilan tezkor aloqalarni tashkil qilish.
Hindistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga doimiy rahbarlik
qilish.
Turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, xorijiy davlatlar bilan tuziladigan
shartnoma va bitimlarni tayyorlash.
50 yildan ziyod o’z mustaqilligi davrida Hindiston o’zini tinchlik va
xalqaro hamkorlik manfaatlari yo’lida
faol harakat qiluvchi, 1954 yilda e’lon
qilingan tinch–totuv yashashning 5 prinstipiga amal qiluvchi suveren davlat
sifatida namoyon qildi. Hindiston Respublikasi BMTda faol qatnashib ,
qo’shilmaslik harakatining asoschilaridan biri hisoblanadi. U hamkorlik siyosati
tarafdoridir.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi boshqa xorijiy davlatlar tashqi siyosat
idoralari singari tezkor – hududiy va funkstional bo’limlariga ega.
Tezkor – hududiy bo’limlar guruhiga Afrika mamlakatlari, Amerika,
Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va O’rta Sharq, G’arbiy
va Sharqiy Evropa
mamlakatlari bo’limlari kiradi.
Funkstional bo’limlar tarkibiga BMT, iqtisodiy, protokol, konsullik,
shartnoma – huquqiy bo’limlar, tashqi siyosatni rejalashtirish va ma’muriy
komitetlar kiradi.
Osiyo va Afrikaning boshqa davlatlari tashqi aloqalar
organlari tashqi
siyosat vazifalarini bajarishga qaratilgan tuzilish va funkstiyalarga ega. Ular
86
xalqaro hamkorlik va o’z mamlakatlari xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq
vazifalarni amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: