Vaqt birligi – Soniya. Vaqt birligi – soniyani avvallari Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng deb qabul qilinar edi. «Quyosh sutkasi»ning aniq ta’rifini astronomlar shakllantirishgan. Lekin, o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o‘zgarishlar bilan kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo‘lmay qoldi. Vaqt birligini yanada aniq belgilash uchun 11 - O‘TXK (1960 yil, 9-rezolyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik yilga asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalar shuni ko‘rsatdiki, atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o‘tishiga asoslangan Atom vaqti standarti yanada aniqroq va tushunarli amaliy keltirib chiqarilishi mumkin ekan. Fan va texnika uchun vaqtning o‘ta aniq ta’rifi zarurligini inobatga olib, 13 – O‘TXK (1967/68, 1-Rezolyutsiya, CR, 103 va Metrologia, 1968, 4, 43) soniyaning ta’rifini quyidagicha belgiladi: Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi birbiriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng. Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta nozik parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng. v(hfs Cs)=9 192 631 770 Gers. 1997 yildagi O‘TXI yig‘ilishida quyidagi tasdiqlandi: Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0°K sharoit uchun. Bu izoh, SI tizimiga ko‘ra, soniyaning ta’rifi, Seziy-133 atomining tinch holati, ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda, mutlaq qora jism tomonidan qo‘zg‘atilmagan va 0° Kelvin termodinamik haroratdagi holatiga asoslanganligini ta’kidlash maqsadida qo‘shib qo‘yildi. Shunga ko‘ra, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasining 1999 yildagi bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy chastotaviy standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda o‘zaro muofiqlashtiriladi.
Elektr toki kuchi birligi – Amper. Tok kuchi va qarshilik uchun «Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893 yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va «Xalqaro amper» va «Xalqaro om»larning ta’riflari 1908 yildagi London kongressida qabul qilingan edi. Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar» ning «Mutlaq birliklar» bilan almashtirilishi yakdillik ma’qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi (1946, 2 -Rezolyutsiya; PV, 20, 129-137): Amper – vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2∙10−7 Nyuton o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng. Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi - μ0 ning qiymati μ0=4π∙10−7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π∙10−7 Gn/m (H/m). 1946 yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan «MKS kuch birligi» so‘zi bu joyda, 9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan «nyuton» so‘zi bilan almashtirildi. (1948, 7- Rezolyutsiya; CR, 70).
Do'stlaringiz bilan baham: |