2 Tarixiy ma’lumotlar.
9-chi O‘TXK (1948, Resolyutsiya 6; CR, 64), O‘TXI ga quyidagi yo‘riqnomalarni berdi:
• O‘lchov birliklari uchun to‘liq qoidalar majmuini ta’sis etish masalalarini o‘rganish;
• Bu maqsadda, rasmiy tadqiqotlar orqali, barcha davlatlardagi ilmiy, texnikaviy va ta’lim sohalarining nufuzli doiralarining fikrlarini o‘rganish; • Metr Konvensiyasiga imzo chekkan barcha davlatlar uchun qabul qilinishga qulay bo‘lgan, o‘lchov birliklarining amaliy tizimini ishlab chiqish va bu borada aniq takliflar kiritish. Aynan o‘sha O‘TXK, Rezolyutsiya 7 (CR, 7) orqali, birliklarning yozilish qoidalari borasidagi asosiy tamoyillarni joriy etdi, hamda, ayrim hosilavi birliklar uchun maxsus nomlar biriktirdi. 10-O‘TXK (1954, Rezolyutsiya 6; CR 80) va 14-O‘TXK (1971, Rezolyutsiya 3; CR 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) ushbu amaliy tizim uchun, quyidagi: uzunlik, massa, tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug‘lik kuchidan iborat fizik kattaliklarning birliklarini, asosiy birliklar sifatida tasdiqladi. 11-O‘TXK (1960, Rezolyutsiya 12; CR 87) ushbu amaliy birliklar tizimi uchun, Xalqaro Birliklar Tizimi atamasi hamda, SI qisqartirmasini tasdiqladi, shuningdek, old qo‘shimchalar uchun qoidalar, hosilaviy birliklar, sobiq qo‘shimcha birliklar va boshqa masalalar borasida qarorlar qabul qildi; shu tarzda, o‘lchov birliklari uchun to‘liq me’yoriy xususiyatlar majmui o‘rnatildi. O‘TXK va O‘TXI ning keyingi anjumanlarida, ilm-fan taraqqiyoti taqozolari va iste’molchilarning talablaridan kelib chiqqan holda, SI ning tarkibiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. O‘TXK ning bunday muhim qarorlarni qabul qilish borasidagi tarixiy solnomasini quyidagicha tartibda bayon qilish mumkin:
• 22 iyun 1799 yil, Farang Inqilobi vaqtida, Parij Respublikla Arxivida o‘nli metrik tizimning ishlab chiqilishi hamda, metr va kilogrammning platinadan yasalgan standartlarini tayyorlanishi hodisasini, hozirgi Xalqaro Birliklar Tizimining paydo bo‘lishi yo‘lidagi ilk qadam sifatida qaralishi mumkin.
• 1832 yilda Gauss, mazkur sistemaga shuningdek, astronomik nuqtai nazardan ta’riflangan soniya birligini ham qo‘shgan tarzda, fizika uchun o‘lchov birliklari majmui sifatida qo‘llash haqidagi taklifni jiddiy ravishda ilgari surdi. Gauss, Yerning magnit maydoning xossalari borasida, o‘nli tizimga asoslanib, uch xil mexanik birliklar – millimetr, soniya va gramm birliklari bilan, shunga muvofiq tarzda, uzunlik, vaqt va massa fizik kattaliklariga asoslanib mutlaq o‘lchashalar olib borgan dastlabki olim bo‘lgan. Keyingi yillarda Gauss va Veber, boshqa elektr hodisalariga tadbiq etish maqsadida mazkur o‘lchovlar qatorini kengaytirdilar. Xalqaro birliklar tizimi – SI .
• Elektr va magnetizm sohalariga taalluqli bo‘lgan ushbu g‘oyalar keyinchalik, 1860-yillarda, Britaniya Ilm-Fan Taraqqiyoti Asotsiatsiyasi (BIFTA) rahnamologida, Maksvell va Tomsonlar yetakchiligida yanada rivojlantirildi. Ular, birliklar tizinimining asosiy, hosilaviy va kogerent birliklari uchun qo‘yiladigan talablarni shakllantirdilar. 1847 yilda BIFTA, uch xil mexanik birliklar – santimetr, gramm va soniyaga asoslangan SGS tizimini va unda o‘nli karrali va ulushli birliklarni ifodalash uchun «mikro»dan «mega»gacha bo‘lgan old qo‘shimchalarni joriy etdi. Fizikaning eksperimental fan sifatidagi keyingi rivojlanish bosqichlarida, ko‘p jihatdan aynan ushbu tizimga tayangan edi.
• SGSning kogerent birliklarining o‘lchamlari elektr va magnetizm sohalari uchun noqulay bo‘lib chiqdi va 1880-chi yillarda BIFTA hamda, Xalqaro Elektrotexnika Hay’atining (XETH) o‘tmishdoshi bo‘lgan, Xalqaro Elektrotexnika Kongressi (XETK) o‘zaro muvofiqlashtirilgan o‘lchov birliklarining amaliy tizimini joriy etdilar. Ular orasida elektr qarshilik uchun om, elektr yurituchi kuch uchun volt hamda, tok kuchu uchun amper birliklari bor edi.
• 1875 yilning 20 may kuni Metr Konvensiyasi qabul qilinib, unda O‘TXIning tashkil qilinishi va O‘TXK va O‘TXQning ta’sis etilishidan so‘ng, metr va kilogrammning yangi xalqaro etalonlarini tayyorlash borasida ishlar boshlab yuborildi. 1889 yildagi 1-O‘TXK da, metr va kilogrammning xalqaro etalonlari tasdiqlandi. Ular qatorida, vaqt birligi uchun – astronomik soniyani ham qo‘shib ifodalanishi bilan, ushbu birliklar tizimi, huddi SGSdagi singari uch xil mexanik birliklardan iborat bo‘lgan uch-o‘lovli tizim tarzida qabul qilingan, faqat bu tizimda SGSdan farqli ravishda, asos metr va kilogramm bo‘lganligi uchun, u MKS deb atalgan.
• 1901 yilda Jorji, elektromagnetizmga taalluqli formulalarni takomillashtirgan tarzda qayta yozish orqali, kilogramm, metr va soniyadan iborat birliklar tizimiga, amper, yoki, om singari, elektr toki tabiatiga oid birlikni qo‘shib, mexanikaga oid birliklar va elektr birliklari amaliy tizimlarini o‘zaro birlashtirib, yagona umumiy tizim hosil qilish mumkinligini, ko‘rsatib berdi. Jorjining taklifi, ko‘plab yangi ishlanmalar uchun yo‘l ochib berdi.
• 1927 yilda 6-O‘TXK tomonidan Metr Konvensiyasining qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan, fizikaning boshqa sohalariga nisbatan O‘TXI ning vakolatlari kengaytirilishidan; shuningdek keyingi, 1927 yildagi 7-O‘TXK tomonidan Elektr Konsultativ Qo‘mitasi (EKQ) ta’sis etilishidan so‘ng, Jorjining taklifi, XETH, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqi (XANFI) va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, EKQ 1939 yilda, metr, kilogramm, soniya va amperga asoslangan, yangi, 4-o‘lchovli birliklar tizimini O‘TXKga taklfi etdi. Bu tizim 1946 yilda MKSA nomi bilan qabul qilindi. Xalqaro birliklar tizimi – SI
• O‘TXI tomonidan 1948 yildan boshlab o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 1954 yildagi 10-O‘TXK tok kuchi, harorat va yorug‘lik kuchi kattaliklari uchun mos ravishda, amper, kelvin va kandela birliklarini asosiy birliklar sifatida joriy etilishini ma’qulladi. Xalqaro Birliklar Tizimi nomi va SI qisqartmasi, 1960 yildagi 11-O‘TXK tomonidan berilgan. Fiziklar va kimyogarlar o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, 1971 yildagi 14- O‘TXK tomonidan, modda miqdori uchun mol o‘lchov birligini asosiy birlik sifatida kiritildi va shu tarzda asosiy birliklar soni yettitaga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |