Xalqaro aloqalar O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi



Download 275,91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2022
Hajmi275,91 Kb.
#688413
Bog'liq
Xalqaro aloqalar - O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi



24.05.2022, 08:45
Xalqaro aloqalar - O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
https://uba.uz/uz/about/international-cooperation/?print=Y
1/3
Xalqaro aloqalar
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasining horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari
Xalqaro bank kengashi. MDH, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari bank uyushmalarini o’ziga
birlashtirgan Xalqaro bank kengashi bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2006 yil 26 aprelda
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi XBK a’zosi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
Bosh direktori XBK Raisi o’rinbosari hisoblanadi. 
2007 yil may oyida “Chakana bank biznesini rivojlantirish” Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.
Konerentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog’iston,
Qirg’iziston, Ozarbayjonning 16 xalqaro moliya institutlari, ilmiy izlanish va ta’lim institutlari, Singapur
Menejmentni rivojlantirish institutidan 40dan ortiq vakillar, shuningdek respublikaning qator vazirlik va
idoralari rahbarlari, jumladan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekston Respublikasi Davlat
mulki qo’mitasi qoshidagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
markazi, tijorat banklari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. Tashkiliy qo’mita tomonidan
konferentsiya ma’ruzalari tezislari to’plami chop etilib barcha ishtirokchilarga tarqatildi. Xalqaro
konferentsiya yakunlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etildi. “Bozor, pul, kredit” jurnalining maxsus soni tayyorlanib, chop etildi.
Konferentsiya ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xalqaro konferentsiya doirasida MDH,
Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari banklar Assotsiatsiyalarining Xalqaro muvofiqlashtirish
Kengashining (XBK) navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi, unda chakana bank biznesini MDH mamlakatlarida
rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi. 
Singapur bilan hamkorlik. 2007 yil 15 mayda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan Singapur banklar
Assotsiatsiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
O’BA va SBA o’rtasidagi hamkorlikning asosiy yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Ma’lumot almashish va assotsiatsiyalar ishtirokchi banklar o’rtasida loyihaviy moliyalashtirish
sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, korrespondent munosabatlarni o’rnatish, kredit
liniyalari ochish, savdoni moliyalashtirish orqali o’zaro hamkorlikni rivojlantirish;
YAngi bank mahsulotlari, bank operatsiyalari va to’lov tizimini avtomatlashtirish, majburiyatlar
bozori va moliyaviy vositalarni rivojlantirish, riskni boshqaruv usul va instrumentlarini rivojlantirish
sohalarida O’BA infratuzilmaviy tashkilotlari va SBA qo’mitalari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi faoliyatini mustahkamlash maqsadida Singapur bank-moliya
tizimidagi tajribali maslahatchilarni jalb qilgan holda ekspert qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 13 fevraldagi № PQ-581 sonli “Singapur Respublikasi
bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi” Qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar
dasturi bandlarini bajarish maqsadida Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik
o’rnatildi.
(/uz/)


24.05.2022, 08:45
Xalqaro aloqalar - O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
https://uba.uz/uz/about/international-cooperation/?print=Y
2/3
O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti o’rtasida
imzolangan ta’lim xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi Umumiy shartnomaga asosan bank mutaxassislari
uchun Singapurda qisqa va o’rta muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 2007 yil 20 fevraldan 20
maygacha O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining 30 mutaxassislari Singapurda 3 oylik kurslarni
muvaffaqiyatli bitirishdi.
2007 yilning 24 sentyabridan 26 dekabrigacha 30 nafar bankirlarning ikkinchi guruhi Singapurda malaka
oshirishdi.
Umumiy shartnomaning 4 bandiga muvofiq 2007 yilning 3-16 iyulida O’zbekiston Respublikasi Bank
moliya akademiyasining 12 tinglovchisiga Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida yozgi tajriba
orttirish tashkil etildi. Tajriba orttirish moliyaviy tahlil, xalqaro moliyaviy operatsiyalar, bank menejmenti,
qimmatli qog’ozlar bozori va birja ishi yo’nalishlari bo’yicha o’tkazildi.
11 nafar tijorat banklari va moliyaviy institutlar mutaxassislaridan tashkil topgan guruh Singapur
menedjmentni rivojlantirish institutiga yuborildi. Trening dasturi Singapurda 2007 yil 25-28 aprelda
o’tkazilib, “Xalqaro buxgalteriya hisobi va bank xodimlari uchun investitsiyani baholash usullari”
mavzusiga bag’ishlandi.
Shu bilan bir qatorda tijorat banklari mutaxassislari uchun Singapur menedjmentni rivojlantirish
institutida doimiy ravishda qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda.
Malayziya bilan hamkorlik. O’zbekiston Respublikasi va Malayziya bank institutlari o’rtasida hamkorlikni
o’rnatish va rivojlantirish maqsadida 2009 yil 25 avgustda O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va
Malayziya banklar Assotsiatsiyasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
O’zbekiston bank tizimi bilan hamkorlik o’rnatish hohishini bildirgan Malayziya banklari vakillari
ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Unda «Malayan Bank Berhad», «CIMB Bank Berhad», «AffinBank»,
«Public Bank», «Standard Chartered Bank Malaysia Berhad», «HSBS Bank Malaysia Berhad», «AmBank
Group», «Hong Leon Bank» kabi 19 bank vakillari ishtirok etishdi.
Malayziya Milliy bankining (Bank Negara Malaysia) tarkibiy tashkiloti hisoblangan va bank
mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan Malayziya bankirlar instituti (Institute of
bankers Malaysia – IBBM) bilan o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatildi.
Loyihaviy moliyalashtirish, investitsion bank ishi, g’aznachilik operatsiyalari, risklarni boshqarish, xalqaro
savdoni moliyalashtirish, audit va boshqa yo’nalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish bo’yicha
kelishuvga erishildi.
Koreya Banklar Federatsiyasi bilan hamkorlik. O’zaro hamkorlikni o’rnatish va Anglashuv
memorandumini imzolash maqsadida Toshkentda Osiyo Taraqqiyot Banki Boshqaruvchilar
Kengashining yillik yig’ilishi doirasida tashrif buyurgan Koreya Banklar Federatsiyasi delegatsiyasi bilan
2010 yil 3 mayda uchrashuv o’tkazildi. Unda KBF Raisi Dong Kyu Shin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari,
Banklar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki vakillari ishtirok
etishdi.
Uchrashuv davomida Koreya va O’zbekiston tijorat banklari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish, KBFning
Bank institutida tijorat banklari mutaxassislari uchun qisqa va o’rta muddatli kurslar tashkil etish,
KBFning Bank instituti va O’zbekiston Respublikasi Banko moliya akademiyasi o’rtasida talabalar
almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijalari bo’yicha O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Koreya Banklar Federatsiyasi
o’rtasida o’zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Bank tizimi faoliyatini islohot qilish va tartibga solish, tijorat banklari rahbar xodimlari va
mutaxassislarining malakaviy darajasini oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari va Qarorlarini bajarish maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan etakchi
o’quv yurtlari va markazlari bilan birgalikda quyidagi choralar amalga oshirilmoqda:


24.05.2022, 08:45
Xalqaro aloqalar - O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
https://uba.uz/uz/about/international-cooperation/?print=Y
3/3
Bank faoliyatining dolzarb yo’nalishlari bo’yicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy
konerentsiyalar, seminarlar va “davra suhbatlari” o’tkazilmoqda;
Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o’quv markazi, shuningdek Moliyaviy iqtisodiy rivojlanish
xalqaro Markazi bazasida doimiy ravishda bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash
bo’yicha seminar va kurslar tashkil etilmoqda;
Bank mutaxassislariga O’zbekiston banklari va rivojlangan xorijiy davlatlarning etakchi moliyaviy
institutlarida tajriba orttirishlari tashkil etilmoqda;
Tajriba almashish, istiqbolli takliflarni ko’rib chiqish va manfaatli aloqalar o’rnatish uchun ko’rgazma-
seminarlar o’tkazilmoqda;
Dolzarb ta’lim yo’nalishlarini, shuningdek bank xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida
muvjud muammolarni aniqlash maqsadida tijorat banklari o’rtasida so’rovlar o’tkazilmoqda.
© uba.uz, 1994 – 2022
Sayt yaratuvchisi Pixelcraft.uz (http://pixelcraft.uz)

Download 275,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish