Asosiy qism
2.1 E ’tiqod va axloq tushunchalarining mazmuni va mohiyati
Barkamol shaxsni axloqiy tarbiyalashda, avvalo, jamiyat talabiga mos holda axloqiy tushunchalar, qoidalar, his-tuyg‘ular, e’tiqod va xulqiga doir ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish muhim vazifa sanaladi.
Axloq esa shaxsning hatti-harakatlari, yurish turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. U jamiyat tomonidan tan olingan tartib-qoidalar bo‘lib, kishilarning xatti- harakatlarini tartibga soladigan tamoyil sanaladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, inson turmushining barcha sohalarida kishining xulqi, hatti- harakatlarini tartibga solib, boshqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, tabiatga, odamlarga munosabatini yo‘naltiruvchi qonun-qoidalar, tamoyillar, yo‘l-yo‘riqlar, normalar, pand-nasihatlar majmuidan iborat. Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo‘lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo‘lgan axloqiy ideallari, orzu-umidlari to‘g‘risidagi tasavvurlar, tushunchalar, bilimlar, qarashlarni o‘z ichiga oladi.
Odob deganda rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy hatti-harakatlari, muomala-munosabatlari deb ham qaraladi.
Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs rivojlanishining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloqsiz, axloqiy meyorlarsiz shaxsning ruhiy, jismoniy va ma’naviy yetukligi shakllanmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari:
ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish;
ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, ko‘nikma va odatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra insonning jamiyat oldida burchliligi, o‘z xulq-atvorining jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uyg‘unligi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy xulq-atvorning insonning kishilarga bodgan hurmat-e’tiborini namoyon etuvchi mezonlardan ekanligini tushunishi, axloqiy ideallarining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarining e’tiqodga aylanishi va e’tiqodning tizimli bodishini ta’minlash va ma’naviy- axloqiy odatlarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, inson shaxsi oliy qadriyat ekanligi e'tirof etildi. Shu bois barcha jabhalarda yurtimizda islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan maqsad mamlakatimiz fuqarolari uchun farovon turmush tarzini yaratish, yurtimiz kelajagini ta'minlay oladigan ma'naviyati yuksak, sog'lom fikrli, vatan oldida o'z burchlarini anglagan axloqiy e'tiqodi mustahkam avlodni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
E'tiqodi mustahkam avlodgina mamlakatimiz kelajagi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'sha oladigan kishilar bo'lib etishishini oldindan ko'ra bilgan Prezidentimiz I. A. Karimov yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasida ko'plab farmon va qonunlarni ijroga joriy etdi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida axloqiy e'tiqodi mustahkam va ma'naviyati yuksak yoshlargina mamlakatimizni dunyo miqyosiga olib chiqadi deb ta'kidlaydilar va ularga ishonch nazari bilan qaraydilar. Bu ishonchni oqlash va shu yurtning farzandi ekanligini chin dildan his etish bugungi yoshlarimizning vazifasidir. Bizga ma'lumki, ilk ta'lim va tarbiya yurtimizda boshlang'ich maktablarda olib boriladi. Shu sababdan bugungi kunda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari sog'lom e'tiqodini shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi.
Xo'sh e'tiqod o'zi nima? Ana shu tushunchaga to'xtalib o'tamiz.
E’tiqod - inson ma'naviyatining yuksak cho'qqilaridan biri bo'lib, uning poydevorini bolalikdan boshlab yaratish, sog'lom e'tiqodli insonlarni tarbiyalash bilan barobardir. Axloqiy e'tiqodli insonlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, e'tiqod tushunchasi haqidagi ilmiy fikrlarga to'xtalib o'tamiz.
O'zbek tilining izohli lug'atida e'tiqodga shunday ta'rif keltirilgan: “E'tiqod”- arabcha so'z bo'lib, qattiq ishonch, mahkam ushlangan maslak, dunyoqarash: biror kimsaga yoki narsaga bo'lgan ishonch, e'tiqod, unga bog'langan umid; Xudoga,
yoki umuman biror g'ayritabiiy kuchga ishonish; imon, din ma'nolarini anglatadi .
A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo'raevlaming «Vatan tuyg'usi» kitobida -E'tiqod - bu o'z fikr va qarashlariga mahkam, sobit qadamlik bilan ishonish va o'zgalarni ham o'zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. E'tiqod jur'atni, mardlikni, fidoyilikni taqozo kiladi. Bularsiz u quruq g'oya bo'lib qolaveradi - deya talqin etiladi.
O'zbekiston qahramoni shoir A.Oripov ham o'zining «Ehtiyoj farzandi» kitobida “E'tiqod - insonning shaxs sifatida shakllanishi, xulqi-odobi, uning faoliyatida g'oyalar yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi”-deb aytib o'tishi bilan birgalikda, “har bir g'oya esa chuqur bilish, anglash va hayotda o'sha narsaga intilish, hohish-istak asosida e'tiqodga aylana boradi. Demak, e'tiqod chuqur anglangan, his etilgan g'oyalar, ya'ni hayotga, siyosatga, mafkuraga, ma'naviyatga, san'atga nisbatan shaxsning chuqur hayotiy munosabatini, faoliyatining xarakterini belgilaydi. U shaxsning shakllanishida murakkab intelektual-emosional jarayon natijasida insonning hayotiy tajribasi, o'zlashtirgan bilimi va g'oyalari asosida yuzaga keladi, inson irodasini mustahkamlashga xizmat qiladi. E'tiqod inson chuqur anglagan, fikrlagan, his-hayajon bilan boshidan kechirgan, har qanday sharoitda ham qattiq turib himoya qiladigan bir kuchdir”1 2 - deb ta'kidlab o'tadi.
A.Erkaev “Ma'naviyat - millat nishoni” kitobida shunday yozadi: “E'tiqod - shaxs, jamoa, guruh, jamiyat tomonidan muayyan g'oyalarga, baho va me'yorlarga ikkilanmasdan, shubha qilmasdan, qat'iy ishonch asosida shakllangan eng muhim va barinchi darajali sobit tushunchalar, tasavvurlar va qarashlardir (ilm), ulami faol aqliy va hissiy qabul qilish, sevish (ishq), ularga ixlos qilish, vafodor bo'lish, o'z ideallarini, ijtimoiy intilishlari va amaliyotini moslashtirishdir”5
Olim ‘Milliy g'oya va ma'naviyat” nomli kitobida e'tiqod haqidagi fikrlarini yanada teranroq ifodalaydi, ya'ni “Etiqodning mazmunini ilm tashkil qiladi. Chunki, kishi nimaga e'tiqod qiliyotganini - nimaga ishonayotganligini, nimaga intilayotganini, nimaga o'z xulq-atvorini, ijodini moslashtirishi lozimligini bilishi lozim. Bu ilm diniy yoki dunyoviy, yohud ularning ma'lum darajadagi qorishuvi bo'ladimi, undan qat'iy nazar, e'tiqodning keng ma'nodagi hayotiy mazmunini tashkil etadi. Ilmsiz e'tiqod yo'q, bo'lishi mumkin ham emas”3.
O.Musurmonova «Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” asarida “e'tiqod” haqida shunday fikr bildiradi: “Inson e'tiqod bilan tirik, e'tiqod bilan aziz va mukarramdir. E'tiqodi sof inson jamiyatning ma'naviy pokligi, barkamolligi uchun kurasha oladi. E'tiqodi mustahkam xalq o'zining diniy madaniyatiga, pok insoniy munosabatlar tizimiga ega bo'ladi. Har qanday farovon turmush tarzi ma'lum e'tiqodli, axloq normalari shakllangan jamiyatda qaror topadi, rivojlanadi”4 5 .
B.Qoraevaning fikricha, e'tiqod - bu ob'ektiv hayotiylikning sub'ektiv tasvirlanishi, jamoat va alohida shaxslar tajribasini o'zlashtirishning natijasidir. E'tiqodning zamirida esa bir-biriga mushtarak bog'langan axloqiy fazilatlar ya'ni vatanga e'tiqod, sof vijdonlilik, poklik, sadoqat, mehr-oqibat yotadi. E'tiqod shaxs faoliyatining mustahkam motividir, uning yordamida shaxs o'zini boshqaradi, kelgusi dasturini amalga oshiradi.
Biz e'tiqod haqidagi tushunchalar va uning yoshlarda shakllanish qonuniyatlarining mohiyatini yanada kengroq o'rganish maqsadida psixologiya fanida e'tiqod tushunchasining izohlanishiga e'tibor qaratdik. Bu esa mazkur tadqiqot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy psixologiyaning nuqtai nazariga ko'ra e'tiqod - shaxsning o'z qarashlari, prinsiplari, dunyoqarishlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. E'tiqod shaklida namoyon bo'ladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni o'rab olgan tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar va ularni muayyan darajada tushunish tashkil etadi.
E'tiqod - inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yo'l-yo'riq va mo'ljal bo'lib xizmat qiluvchi, aslida aqliy jarayon, hissiy va irodaviy harakatlar vositasida anglangan bilimlar, g'oya va tasavvurlar ifodasi bo'lgan fazilatdir.
Odamning aytadigan fikrlari va g'oyalari, prinsiplari, hayoti yoki faoliyatining butun mazmunini uning hayot davomida to'plagan bilimlari zahirasi belgilaydi va ular odam uchun mustahkam mazmunga ega bo'ladi. Shuning uchun odam bu fikr va g'oyalarni qaror toptirishga, ularni himoya qilishga, ularni boshqa odamlarning ham tan olishlariga erishish uchun o'zida kuchli ehtiyoj sezadi.
Inson hayoti davomida to'plagan bilimlari va hayotiy tajribasiga tayanib o'z ehtiyoj va manfaatlari uchun harakat qilish zaruriyatini anglashi jarayonida unda muayyan e'tiqod shakllanadi. Mazkur e'tiqod inson faoliyatining izchil, mazmunli, mantiqiy va muayyan maqsadli bo'lishini ta'minlaydi.
Har bir inson o'z e'tiqodi orqali yangi bilimlarni qayta baholaydi, ularni takror va takror tanqidiy o'zlashtiradi va anglaydi. Mazkur aqliy tahlil jarayonida kishilarning ma'naviy manfaatdorlik darajasi, ularda shakllangan barqaror ehtiyoj va qiziqishlar muhim rol o'ynaydi.
Har bir inson voyaga etish jarayonida o'z e'tiqodiga ega bo'lib boradi. Bu o'rinda uning bilim darajasi, dunyoqarashi, turmush tarzi va yashash sharoiti (o'sha joyda qaror topgan ijtimoiy va milliy-madaniy muhit), ijtimoiy mavqei muhim rol o'ynaydi. Shu bois, oilada ota-onalar, mahallada qo'ni-qo'shnilar va mahalla faolllari, maktabda o'qituvchilar bundan doimo ogoh bo'lishlari lozim. Yoshlar ta'limi va tarbiyasiga e'tiborsizlik oqibatida yoshlarning ijtimoiy hayot hodisalariga ikkilanib munosabatda bo'lishi, jur'atsizligi, e'tiborsizligi va befarqligi, ularda e'tiqodning etarli darajada shakllanmasligiga, e'tiqodsiz yoki loqaydligicha qolib ketishiga sabab bo'ladi.
E'tiqodi shakllanmagan kishilar ko'pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Sharoitga qarab goh u goh bu tomonga og'adilar. Chunki, ularning faoliyatida bilim, tajriba va mantiqiy izchillik etarli bo'lmaganligi sababli ularda aniq qadriyat mezonlari va maqsad shakllanmagan bo'ladi. Ana shunday hollarda ulardagi e'tiqodiy bo'shliq illati taraqqiyot yo'liga g'ov bo'lishi mumkin.
Ba'zi odamlarda e'tiqod ekstremistik, irqiy, shovinistik, tor siyosiy, iqtisodiy va mahalliy manfaatlar bilan cheklangan ko'rinishda ham shakllangan bo'lishi mumkin. Bunday holda e'tiqod buzg'unchilikka, beqarorlikka, insonlar va jamiyat manfaatlari zarariga xizmat qilishi, umumtaraqqiyotga to'siq bo'lishi muqarrar.
Jumladan, biz ham yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi fikrga keldik: e'tiqod dunyoqarashning bir ko'rinishi bo'lib, shaxs, jamoa, guruh, jamiyat tomonidan muayyan g'oyalarga (ular haqida ilmlarga ega bo'lgan holda) chin dildan ishonish, ergashishdir. U ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. E'tiqod o'z burchini anglagan, qattiq ishonch va mustahkam irodaga ega bo'lgan, har qanday vaziyatlarda ham sadoqatli bo'la olgan, vijdonini unutmagan insonlarda mustahkam bo'ladi.
Biz yuqorida olimlarimizning e'tiqod tushunchasiga bergan ta'riflarini tahlil qilishga harakat qildik. Shuningdek, ba'zi manbalarda, e'tiqod tushunchasi bilan egizak holda iymon tushunchasi ham ishlatiladi.
Imon - bu Ollopning borligiga, uning sifatlariga, paygэambarlariga, qiyomat kuniga, dinda ko‘rsatilgan narsalarning majmuasiga ishonish demakdir. Imon arabcha so‘z bo‘lib, ishonch ma'nosini bildiradi. Imonli kishini mumin deyishadi. Mo‘min, ya'ni imon keltirgan, ishongan odam.
Imon - qalbning duri bo‘lib, kishini e'tiqodli, yaxshilikka, ezgulikka, halol va pok bo‘lishga undaydi. Olloh taologa keltirilgan imon muminni har qanday dahshat va kulfatdan saqlovchi kuchdir. Paygambarimiz insonlar qalbidan bezovtalikni ketkazish, uning dunyoviy ehtiyojlariga qul bo‘lmasligi, hayoti davomida o‘tkinchi istaklar va xatarlar ta'sirida qolmasliklari uchun ular diliga imonni joylashga o‘z hayotlarini baxsh etdilar. Rasululloh salollohu alayhissalom xazrati Abbos o‘g‘illariga shunday nasihat qilgan edilar: Ey farzand Olloyni yodda tutsang, u seni unutmaydi. Biror narsani so‘ramoqchi bo‘lsang xudodan so‘ra, undan madad kut. Bilginki, boy bergan narsang kulingga kytmaydi, mubtalo bo‘lgan narsang seni chetlab o‘taolmaydi.
Imonli bo‘lgan musilmon quyidagilarni bilib qo‘yishi lozim.
Imon keltirish nima?
Imon keltirish, ya'ni «Lo iloxa Ollohu Muxammadur Rasululloh» deyishi.
Islomning besh rukni nima?
Imon keltirish.
Besh vaqt nomoz o‘qish.
Zakot berish.
Ro‘za fetish.
Haj qilish.
Olloh taologa imon insonni jismoniy va aqliy qullikdan ozod etar ekan, uni marifatli kasb va xunarda mohir bo‘lishga undaydi. Imon taqozosi bilan hayot kechirgan ajdodlarimizdan jahon ahli ilmu hunar o‘rganganligiga butun tarix guvohdir. Xazrati Ali shunday degan edilar: Mening besh pandimga quloq soling: har biringiz xudodan uzgadan umid qilmang. Gunohdan boshqa narsadan qurqmang. Bilmagan narsani urganishdan va bilmagan narsani so‘raganda bilmayman deyishdan uyalmang. Sabrli bo‘ling. Boshning tanada tutgan o‘rni qanday bo‘lsa, sabrning imonda tutgan o‘rni shundaydir. Boshsiz tana bo‘lmaganidek, sabrsiz imon ham bo‘lmas. Haqiqiy olim kimligini sizlarga aytadigan bo‘lsam: insonlarga gunolarni bezab ko‘rsatmaydi. Olloh taolo makridan sakqanishga kafolat bermaydi va Olloh taolo marxamatidan ularni noumid qilmaydi.
Al-Buxoriy o‘z hadislarida o‘z kishnisiga ozor bermagan, mehmonni hurmat qilgan, yaxshi so‘zlardan so‘zlagan yoki jim o‘tirgan kishining oxirati imonli bo‘lishligini kursatib: Imon oltmish tub'alardan iborat bo‘lib, ularning eng afzali. «Lai loxa illollohu» kalimasi bo‘lsa, yaxshisi odamlarga ozor beradigan narsalarni yo‘ldan chetga chiqarib tashlashdir.Xayr ham imondandir - deb ta'kidlaydilar.
Ulug bobomiz Amir Temur ham «davlat ishlarining 9 ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa kilich bilan bajo keltirilur» - deb sharq odatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini jahonga taratgan edilar.
Imonli kishilarning qalbi tiniq va begubor bo‘lishi bilan birga, ular ma'rifatparvardir. Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo‘lishi bilan birga, insoniy, ijtimoiy muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi. Birovga xiyonat qilmaydi. Imonli bo‘lish odamni tanlagan yo‘li, goyasi. Kimki shu yo‘lda kurashsa, o‘z g‘oyasiga sodiq, imonli odam bo‘ladi. Imonli bo‘lish o‘z xalqiga va uning yaxshi an'analariga hurmat bilan qarashadi.
Imon - bu or-nomus, vijdon, sadoqat, burch kabi axloqiy tushunchalarni ifodalaydi. Yurtimiz ozodligi, or-nomus va inson kadr-qimmati yulida qurbon bo‘lgan Behbudiy, Usmon Nosir, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar chinakam imonli, insofli, vijdonli odamlar bo‘lishgan. Ularning o‘z xalqiga bulgan sodiqligi, sadoqati o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytara olmadi. Mansab, pul uchun milliy an'annani oyoq osti qilish imonga shak keltirishdir. Imonli kishi shunday saxovatliki, uning yuzidan nur yogilib turadi. Bu nur kishilarni o‘ziga sexrlab qo‘yadi. Ziyo, nur fikr tovlanib turgan bunday imonli odamlar bor bo‘lsin.
Imonning xususiyatlari haqida «Arastuning Iskandarga nasihati»da quyidagicha ko‘rsatilgan: «Takvadorlik imon vositasida kamol topadi. Imon esa fikru andisha soyasida hosil bo‘ladi. Bu dunyo haqida o‘zing bir fikr qilib ko‘rsang, uni uluglash maqsadida narigi dunyoni xor tutmogini noloyiq ish ekanligini tushunasan. Zero, bu dunyo ranju balo xonasi, turumsiz muvaqqat manzildir». Imon susaygan joyda yolg‘onchilik, qalloblik, razolat va qaboxat tantana qiladi.
Jamiyatni mana shunday illatlardan saqlash va tozalash uchun avvalo yoshlarda e'tiqodni mustahkamlash shart. Chunki e'tiqodsiz, imonsiz kishidan har qanday yovuzlikni kutish mumkin. Imon-e'tiqod esa bolalikdan tarkib toptiriladi. Bu sohada xalqmiz boy ijodiy tajribasi va an'anaga ega. Masalan yolg‘on gapirmaslik, xaromdan xazar qilish, chaqimchilik, g‘iybitdan o‘zini tiyish, omonatga xiyonat qilmaslik, tuhmat qilishdan qo‘rqish, xatto dushmanga ham yomonlikni ravo kurishdan saqlanish kabi fazilatlarni tarkib toptirish yoshlami imon-e'tikodli qilib tarbiyalashga zamin yaratadi.
Anna shunday fazilatlarga eag bo‘lgan yoshlar yuksak ma'naiyatli, dunyoqarashining qalbi boy, oilasiga, do‘stlariga oqibatli, xalqi va vataniga sadoqatli, imoni but, e'tiqodi mustahkam kishilar bo‘lib etishadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ham «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», - degan bashoratida ana shu yoshlarni nazarda tutib aytgan edi. Bunday yoshlarni tarbiyalash biz murabbiylar zimmasiga katta ma'suliyat yuklaydi. Biz murabbiylar manna shu ma'suliyatli vazifani bajarishda xalqimizning asriy an'analariga tayanib ish ko‘rishimiz lozim. Darslarda, tarbiyaiy ishlar jarayonida buyuk allomalarning, bobokalonlarimizning hayotini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatishimiz kerak.
Masalan: A.Yassaviy haqida mana bu hikoyatni aytsa buladi. Yosh Axmad maktabda o‘qib yurganida bir kuni domlasi bolalarga «Ertaga hammangiz bittadan tovuqni bishini kesib keling. Lekin buni hech kim ko‘rmasin», - deb topshiriq beradi. Ertasiga hamma topshiriqni bajarib keladi. Yolg‘izgina Axmadgina topshiriqni bajarmaganligini aytadi. Domlasi sababini so‘raganda «Qaerga yashirinsam ham tepamda xudo ko‘rib turaverdi. Ilojini topaolmadim», - deydi. Buning uchun biz ularda ilos, e'tiqodga ehtiyoj uygotishimiz kerak. Masalan, Mashrabning hayotiga taalluqli quyidagi lavhani ko‘raylik. Mashrab onasi qornida ekanligida, ona bozorda baqollik do‘koni yonidan o‘tib ketayotganida erdan bir shingil uzumni olib artib eydi. Shunda qornidan: «Ona egan uzumning xaqqini tulamasang, hoziroq qorningdan g‘oyib bo‘laman» - degan ovoz keladi. Ona shoshib qoladi va pul berib, baqqolni rozi qiladi. Mana shu rivoyatni aytib berish ham yoshlarni halollikka, birovning haqqiga xiyonat qilmaslikka urgatadi.
Yoki Jaloliddin Manguberdining Chingizxon bilan bo‘lgan sunggi hal qiluvchi jangini eslaylik. U bu jangda dushmanga taslim bo‘lib, tirik qolishdan ko‘ra mardlarcha o‘lishni afzal biladi. O‘z e'tiqodiga sodiq qoladi. Xatto Chingizxon ham unga dushmanga xavas va hayrat bilan qaraydi. Koshki, shu yigit mening o‘glim bo‘lsa edi, deb orzu qiladi. Uning bu jasoratini yoshlarga har qansa o‘rnak qilib ko‘rsatsak arziydi.
Ana shunday misollar bilan yoshlar shuuriga, qalbiga kirib borish kerak. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishsa bo‘ladi, ana shundagina yoshlarda imon - e'tiqod tushunchalarini tarkib toptirishga zamin yaratiladi. Zero, imonsiz, e'tiqodsiz odamlar adolatli tuzumni quraolmaydi. Shuning uchun diyonatni, e'tiqodni shakllantirishda darsda, darsdan tashkari tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha tarbiya vositalaridan o‘rinli foydalanish imkoniyatlarini ishga solish kerak
2.2 O‘quvchilarda axloqiy e’tiqodni shakllantirishda axloqiy normalarning
o‘rni
Insoniyat paydo bo‘lgandan to bugungi kunga qadar insonlar ikkita normaga amal qilib yashaydi, ya’ni - axloqiy va huquqiy normalar. Huquqiy normalar davlat tomonidan qat’iy o‘rnatilib, belgilab qo‘yiladi. Axloq normalari esa jamiyatda o‘rnatilmaydi ham, belgilanmaydi ham, balki, jamiyatdagi shaxslar ularga ongli ravishda o‘z e’tiqodlari va dunyoqarashlari asosida amal qiladi. Bizning xalqimiz qadimdan, har qanday davrda ham ko‘proq axloq normalariga amal qilib yashaydi. Bu bizning yutug‘imizdir. Chunki fuqorolik adolatli jamiyatni qurishimizda yuqorida aytib o‘tilgandek, axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega shaxslar orqali quramiz.
Fuqorolik jamiyatining yana bir xususiyati shundaki, bunday jamiyat nafaqat davlatning kuchi bilan, balki uning a’zolari bo‘lmish fuqorolarning o‘zlari orqali saqlab turiladigan va qat’iy axloq normalari qaror topgan jamiyatdir. Shunday ekan hayotimizning ajralmas qismi va mazmuni bo‘lgan axloq me’yorlariga rioya qilishimiz ichki ehtiyojimiz bo‘lishi bilan birga bugungi kundagi hayotimiz mohiyatini begilab beruvchi mezon hamdir.
Asosiy mezoniy tushunchalar - kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy ong shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab tarzida namoyan bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillrning amalga oshish muruvvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, insoflilik, xushmuomalilik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Halollik va rostgo‘ylik. Avvalo shuni aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida - qaysi taom xarom-u, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniy-dunyoviy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Halollik, rostgo‘ylik - vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishini talab etuvchi me’ yorlardir.
O‘nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga birinchi bo‘lib to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho‘rolar hukmronlik qilgan chorakkam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, poraxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik va rostgo‘ylik ustidan hatto kuladigan bo‘lib qolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar hayotga to‘gri kelmaydi. Lekin bularning hammasi, afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. Shu bois mustaqilligimiznuing dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishnio‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero, ko‘z o‘ngimizda yolg‘on, aldov, ikki yuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab yashnamoqda. Zero prezdentimiz Islom Karimov nutqlaridan birini “Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin” deb, boshqa bir suhbatida esa “Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin” deb atagani bejiz emas; hozirda halol rostgo‘y, insofli, fidoyi insonlardan iborat bo‘lgan fuqorolar jamiyatini qurish -faqat axloqiy muommo emas, balki kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiy-siyosiy yangilanishdir.
Insoflilik. Darhaqiqat, adolat mohiyatan davlatning fuqoroga,jamiyatning shaxsga nisbatan munosabati tarzida namoyan bo‘ladi. Bordiyu, o‘zaro adolatli munosabatlar haqida gap ketsa, unda odatda yuksak martabadagi tarixiy shaxsning quyi martabadagu shaxsga munosabati nazarda tutiladi. Insof esa ana shu adolatning tor qamrovli xususiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. U fuqorolar, jamiyat a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar meyoridir.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, ma’lum ma’noda halollikka o‘xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki halollik o‘z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikda ham bir qadam olg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi; “o‘zga”ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va yomon ekanini hisobga olib, o‘z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o‘zgaga beradi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlik, kamtarinlik, bosiqlijk singari axloqiy xatti harakatlar me’yoriylik nuqtaiy nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqorolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir mavaffaqiyatsizligigiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘zab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmadi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizlklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko‘proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniytabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror-bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda o‘sha istakni to‘xta olishi kuchli irodani talab qiladi. Shu bois muomalada bosiq, kamtarin, “yeti o‘lchab bir kesish” tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo‘ladilar.
Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr- qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.
Umumjahoniy dinlaming hammasida ham insonparvarlik g‘oyalari ustuvor hisoblanadi. Chunonchi, musulmon manoqiblarida turli variantlarda uchraydigan mashhur rivoyat bor. Rivoyat qilinishicha, Xudoga yetishgan odamning xonadoniga yemak so‘rab bir kofir kiradi. Mezbon unga musulmon bo‘lsang, qorningni to‘ydiraman, bo‘lmasa yo‘q, deydi. Kofir ko‘nmay chiqib ketadi. Mezbon, u kofirlikdan kechmaganligi uchun shunday qildim, deb javob beradi. Shunda Tangri mezbonga kofir bo‘lsa ham, axir mening bandamku, inson-ku, deb tezda uni qaytarib kelib, qornini to‘ydirishni buyuradi.
Demak insonparvarlikning ibtidosi Tangridan va har bir inson boshqalarga mehr-muruvvat, muhabbat bilan munosabat qilmog‘I lozim. Zero, Hadisi sharifda “Odamlarga rahmi bo‘lmagan kishiga Allohning ham rahmi kelmaydi”, deyiladi.
Misollar ko‘rinadiki, insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Shu sababli uni sho‘rolar davrida sinfiylik nuqtaiy nazaridan soxtalashtirish muvaffaqiyatsizlikka ucharadi, proletar diktaturasi va totalatar sotsialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko‘rdi. Zero, biz qurayotgan erkin fuqorolik jamiyati nafaqat insonga mehr-muhabbat va izzt-hurmat ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni ham o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Fidoyilik. Ma’lumki, inson muaayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me’yorlarni buzmay yashashi mumkin. Rasmiy huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday odam rasmona, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo‘lishi, huquq bilan hisoblashgan holda axloqni tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z mamlakatidagi jinoyat kodeksini tan olishi barobarida, qalbidagi vijdon qonunlari bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo‘rqadiyu, vijdon azobini bilmaydi.
Fidoiy inson boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba’zan esa hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi va zarurat tug‘ilganda qurbon qiladi ham, jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallami deb o‘zidan kechadi. Bunga ikkinchi jahon urushi qahramoni mard o‘zbek yigiti To‘ychi Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulyimotiga ko‘ksini qalqon qilishi bilan o‘nlab, balki yuzlab o‘ziga o‘xshash odamlar hayotini saqlab qoladi.
Shuni aytish kerakki, fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi; u ma’lum bir davrlarda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Prezdent Islom Karimovning fidoyilk tamoyili mohiyatini to‘la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yoni yashash kerak!” degan so‘zlarni axloqiy shior qilib olgan jamiyatimiz a’zolarining ilg‘or qismi toboro ko‘payib bormoqda. Ana shu ko‘payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi.
Jamiyatning o‘zi odamlarning oddiy birligi emas. Bu - murakkab ijtimoiy organzm odamlarning o‘zaro aloqalari mahsuli, eng avvalo ishlab chiqarish, hayot ne’matlarini o‘zaro ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq ular hayotining tashkiliy tuzilishidir. Jamiyat - oila rishtalari, guruhiy tabaqaviy, sinfiy munosabatlar orqali birlashgan odamlarning murakkab jo‘shqin aloqalar tizimi. Ushbu qonundan kelib chiqadiki, bu - endi odamlarning biologik emas, balki ijtimoiy qonunlar amal qiladigan birligidir.
Bunday yondashuv, ya’ni jamiyatni ijtinmoiy munosabatlar majmui sifatida tahlil etish, birinchidan, unga konkret tarixiy yondashish (jamiyat tarqqiyoti bosqichlarini farqlash), ikkinchidan, ijtimoiy hayot asosiy sohalarining o‘ziga xos (iqtisodiy, ma’naviy xususiyatlarini aniqlash, uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar sub’ektlari ( shaxs, oila, millat, davlat va boshqalar)ning nomlarini keltirish imkonini beradi.
Jamiyat - muayyan ehtiyoj va manfaatlarga ko‘ra birlashgan ma’lum tarzda tashkil topgan odamlar majmuasi. Jamiyat birlashishga moyil bo‘lgan guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. Ammo ayrim hollarda, odatda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida, “ajrashish kayfiyatlariga” mubtalo bo‘ladi.
Dastlabki axloq maskani bo‘lmish oilalar yig‘indisi fuqorolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o‘ratsidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq ro‘y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya’ni fuqorolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir - rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak.
Fuqorolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqorolar huquqi haqiqatdan ham inobatga olinadi. Fuqorolik jamiyatida har bir odam o‘zi uchun maqsad. Biroq u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to‘la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadiga yetishish yo‘lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar vositasida, ularning forovonlikka intilishini qanoatlantirgan holda, o‘zi ham qanoatlanadi.
Fuqorolik jamiyatining yashash sharti - erkinlk. Shaxsning qonun doirasidadagi so‘z erkinliigi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to‘la yo‘l qoyilmas ekan, fuqorolik jamiyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu jamiyatning yana bior muhim jihati shundaki, unda qarindosghlik, urug‘doshlik, elatdoshlik singari hissiyotlardan kasbdoshlik, mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo‘ladi; yonma-yon ishlayotgan va yashayotgan jamiyat a’zolari, “begonalar” umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma yelkadoshlar o‘zlarining uzoq qarindoshlaridan ko‘ra bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab yetadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida, hokimiyat tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar ko‘magida ish olib boradi. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov fuqorolik jamiyatini mamlakatimiz siyosiy va davlat qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta’kidlaydi va bu xususiyatning mohiyatini “mahalliy hokimiyat va fuqoralarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vazifalarini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalari huquqi va mavqeini oshirishni ko‘zda tutadigan “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” konsepsiyasini amalga oshirish”dan iborat deb ta’riflaydi.
Mamlakatimizda hozir erkin, dermokratik fuqorolik jamiyatini tuzishaga kirishganimiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, g‘arbliklar tasavvuridagi fuqorolik jamiyatidan farq qiladi. G‘arbda bu borada asosan huquqiy yo‘nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma’naviy yo‘nalishning ustuvorligini ko‘rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqorolik jamiyati g‘arb davlatlari uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin. U faxrlanishdan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, G‘arb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun “axloqiy o‘rin bo‘shatishdan” ko‘ra “huquqiy o‘rinni egallab turish” nafaqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa buning aksi - har bir “axloqiy o‘rin bo‘shatish” o‘zbek qalbiga quvonch, o‘z insonlik burchini bajarganlik hissini to‘ldiradi.
Bundan tashqari, bizda fuqorolik jamiyati qurishni ma’lum ma’noda tezlashtiradigan, g‘arb mentaletitiga xos bo‘lmagan mahallalar bor. O‘zbek mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o‘sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo‘ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an’analri hozir ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Mahallada yashayotgan hukumat a’zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, oddiy o‘qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. Hukumat a’zosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik “lavozimi”da bo‘ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o‘z-o‘zini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqorolik jamiyatiga o‘tish uchun axloqiy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Bunday oraliq bog‘lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek g‘arb olamida yo‘q, demak shunga ko‘ra ham, bizda fuqorolik jamiyatiga o‘tish nisbatan osonroq kechadi, degan fikrni bildirish mumkin.
Inson shaxsining shakllanishidagi birinchi bosqich oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma sifatida jamiyatning dastlabki bo‘g‘inidir. Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota-onaga bo‘ysunishai lozim. Lekin bu intizom erkin o‘sib kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos rka tantiqlik, o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishlari kerak. Ota-onaga bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘ib yetishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘I sifatida katta ahamiyatga ega.
Har qanday jamiyat madaniyatida inson shaxsining yetuklik darajasi to‘g‘risidagi tasavurlar ishlab chiqilgan.
Shaxsning vazifasi va o‘rni to‘g‘risidagi masala o‘z ichiga belgilab qo‘yilgan huquq va majburiyatlarni ham oladi. Bularda jamiyat tarkibiy qismalarini tashkil etgan ijtimoiy guruh a’zolari rioya qilishi zarur bo‘lgan axloqiy normalar bilan belgilanadi. Guruhda qabul qilingan axloq normalariga ko‘ra har bir shaxs boshqalar bilan tegishli munosabatda bo‘ladilar. Majburiyatlar esa shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan guruhda egallab turgan vazifasiga muvofiq keladigan xatti-harakat qilishidan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda shaxsning ijtimoiy vazifalarini bajarishi - bu faqat unga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarni ham namayon etishidir. O‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona, harbiy xizmatchi, jamoat arbobi va boshqalarning ham bajaradigan o‘z vazifalari mavjud. Masalan, militysiya xodimlaridan metin iroda, hushyorlik va tezkorlik, siyosiy-ijtimoiy onglilik va yuksak madaniyat sohibi bo‘lish, shuningdek, Ona Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqat talab etiladi. Chunki ichki ishlar xodimlari yuzaga kelgan favqilodda vaziyatda hukumat vakili nomidan ish tutadi.
Ijtimoiy guruhlar o‘z a’zolarini hatti-harakatlarini hech vaqt nazoratsiz qoldirmaydi, balki ularni turli tomondan nazorat qilib boradilar, shu jumladan axloqiy tomondan ham. Bu esa shaxslarda o‘z ijtimoiy ma’suliyatiga jiddiy munosabatda bo‘lishi talab etiladi.Ayni vaqtda vazifalarini bajarilishi g‘oyat murakkab kechadi.
Yuqoridagi fikrlardan bilib olishimiz mumkinki, shaxs e’tiqodini belgilovchi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi axloqiy normalar bor. Bu axloqiy normalardan biri burchdir. Burch mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.U yuqorida aytganimizdek vijdon, e’tiqod, ma’suliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri - uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Chunonchi, bir tuzum yoki jamiyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no kasb etishi mumkin.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina mayl va istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni huzur va halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Msalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat va farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor bo‘ldi: uni mustamlakachilar, avval aytganimizdek, mamlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi.
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon dilidan sevgan kishisidan, hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
O‘z burchiga sodiqlik har bir kishining odobi, axloqini ifodalaydi. O‘z so‘zining ustidan chiqmagan, o‘z burchini bajarmagan kishilar xalq orasida hurmat topmaydi.
Vijdon. Vijdon Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshaqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan keli chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyaon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojuya harakati tufayli yuzaga kelgan ung‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi bu oddiy ung‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi.
Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o‘tkinchilik xususiyati ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero, vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz hodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida imon iborasini uchratish mumkin. Imon aslida dinijy tushuncha. Jekin hayotda vijdon tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov “imonli odam” deganida, uning musulmonlikka imon keltirgan-keltirmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bo‘lishi ham mumkin. Chunki bu gap bu yerda o‘sha odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol rostgo‘y ekanligi haqida ketyapdi. Shu ma’noda vijdon bilan imonni egizak tushunchalar deb atash mumkin. Diniy e’tiqodlarga munosabatning rasmiy tilda “vijdon erkinligi” deb atalishi ham ular orasida chambarchas bog‘liqlikdan dalolat beradi. Vijdonsiz odamdan hech qachon adolatni ham, burchga sadoqatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin emas. Vijdonli odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqorolik jamiyatni yarata oladilar. Zero, vijdon, eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va ma’sulyatni taqazo etadi.
2.3 Hadis va uni o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar Hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi Hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli Hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli Hadislar bilan bir qatorda "zaif" Hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy Hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar Hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima Hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan Hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". "Sahihi Buxoriy" koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Hadis (حديث) Muhammadning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va oʻrganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi.
II sinflarda ko'proq hadislarni o'qitishni turli didaktik o'yinlarga bog'lab o'tish maqsadga muvofiq. Bunda didaktik o'yinlar soddaroq va izchil bo'lishi lozim.
Klaster usulini hoshlang'ich sinflardan 2 sinfda hadislarni o'qitishda
Salomlashish musulmonchilikda ikki insonning gunohlardan foriq bo’lishni anglatadi. Ona o’giti.
Milliy urf-odat va an'analarni o’rganish. Ona o’giti.
Qadriyatlarni o’ rganish va hurmat qilish. Ona o’giti.
/
Hadis.
Bir odamning boshqa bir
odam bilan uchrashganda
salom bermog’i, salomdan
so’ng hol ahvol so’rashmog’i
Olloh nazdida ham,
Rasululloh nazdida ham
yaxshi ish sanalgan
Payg'ambarlarni hurmat qilish. Ona o’giti.
Diniy qonun- qoidalarni o’rganish. Ona
o’giti.
II sinflarda hadislarni o'qitishda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o'yinlar
“Poezddagi sayohat” o'yini
Ushbu didaktik o'yinda sinf o'quvchilari uch guruhga ajratiladi va har bir guruh biror chiroyli nom bilan nomlanadi. Albatta nomlar ham mazmunan hadislarga yaqinroq bo'lishi yoki istiqlolni ifodalovchi, milliylikni aks ettira oladigan bo'lishi kerak. Masalan, “Sahobalar”, “Muhaddislar”, “Kelajak”, “Humo”, “Istiqlol” kabi nomlarni berish. Bu uch guruh bitta poezddagi uchta vagonga oldinma ketin joylashib, sayohat qilishlari lozim. Lekin, kim birinchi vagonda ketishi noaniq. Bu noaniqlikka aniqlik kiritish uchun o'quvchilar quyidagi to'rtta shartni bajarishlari va birinchi vagonga harakat qilishlari lozim. Shartlar esa quyidagicha:
Shart. “Odob inson ko'rki”.
Bu shartda har bir guruh bir-biriga hadislar aytadi. qaysi guruh ko'p va mazmunli hadis aytganligiga qarab, ushbu shartning g'olibiga aylanishi mumkin. O'quvchilar bu shart orqali ko'proq hadislar yodlashga harakat qilishadi.
Shart. “Zehnu zakovat”.
Bu shartda guruhlar bir-biriga hadislaming birinchi qismini aytadi, ikkinchi guruh esa davom ettirib ketaveradi. qaysi guruh hadis aytolmasa yoki hadisning davomini topa olmasa o'yindan chiqib turadi. Huddi shunday o'yin davom etib ketadi. Masalan, birinchi guruh “Safar qilinglar...” desa, ikkinchi guruh “Sog'lom bo'lasizlar”, ya'ni bunda “Safar qilinglar-sog'lom bo'lasizlar” hadisini aytishlari kerak. Endi uchinchi guruh “Uch toifa odam jannatga kirmaydi...” desa, birinchi guruh “1. Ota-onasini ranjitgan, 2. Mayxo'r, 3. Berganini minnat qiluvchi kishi” deya davom ettirib boraveradi.3. Shart. “Oltin toj” o'yini.
Bunda o'quvchilar “Oltin toj” o'yinini o'ynashadi, ya'ni qo'yidagi rasmdan foydalanib o'ynaydi.
Ushbu rasmdagi har bitta topshiriq yoki savol yashirin savollardan hadislar haqidagi topshiriqlardan iborat bo'lgan rasmlardan tashkil qilinadi va bu topshiriqlar bajarilishi uchun uch guruhning sardori o'zaro bellashishadi. Har bitta savolga javob yozishga harakat qilishadi.
Shart. “Kim zukko”.
Ushbu shartda har bir guruh konvertdagi to'rtta hadisning mazmunini gapirib beradi.
Har bitta shartga eng yuqori ball uch ball qo'yiladi. O'quvchilaming shartlarda to'plagan ballariga qarab, vagonlardagi o'rinlarning almashinish jarayoni sodir bo'ladi. Eng yuqori ballni qo'lga kiritgan guruh birinchi vagondan joy olishi mumkin. Ushbu didaktik o'yinni dars davomida qo'llashdan asosiy maqsad o'quvchilarga hadislarni va hadislarga bog'langan odob ahloq ko'rinishlarini boshlang'ich sinf o'quvchilariga singdirish hadislarni o'qitish uchun didaktik o'yinlardan foydalangan holda kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim- tarbiyaning yuksak ko'rinishlarini shakllantirishdan iborat. Ushbu didaktik o'yinni “Odobnoma”, “O'qish” darslarida qo'llash mumkin va ushbu didaktik o'yin orqali o'quvchilarni ham mustaqil fikrlashga, ham hadislarni o'rganishga chorlash mumkin.
Boshlang'ich sinflarda dars davomida bunday didaktik o'yinlardan “Sirli sandiq”, “Bahoroyning savollari”, “Zanjir”, “Imom al Buxoriy aytadi” kabi bir qancha turlaridan hadislarni o'qitishda foydalanish mumkin.
Yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriy etilishining faqatgina dars davomida darslardagi mavzularga o'z ta'sirini ko'rsatib qolmay balki, baholash mezonining o'zgarishiga ham sabab bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda ball sistemasi asosidagi reyting tizimida o'quvchilarni baholash, ball olish masalalari MSTI, ya'ni majburiy standart tekshiruv ishlarini o'quvchilardan tez-tez olib turilishi albatta o'quvchilarda bilim va ko'nikmaning shakllanishidagi asosiy vositalardan biri bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda hadislarni o'qitish jarayonida ham huddi shu tizimdan foydalanish va rag'bat
kartochkalaridan, tarqatma materiallardan foydalanish samarali natija beradi.
Didaktik o'yinlardan yana biri “Kim topqir” o'yinidir.
“Kim topqir” o'yini
Hadislarni o'rgatishda “Kim topqir” o'yinini o'ynatish quyidagicha amalga oshiriladi. Sinf o'quvchilaridan to'rttasi doska yoniga chiqarilib, o'quvchilarga teskari qaratilib qo'yiladi va ularning orqasiga hadis ilmi bilan bog'liq tushunchalar yoki mashhur hadisshunoslarning ismlari yozib qo'yilgan taxtachalar ilinadi. So'ngra bu to'rt o'quvchi o'quvchilarga qaraydi. Ularga 5-6 imkoniyat beriladi. Ular 5 yoki 6 savolni o'quvchilarga berish orqali o'zlarining kim yoki nima ekanligini aniqlashadi. Savollar “aylanma” savol yoki “ilgakli” savollardan bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri “Men hadismanmi?” yoki “Men Imom al Buxoriymanmi?” deya savol berish o'yin qoidasining buzilishini ko'rsatadi. Bu o'yin ham o'quvchilarni o'ylashga, fikrlashga, hadislar haqidagi barcha ma'lumotlarni to'plab qayta ishlashga, ya'ni analiz-sintez jarayonining olib borilishiga zamin hozirlaydi.
“Zanjir” o'yini
Ushbu o'yinda o'quvchilardan ettitasi ishtirok etadi. Bunda birinchi o'quvchi bir varaqchaga hadisning bosh qismini yozadi. Ikkinchi o'quvchi uni to'ldiradi va u endi boshqa bir hadisning bosh qismini yozadi. Keyingi o'quvchi ham bu hadisni to'ldiradi. Huddi shunday hadislar aylanib boraveradi. Lekin, kim hadis davomini yoza olmasa yoki o'zi hadis topa olmasa, zanjir o'sha erda uziladi va o'sha o'quvchi o'yindan chiqadi. Bu o'yinni butun sinf o'quvchilariga ham qo'llash mumkin. Ushbu o'yinning asosiy maqsadi o'quvchilarning eslash qobiliyatini o'stirish, qolaversa hadislar yuzasidan fikrlashga qiziqtirishdir.
“Bahoroyning savollari” o'yini
Bu o'yin boshqa o'yinlardan texnikaviy jihatdan ancha farqlanadi va o'yindagi mazmun mohiyat quyidagicha. Bahor qizi tasviri tushirilgan rasmda uning o'nta savoli va bu savollardan xohlaganini tanlash texnikasini avtomatlash- tirilgan qurilma orqali biz bir o'quvchidan xohlagan o'nta savoldan birini tanlashi mumkinligini aytamiz. U o'nta savolning birortasini tanlaydi. Deylik to'qqiz sonini tanladi. Shunda Bahoroy bizga to'qqiz sonining shartini ko'rsatadi. Ya'ni to'qqiz sonining sharti o'quvchi muhaddislar sultoni haqida ma'lumot berishi kerak. Albatta bunda savollar va shartlar o'quvchilaming bilim darajasi va yoshiga qarab beriladi. O'qituvchi o'zi aytmagan yoki b ermagan ma'lumotlar haqida savol b erishi noto'g'ri hisoblanadi.
“Jimjitlik” o'yini
Bu o'yin o'quvchilarning hayolini, tasavvurini va fikrlashini kengaytirishga xizmat qiluvchi o'yin bo'lib, bunda o'quvchilar jim o'tirishadi. Ya'ni ular hech qanday so'z ishlatmaydi. O'qituvchi esa doskaga hadislar haqida savol yozadi yoki buyuk muhaddislar nomini, hadislarini yozib qo'yishi mumkin. O'quvchilar yozilgan hadis, savol yoki muhaddislar haqida tushunchalarini so'zsiz mimika orqali bayon etishga harakat qilishlari kerak. Bu o'yin turi ko'proq nutq o'stirishga bog'liq bo'lib, o'quvchilar qo'l harakatlari orqali fikrni ifodalashga harakat qilishadi.
Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlar bilan bir qatorda albatta quyi sinf o'quvchilarining tarqoq diqqatini bir joyga to'plash maqsadida dam olish daqiqalari ham o'tkazilib boriladi. Dam olish daqiqalari mavzuga bog'langan holda tashkil qilinsa o'tilayotgan mavzu o'quvchilar ongida tezroq sintez qilinishi va o'qituvchi birgina dam olish daqiqasini o'tkazish orqali o'quvchida ushbu mavzuga bog'liq bo'lgan ko'plab tushunchalarni hosil qilishi mumkin.
Buyuk ajdodlarimiz merosini o'rganishda yoki hadislarni o'rganish jarayonida quyidagi dam olish daqiqalaridan yoki bolalarga muhaddislar haqidagi she'rlarni yodlatib, o'rgatib borish mumkin. Bu jarayonda o'quvchilar mexanik yodlagan so'zlarini takror aytish orqali mazmunini chaqishga harakat qiladi.
Dam olish daqiqasi
Tariximiz buyuk merosi,
O'zbek xalqining buyuk bobosi.
Jahonda dovrug'i bor ustoz muhaddis,
Yozib qoldirgan bizga necha ming hadis.
Samarqandga chorlar bizni bir maqbara,
Islom olamidagi ulug' ikkinchi Ka'ba Hadislarni o'rganib,
Odob nima anglaymiz.
Ota-ona hurmatin,
Bilib salom bergaymiz.
Hadis o'rgangan bola,
Zehnli bo'lar doim.
Imom al Buxoriy ham,
Bilsangiz buyuk olim.
Yoshlikdan olsak bilim,
Toshga o'yarmiz naqsh.
Keksayib olsak bilim,
Muzga bitarmiz shakl.
Shuning uchun donolar,
Deydilar o'rgan bilim.
Ilmda ko'p sinoat,
Ilmla yuksak elim.
Keltirilgan dam olish daqiqalarini o'quvchilarga yodlatish mobaynida ushbu hadislar va Imom al Buxoriy haqidagi fikrlami ifodalab, izohlab berish, ota-ona haqida ma’lumotga ega bo‘lish, onaning o‘gitlariga quloq solish, tushunarsiz so'zlarni tushuntirib o'tish va dam olish daqiqasini o'quvchilarning aqliy
salohiyatiga qarab o'rgatish lozimdir.
Demak, boshlang'ich sinflarda ona haqidagi asarlarni o'qitishda I-IV sinflardagi har bir sinf uchun mos keluvchi usullardan foydalanish va ushbu sinflarning aqliy qobiliyatiga e'tibor qaratgan holda osondan qiyinga qarab, oddiydan murakkabga tomon yo'naltirilgan usullarni va didaktik o'yinlarni qo'llash lozim. Usullardan III-IV sinflarda qo'llash mumkin bo'lganlarini I—II sinflarda qo'llash mumkin emas. Didaktik o'yinlar va dam olish daqiqalaridan ona gaqidagi asarlarni o'rgatishda foydalanish samarali natija b eradi.
Bugungi kunda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning darslarga joriy etilishi ushbu sinf o'quvchilarini kelajagi porloq, o'zbekiston yoshlari bo'lib etishishiga erishish uchun asosiy vosita sifatida ishlatish, mafkuramizdagi bo'shliqlarning oldini olishga yordam beruvchi, milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyatimiz shakllanishida bosh mezonlardan biri bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Maktab dasturlarida ishlab chiqilgan nizomlar yoki tashkiliy faoliyat jarayonlarini kuzatganimizda shunday jarayonlarga duch kelamizki, maktabda boshlang‘ich o‘qish darslarida ona haqidagi asalarni o‘rganish juda muhim rol o'ynaydi. Ona haqidagi asarlarni o‘rganish tarbiya borasida o'quvchilar onggi va fikrlash qobiliyatiga juda katta ta'sir o'tkazadi.
Birinchi sinf o'quvchilari o'qishning bir necha turlarini, ya'ni, ravon, tez o'qishni, ayni paytda, turli janrdagi matnlarni o'qib, o'rganib olgan bo'ladilar. Ikkinchi sinf o'quvchilari bilan ana shu malakalarni takomillashtirishga qaratilgan ish tizimi olib boriladi. Bolalarning o'qish tezligini oshirish, ifodali o'qish malakalarini egallash, badiiy matn ustida ishlash, she'r va kichik matnlarni yod olish, tushunganlarini gapirib berish kabi ish turlarini ko'proq o'tkazish ko'zda tutiladi.
O'qish kitobida (“Bilim bog'i”), “Ona yurtim — oltin beshigim”, “Maktabim — kitobim — oftobim”, “Oltin kuz —hosiling yuz”, “Mehnat — baxt keltirar”, “Otalar so'zi —aqlning ko'zi”, “Kumush qish — misoli oqqush”, “Qushlar va
hayvonlar — bizning do'stimiz”, “Ertaklar — yaxshilikka yetaklar”, “Yoz — o'tadi soz” kabi bo'limlar mavjud. Har bir bo'lim bolalarga ta'lim berish bilan birga, bilim, malaka hosil qilish, ularda voqea, hodisalarga qiziqish uyg'otish, rasmlarni kuzatish, xulosalar chiqarishga o'rgatadi.
Kitobdagi rasmlar bolalarning his va tuyg'ularini, nutqlarini o'stirishga hamda ularni ijodiy tahlil qilishga mo'ljallangan. O'quvchilar rasmlarni tomosha qilib, tasvirlangan narsa, voqea-hodisalarga o'z munosabatlarini bildiradilar, ulardan zavq oladilar, o'zlari ham ijodiy ravishda asar mazmuniga mos rasmlar ishlashga, o'z taassurotlarini ifodalashga o'rganadilar.
Darslikda berilgan har bir matn o'quvchilarning fikrlash doiralarini o'stirish bilan birga, ularda tevarak-atrofga munosabat, odob-axloq malakalarini o'zlarida mujassamlash, asardagi qahramonlarga taqlid qilish, ulardagi eng yaxshi xislatlarni egallash, irodali, mehnatsevar, jasur, kamtar, vijdonli, mehribon va iltifotli bo'lish kabilarni o'zlashtirib borishga qaratilgan. Shuningdek, o'qiganlarini mazmunli qilib gapirib berish, fikrni jamlash, uzviylikka e'tibor berishga alohida ahamiyat qilinadi. Shunday qilinganda matn mazmunini o'zlashtirish ancha oson bo'ladi. O'qituvchi bolalarni darslikka nisbatan qanday munosabatda bo'lishga, undan ijodiy foydalanishga, mundarijasiga qarab kerakli asarni tez topish, o'qishga kirishish uchun ruhan tayyorlanish va shu talablarni bajarishga o'rgatadi. O'quvchilarning o'quv dasturi talablarini o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ularni darsda faol qatnashishga undash, o'zlashtirish sur'atlari va imkoniyatlariga qarab qo'shimcha vazifalar berish, darsning qiziqarli va samarali bo'lishi uchun mos vazifalardan unumli foydalanish, dars jarayonida bolalar jamoasi e'tiborini jalb qilgan holda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish va uning yechimini topish, o'quvchilarning bilim, malakasini baholash, uyga beriladigan vazifalarni me'yorlash, ularning zo'riqishlarini oldini olish lozim.
O'qish darslariga quyidagi talablar qo'yiladi:
ta'lim va tarbiya maqsadining birligi;
ta'lim va tarbiya vazifalarining birligi;
ta'lim va tarbiya manbalarining uzviy bog'liqligi;
ta'lim va tarbiya metodlarining birligi.
Har bir dars pedagogik, psixologik, metodik tomondan to'g'ri tashkil etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda o'tkazilishi kerak. O'qituvchi darsda vaqtni to'g'ri taqsimlashi, undan unumli foydalanishi zarur. O'qish darsi o'zining mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta'limda yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.
Darsni tashkil etishda bolalar e'tiborini qiziqarli misollarga jalb qilish, tasviriy san'at asarlarini maroq bilan tomosha qilishga qaratish, shu yo'sinda asosiy mavzuga o'tish lozim. O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rishda, ko'rgazmali qurollar tayyorlashda o'quvchilarning didini, nafosat tarbiyasini o'stiradigan materiallar tanlashi, uning o'zi esa darega hamisha yaxshi kayfiyat bilan kirishi, o'quvchilarda ham yaxshi kayfiyat hosil qilishi kerak. Bunday sifatlar boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun zaruriy odatga aylanishi lozim.
Darsda bolalarga to'la erkinlik berish, o'qituvchi bilan bolalar o'rtasida samimiy munosabat bo'lishi, ishonch va hurmat tobora ortib borishi kerak. O'tilgan mavzuni so'rashda ham, yangi mavzuni o'rgatishda ham bolalarning xotirasini mustahkamlovchi omillardan foydalanish, sezgi a'zolarining ishtirokini ku- chaytirish, ko'rish va eshitish faoliyatlarini rivojlantirish, ularning faolliklarini ta'kidlab, darsda yanada yaxshi qatnashishga undash lozim. Sinf xonasini dars o'tishga tayyorlash, ko'rsatiladigan ko'rgazmalar, o'qib beriladigan har bir matn yoki magnit tasmasidan eshittiriladigan yozuvlarni taxt qilib qo'yish, o'quvchilarni esa mas'uliyatni his etish va o'quv qurollarini taxt qilishga o'rgatish darsning samarali o'tishiga imkon beradi.
Mavzuning oson yoki murakkabligiga qarab, dars jarayonida vaziyatni o'zgartirish, muammoli o'qitish usulini keng qo'llash, interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda bolalar tomonidan darsning qanday o'zlashtirilayotganini kuzatib, ularning idrok etish faoliyatlarini, hissiyotlarini faollashtirish kerak. Shunday qilib, o'quvchilarni shaxs sifatida kamol topishlarini ta'minlovchi barcha vositalarni qo'llash orqali dars sifatining yaxshi bo'lishiga erishish mumkin. Birinchi sinf o‘qish kitobi darsligida 8- mart bayramiga va oanajonlarga oid mavzular deb darslikning 37- betidagi — Ona allasi”1 (rivoyat) hamda 38-betdagi Po‘lat Mo‘minning “Mehribon oyijonim” mavzularini olishimiz mumkin. Ushbu mavzular ‘Ko‘klam -yashnaydi olam” bolimida berilgan bo‘lib, yillik ish rejaga ko‘ra 8-mart bayramiga to‘g‘ri keladi. “Ko'klam — yashnaydi olam” bo‘limi 9 soatga mo‘ljaqllangan. "Ko'klam — yashnaydi olam" bo'limida fasllar kelinchagi, yashash-yasharish faslining o'ziga xos xususiyatlari, inson hayoti va uning tabiatga ta'siri haqida hikoya qilingan asarlar o'rin olgan. O'quvchilarning sinfda va mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar:
1.Bahor. 2.Lola. 3.Ona allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq.
6.Qushcha. 7.Quyoshdan erta turib. 8.Navro'z bayrami. 9. Navro'z.
Ushbu mavzularni 8-mart bayrami arafasiga to‘g‘ri kelishini hisobga olib o‘quvchilar bilan bayram haqida qisqacha suhbat o‘tkazish mumkin. Bu suhbatda bayramning kimlarning bayrami ekanligi va ushbu bayramga biz qanday sovg‘alar qilish mumkinligi haqida savol-javob o‘tkaziladi. Darslikda keltirilgan she’rni yod olish orqali ularga chiroyli sovg‘a qilish mumkinligini aytiladi.
Ona allasi2 (Rivoyat), Ushbu rivoyat orqali o‘quvchilar ona allasini naqadar katta kuchga ega ekanligi va uning sehrli ohangi va jozibasi tufayli harbir farzand har tomonlama kamol topib tarbiya ko‘rishi haqida bilib oladilar.
P’olat Mo‘minning “Mehribon oyijonim” she’ri esa chin ma’noda o‘quvchilarning onalari uchun bayram sovg‘asi bo‘lishi mumkin.
Juda ham a’losiz oyijon Juda ham donosiz oyijon Siz meni qo‘zim deb sevasiz Nur to‘la ko‘zim deb sevasiz Oyijon oyijon oyijon Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib erkalab,
Shu aziz boshimni silaysiz menga baxt omonlik tilaysiz Oyijon oyijon oyijon «O'qish kitobi» materiallarining yillik rejalashtirilishi asosida yaratilgan. 3-sinfda o'qishni o'rganish uchun o'quv rejasida haftasiga 5 soat dars ajratilgan. Bu darslarda o'tilayotgan mavzular yuzasidan o'quvchilaming izchil, asosli, puxta bilim va malaka hosil qilishlarini ta'min etish lozim. Bunga o'quvchilarga ta'lim berishning asosiy vositasi - dars orqali erishiladi. 3-sinf «0'qish kitobi»dagi mavzularni o'tishda o'quvchilaming o'qish texnikasi, bilim saviyasiga qarab darslarni ijodiy tashkil etish lozim. O'qish va nutq o'stirish» dasturi Davlat ta'limi standart talablariga javob beruvchi konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g'oyaviy, tematik, estetik, qisman mavsumiy tizimlar hisobga olingan. U o'z navbatida bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni idrok etishini ko'zda tutadi. O'qish kitobi bosh mavzularming bunday tuzilishi, birinchidan, ta'lim-tarbiya berish uchun muhim bo'lgan adabiy, ilmiy-ommabop asar namunalari bilan o'quvchilami tanishtiradi. Ikkinchidan, o'quvchilami yuqori sinflarda adabiyot fanini o'rganishga tayyorlaydi. Dasturda milliylik hisobga olingan hamda darslikdagi matnlarning xilma-xil bo'lishi nazarda tutilgan. Masalan, Abdurahmon Sa'diy, Abdulla Avloniy, Shuhrat, Oybek, Hamza, Cho'lpon, Quddus Muhammadiy, Mirkarim Osim, Erkin Vohidov, Xudoyberdi To'xtaboyev, Malik Murodov, Abdulla Oripov, Tohir Malik va boshqalarning boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasi, yoshi, ruhiyatiga mos keladigan, ularning shaxsiy jihatlarini shakllantirishga ko'mak beradigan asarlari, Amir Temur o'gitlari, Alisher Navoiy hikmatlari, rivoyat, latifa, ibora hamda axloq-odobga oid hadislarni o'rganish e'tiborga olingan.
«Ona bitta, Vatan yagona», «Xalq og'zaki ijodi^>, «Kuz manzarasi va mehnat», «O'tmishni o'rganish — burchimiz», «Kumush qish», «Vatan posbonlari», «Tengdoshlar», «Ulug'lardan o'rganmoq — oqillik», «Bahor manzarasi va mehnat». Bu bo'limlardagi materiallar bilan tanishish orqali o'quvchilar mustaqil O'zbekistonimizning ijtimoiy-ma'naviy hayoti tabiati vatanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mustaqillikni saqlab qolishda yoshlarning vazifalari haqidagi bilimlarga ega bo'ladilar. Ulug' ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga, o'zbek xalqining mehnatiga bag'ishlangan mavzularni o'rganish o'quvchilami ma'naviy, ma'rifiy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o'rin tutadi. Shuningdek, bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, chidamlilik, talabchanlik kabi sifatlarni tarbiyalashga, umuman, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishga ko'maklashadi. Zero, yoshlar mustaqil mamlakatimizning yetuk mutaxassislari bo'lishi uchun qayg'urish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Xulosa
Xulosa o‘rnida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiqdir: 1. An’anaviy didaktik ta’minotni modernizatsiyalash sabablari murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy o‘zgarishlarga muvofiq kompetentli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning oshishi hamda kompetentli mutaxassislarni an’anaviy “bilimli” ta’lim konsepsiyasiga asoslangan didaktik ta’minot asosida tayyorlash imkonining yo‘qligi. 2. Vataniga mexr-muxabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat- ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatdir- degan edi.
Darhaqiqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tavoze, sahovat, shirinsuxanlik, o‘zidan kattalarni hurmat qilish, ota-onani e’zozlash, ilm egallash, to‘g‘riso‘zlik, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlar barchasi shaxsning axloqiy qadriyatlari turkumiga kiruvchi xalqimizning eng ezgu xislatlaridan biridir. Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu axloqiy qadriyatlarni yanada churroq o‘rganish, ularni ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish hamda boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida foydalanishdan iboratdir.
Milliy qadriyatlarimizda mavjud ma’naviy merosda, ayniqsa, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Jomiy singari ma’naviyatimiz durdonalari bo‘lgan mutafakkirlarning shaxs tarbiyasi xaqidagi ko‘plab fikr-muloxazalari ham bugungi kunda har bir inson uchun, ayniqsa, yoshlar shaxsini shakllantirish uchun qimmatli tarbiyaviy ahamiyatga egadir. “Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun avvalo bolalarni jismoniy va fikriy tarbiyaga da’vat qiling, keyin axloqiy quvvatlarini muhokama orqali tushuntiring, ularni yaxshi (foydali) ishlarga odat qildiring, yomon ishlardan nafrat uyg‘oting” - deb ta’kidlagan edi, Abdurauf Fitrat.
Ana shu jihatlarni hisobga olganda biz tanlagan mavzu pedagogik jarayonning dolzarb mavzularidan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |