Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi



Download 30.72 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi30.72 Kb.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI




RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI



2010-2011 O`QUV YILIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARINING 11-SINF O`QUVCHILARI IMTIHON MATERIALLARI

VA METODIK TAVSIYALAR

TO`PLAMI


"TARIX" FANI


"Tarix" fanidan bitiruv imtihonlari uchun taklif etilayotgan mazkur savollar umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda 10-11 sinf dasturlari asosida tayyorlandi.

Imtihon biletlari ikkita topshiriqdan iborat bo'ladi. Jahon tarixi va O'zbekiston tarixiga oid savollar alohida ikkita konvertga solib muhrlanadi va maktab direktorining seyfida saqlanadi. Imtihon kuni konvertlarning muhrlanganligi o'quvchilarga ko'rsatilib, konvertlar ochiladi. O'zbekiston tarixiga oid savollar alohida, Jahon tarixiga oid savollar alohida qatorga teskari qilib qo'yiladi. O'quvchi har ikkala qatordagi savoldan bittadan tanlab oladi va 15 daqiqa tayyorgarlik ko'rgandan so'ng javob beradi.

Imtihon topshirish jarayonida o'quvchi o'z fikrini o’quv darsliklaridan tashqari, boshqa manbalar (qo’shimcha adabiyotlar)ga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin.

Imtihon savollariga maktab metod birlashmasi qarori bilan takliflar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Shuningdyek, tarix fani chuqurlashtirib o'qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat bo'ladi.

Tarix fani chuqurlashtirib o'qitiladigan sinf va maktablarning imtihondagi uchinchi savol maktab metod birlashmasi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Savol tuzishda Prezident ma'ruzalari (O’zbekiston Mustaqilligining 16 yilligi, Konstitutsiyaning 15 yilligi va 2008 yil 8 fevraldagi “Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash-barcha islohot va o’garishlarimizning bosh maqsadidir”)dan, arxeologiya, etnogrфfiya fanlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

O’quvchilar savollarga javob berishda quyidagi 10-11 sinf dastur talablarini DTS talabi asosida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni bajairishlari zarur:



  • tarixni davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilay olishi;

  • tarixiy xaritalar, ma’lumotlarni qiyoslash va sistemalashtirish hamda ulardan tarixiy voqealarni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tavsiflashda foydalana olishi;

  • manbalarni har tomonlama o’rganish va tarixga oid bilimlarni tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish va umumlashtirish, qiyoslash, baho berish, tushuntira olishi;

  • ijtimoiy hodisalarni aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda sabab va oqibatlarini bilishi;

  • tarix fanidan olgan bilimlarni boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’lay olish;

  • Jahon tarixiga oid voqea va hodisalarni O’zbekiston tarixi davrlari bilan solishtira olishi;

  • insoniyat tarixidagi turli g’oyalarning tutgan o’rnini va ularning tarixiy jarayonlarga ta’sirini bilishi;

  • mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to’g’risida bilimlarga ega bo’lishi;

  • jahon va O’zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olishi;

  • milliy istiqlol g’oyasining tarixiy ildizlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi;

  • xarita, ko’rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olishi;

  • tarixiy manbalarni mustaqil o’rganish asosida xulosalar chiqara olish;

  • tarixiy voqealarning o’zaro sabab-natijali bog’lanishlarini tahlil qilish va xulosalar chiqara olishi.




  1. Bilet

1. Turkiston-1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy hayot.

2. Turkiston Respublikasining tashkil topishi. Urushdan keyingi yillarda fan va madaniyatning rivojlanishi.



2-Bilet

1. 1917 yil mamlakatda yangi davlat boshqaruv tizimining shakllanishi. Iqtisodiy islohotlar.

2. O’rta Osiyo davlatlari Mustaqillik yillarida.

3-Bilet

1. Turkiston-milliy davlatchilik qurish yo’lida.

2. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda dunyo mamlakatlari rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.

4-Bilet

1. Turkistonda ozodlik harakatlari

2. Mustaqillik yillaridagi O’zbekistonning xalqaro aloqalari

5-Bilet

1. 1920-1924 yillarda Xorazm Respublikasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

2. Janubiy Afrikada aparteidning fosh etilishi.

6-Bilet

1. Buxoro va Xorazm Respublikalarida qurolli janglar.

2. Hozirgi davrda fan, madaniyat va san’at.

7-Bilet

1. O’zbekiston SSRning tuzilishi va milliy-hududiy chegaralanish.

2. Afrikada mustamlakachilikning o’rnatilishi va Shimoliy Afrikada mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlari.

8- Bilet

1. O’zbekiston 20-30 yillarda. Ijtimoiy-siyosiy hayot.

2. Davrning asosiy muammolari.

9- Bilet

1. 20-30 yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligining qayta qurilishi.

2. Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari.

10- Bilet

1. NEP (Ya.I.S)voz kechish va O’zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik sistemasiga o’tish.

2. Yevropa Ikkinchi jahon urushi arafasida.

11- Bilet

1. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini jamoalashtirish.

2. Rossiyada fevral burjua-demokratik inqilobi va 1917 yil oktyabr to’ntarishi.

12- Bilet

1. 20-30 yillarda O’zbekistonda sovetlarning repressiya siyosati.

2. Birinchi jahon urushining yakunlari.

13- Bilet

1. O’zbekistonda fan va maorif sohasida madaniy qurilish.

2. Milliy adabiyot va san’atning rivojlanishi.

14- Bilet

1. 20-30 yillarning ikkinchi yarmida Qoraqalpog’iston.

2. XX asrning boshlarida insonparvarlik,

15- Bilet

1. Urush yillarida O’zbekistonning iqtisodi.

2. O’zbekistonning Markaziy Osiyoda mamlakatlari bilan davlatlararo aloqalarining rivojlanishi.

16- Bilet

1. O’zbek madaniyati va fanining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi.

2. Yangi iqtisodiy siyosat va uning oqibatlari.

17- Bilet

1. O’zbekistonliklarning urushda qatnashishi.

2. Milliy istiqlol va milliy qadriyatlarining tiklanishi.

18- Bilet

1. 1946-70 yillarda O’zbekistonda kadrlar tayyorlash va sanoatning rivojlanishi.

2. Mustaqil O’zbekistonda fan va madaniyatning rivojlanishi.

19- Bilet

1. 1947-1970 yillarda O’zbekistonda fan, maorif va madaniyatning rivojlanishi.

2. Mustaqil O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning jadallashtirilishi.

20- Bilet

1. 1946-1991 yillarda Qoraqalpog’iston ASSR.

2. 1997-1991 yillarda O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti.

21- Bilet

1. 1997-1991 yillarda sanoat va qishloq xo’jaligi.

2. Totalitar tuzumning inqirozi. O’zbekiston (1985-1991yillar) mustaqillik yo’lida.

22- Bilet

1. O’zbekiston davlatining Mustaqillik asoslari.

2. O’zbekiston Mustaqilligining e'lon qilinishi.

23- Bilet

1. I.A.Karimov-Mustaqil O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti.

2. Mustaqillik yo'lidagi dastlabki yutuqlar.

24- Bilet


  1. Siyosiy islohotlar.

  2. O'zbekiston Respublikasida milliy davlatchilikning tashkil topishi va rivojlanishi.

25- Bilet

1. Mustaqil O'zbekistonda davlat Oliy hokimiyat organlarining shakllantirilishi.

2. Mustaqil O'zbekistonda hokimiyatning ijro etuvchi organlarining tuzilishi.

26- Bilet

1. Mustaqil O'zbekiston

2. Mustaqil yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligining rivojlanishi.

27- Bilet

1. Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti.

2. Qoraqalpog’iston Respublikasida fan, maorif va madaniyatning taraqqiyoti.

28- Bilet

1. Mustaqil O'zbekistonda sud hokimiyati islohotlari.

2. Mustaqil O'zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlanishi.

29- Bilet

1. Mustaqil O'zbekistonning saylov tizimi.

2. Mustaqil O'zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishi.

30- Bilet

1. Mustaqil O'zbekistonda jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalari roli ning ortib borishi.

2. Mustaqil O'zbekiston davlat siyosatining bosh -aholini ijtimoiy muhofaza qilish.

31- Bilet

1. Mustaqil O'zbekistonda milliy masalaning hal etilishi.

2. Mustaqil O'zbekistonda milliy xavfsizlik va mudofaa organlarining tashkil etilishi.

32- Bilet

1. O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi o'ziga xos yo'li.

2. 1947-1970 yillarda O’zbekistonda qishloq xo’jaligining rivojlanishi.

33- Bilet

1. O'zbekiston Respublikasi davlat mulkining xususiylashtirilishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi.

2. O'zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllantirilishi.

34- Bilet

1. O'zbekiston iqtisodiyotining agrar sektoridagi o’zgarishlar.

2. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.

35- Bilet

1. O'zbekiston-zamonaviy avtomobilsozlik mamlakati.

2. XXI asrda boshlarida madaniy hayot, jismoniy tarbiya va sport.

36- Bilet

1. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash.

2. Sovet davlatining milliy siyosati va Stalin shaxsiga sig’inish oqibatlarining bartaraf etilishi.

37- Bilet

1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston aholisining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahvoli.

2. XXI asr boshlarida O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy potensiali.

38- Bilet

1. O'zbekistonning BMT ga qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

2. Yangi iqtisodiy siyosat va uning oqibatlari.

39- Bilet

1. O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarkibida.

2. 1946-1970 yillarda O'zbekistonning xalqaro aloqalari.

40- Bilet

1. Mintaqaviy ziddiyatlar va xalqaro terrorizm.

2. Qishloq mehnatkashlarining mehnat jasoratlari.

41- Bilet

1. Birinchi jahon urushi va harbiy harakatlar.

2. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Fashizmga qarshi kurashda O'zbekistonning hissasi.

42- Bilet

1. Birinchi jahon urushining yakunlanishi.

2. 20-30 yillarda O’zbekistonning xalqaro aloqalari.

43- Bilet

1. Rossiya grajdanlar urushi yillarida.

2. O’zbek xotin-qizlarini ozod etish jarayoni.

44- Bilet

1. 1929-1939 yillarda Germaniya va Germaniyada fashistlar diktaturasining o’rnatilishi.

2. O’zbekistonni industrlashtirish sur’atining jadallashtirilishi va uning yakunlari.

45- Bilet

1. Ikkinchi jahon urushida tub burilish.

2. 20-30 yillarda O’zbekiston sanoatining tiklanishi.

46- Bilet

1. Ikkinchi jahon urushining tugallanishi. Fashistlar Germaniyasining tor-mor etilishi.

2. 1917-1924 yillarda Qoraqalpog’iston.

47- Bilet

1. Ikkinchi jahon urushi va keyingi yillarda Latin Amerikasi mamlakatlari.

2. 1920-1924 yillarda Buxoro respublikasida siyosiy va iqtisodiy vaziyat.

48- Bilet

1. Hozirgi zamon fan, madaniyat, san’at va maorif taraqqiyoti.

2. Iqtisodiy inqiroz. Turkistonda qahatchilik.

49- Bilet

1. SSSR- shaxsga sig’inishdan totalitar tuzumga.

2. Xorazmda xalq-demokratik harakatlar. Xiva xonligining egallanishi.

50- Bilet

1. Ma’naviy qadriyatlar va madaniy merosimizning tiklanishi.



2. Turkiston muxtoriyati-davlatchilik tarixida yangicha qadam.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa