«Ustoz-shogird» maktabidagi mashgʼulotlar tegishli fan oʼqituvchilarining metodik kunlarida ilmiy, metodik va amaliy bilimlarni oʼrganish boʼyicha oʼquv, seminar, trening, bahs-munozaralar oʼtkazish hamda amaliy koʼnikma va malakalarni mustahkamlab borish boʼyicha oʼzaro darslar kuzatish, tahlil qilish va tegishli konsulьtatsiyalar shaklida olib boriladi.
Oʼzaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan oʼqituvchilarining metodik kunlarida, har oyning birinchi haftasida Ustoz ishlaydigan taʼlim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan taʼlim muassasalariga borib, ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli taʼlim muassasalari maʼmuriyati tomonidan metodik kunlarda” Ustoz va shogird” darslarini oʼtkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |