Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 192,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana21.07.2021
Hajmi192,09 Kb.
#125504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namuna



O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirining  

2020-yil “28” maydagi  

136 -son buyrug‘iga  

1-ILOVA 

 

Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy  

YO‘RIQNOMA 

1-bob. Umumiy qoidalar 

1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 

1997-yil  11-martdagi  133-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Yozma  holdagi  mehnat  shartnomasi 

(kontrakt)  tuzish  yuzasidan  tavsiyalar”,  Mehnat  daftarchalarini  yuritish  tartibi  to‘g‘risida 

yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar), Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik 

yuritish shakllaridan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy 

qoidalari  (ro‘yxat  raqami  746, 1999-yil  14-iyun),  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  xizmat 

safarlari  to‘g‘risida  yo‘riqnoma  (ro‘yxat  raqami  1268, 2003-yil  29-avgust)  talablariga  muvofiq 

ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  Xalq  ta’limi  vazirligi  (bundan  buyon  matnda  vazirlik  deb  yuritiladi) 

tizimidagi tashkilot va muassasalarda kadrlarga oid hujjatlarni yuritish tartibini belgilaydi. 

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh 

boshqarmasi  va  viloyatlar  xalq  ta’limi  boshqarmalari,  vazirlik  tizimidagi  tashkilot  va  ta’lim 

muassasalarida (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) kadrlarga oid hujjatlarni yuritish 

tashkilot  rahbarlari  tomonidan  mazkur  yo‘riqnomaga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  yo‘riqnoma 

asosida amalga oshiriladi. 

3. Yo‘riqnoma  kadrlar  xizmati  mas’ul  xodimlarining  (boshqarma,  bo‘lim,  sho‘ba 

xodimlari va ta’lim muassasalari kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)lari) ish yuritish faoliyatini 

tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, kadrlar tarkibining harakatini o‘z vaqtida hisobga olish uchun 

tashkilotda to‘g‘ri va yagona kadrlarga oid ish yuritishni olib borish bo‘yicha vazifalarni hal etish 

uchun mo‘ljallangan.  

4. Yo‘riqnoma  bilan  shaxsiy  tarkibga  oid  hujjatlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  (tartibi) 

o‘rnatiladi hamda kadrlarga oid hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish, tasdiqlash, yuritish va saqlash 

qoidalari belgilanadi. 

5. Kadrlar xizmatida mehnat qonunchiligi talablari asosida quyidagi harakatlarni amalga 

oshirish rasmiylashtiriladi: 

ishga qabul qilish; 

boshqa ishga o‘tkazish; 

mehnat shartnomasini bekor qilish; 

ta’tillar berish; 

moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; 

intizomiy jazo choralarini qo‘llash; 

mehnat daftarchalarini yuritish; 

ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;  

xizmat safarlariga yuborish; 

xizmat guvohnomalarini berish. 

Kadrlar xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. 

6. Kadrlarga  oid  ish  yuritish,  o‘rnatilgan  ishlash  tartibi  qoidalariga,  kadrlarga  oid 

hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash muddatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik tashkilotning 

kadrlar xizmati bo‘yicha tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘ba) rahbariga, alohida tarkibiy 

bo‘linma bo‘lmaganda esa, ushbu vazifani amalga oshiruvchi mas’ul xodimga (mutaxassis, kadrlar 

bo‘yicha menejer) yuklatiladi.  

 




Download 192,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish