Mavzuning
dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 2017-yil 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari,
tegishli vazirlik va idora raxbarlari ishtirok etdi. Mamlakatda milliy genofondni
mustahkamlash, yosh avlidni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy
e’tibor qaratib kelinmoqda. 2017-yil 16-avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda ta’lim
tizimini rivojlantirishning ko’plab yo’nalishlari belgilab berildi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish,
mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar
qo’yilgan edi.
Prezidentning joriy yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi
qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va
nodavlat tarmog’ni kengaytirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim- tarbiya jarayonlariga zamonaviy
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama
intellektual, manaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo’yildi.
Yig’ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikirlarini takror va takror aytishga
to’g’ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi president.
4
Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir
o’zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog’lom
genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo’g’ini
hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson o’z umri
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo’lib
voyaga yetishida bog’cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol
ko’rsatib turibdi.
Bunga qo’shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo’q. Maktabgacha
ta`lim muassasasi tarbiyasini olgan bola bilan maktabgacha ta`lim muassasasiga
bormagan bolani solishtirgan, ularning fikirlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha
farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish
masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar
shu ishni har tomonlama puxta o’ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat
o’zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya
ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish,
ularning moddiy texnik –bazasini mustahkamlash, yangi bog’chalar qurish bo’yicha
davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi
hisobga olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog’chalar
tarmog’ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog’lom
raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko’paytirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida
e’tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan,
farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko’nikmalarni
5
o’rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya takidladi
yig’ilishda.
Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik usul va
uslublarni ishlab chiqish, o’quv va o’quv metodik adabiyotlarning yangi avlodni
yaratish va nashr etish ham g’oyat dolzarb vazifadir.
Yana bir muhim masala-bu maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy
xizmatni tashkil etish, sanitariya meyorlari va gigiyena qoidalariga to’la javob
beradigan sog’lom ovqatlanish tizimini yo’lga qo’yish zarur.
Yig’lishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta’lim
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tegishli
idoralarga har bir masala yuzasidan aniq muddatlari ko’rsatilgan holda muhim
topshiriq va vazifalar berildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar,
viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar)
maktabgacha ta’lim bo’limllarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash
zarurligi qayd etildi.
Ilg’or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar
malakasini oshirish bo’yicha o’quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim
muassasalari maxsus sirtqi bo’limlarining “Makatabgacha ta’lim” yo’nalishi bo’yicha
2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha
ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo’yish bo’yicha elektron dastur”ni
joriy etish bo’yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim
muassasalarining axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash va internet
tarmog’iga ulash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalariga
shifokorlar
ajratish,
tibbiyot
hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko’rsatish uchun dori
6
darmon,
sanitariya-gigiyena
vositalari bilan to’liq taminlash, bolalarning
ovqatlanishini belgilangan me’yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga mo’ljallangan o’quv-metodik va didaktik
adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko’rib chiqish va tasdiqlash
masalasiga ham e’tibor qaratildi.Bir so’z bilan aytganda, biz maktabgacha ta’lim
sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlat rahbbari.
Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to’liq qamrab
olishga erishmog’imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni
albatta amalga oshiramiz.
Yig’ilishda soha oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Shu asosda
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq rivoyat va hikmatlari vositasida axloqiy
milliy qadryatlarni shakllantirish va shu bilan birga ularni rivoyat va hikmatlardan shu
yoshdagi bolalar o’zlariga kerakli bo’lgan bilim malaka va ko’nikmalarini
shakllantirishni tarbiyachilarga o’rgatib borishimiz lozimdir.Bolalarni ma’naviy-
axloqiy
tarbiyalashda
milliy
qadriyatlardan
foydalanish
bizning
milliy
pedagogikamizda azaldan mavjud bo‘lgan va turli davrlarda u o‘ziga xos ko‘rinish
hamda mazmun-mohiyatiga ega bo‘lgan. Bu tarbiya sohasi o‘zining turli-tumanligi
jihatdan qadriyatlar yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning bolalar dunyoqarashi
hamda ruhiyatiga ta’sir etib, ma’lum bir ko‘nikmalar hosil qilishi juda bir murakkab
jarayondir. Ushbu murakkab jarayon qadriyatlarning yuzaga kelish asoslari bilan
bog‘liqdir.
Qadriyatlar inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat manfaatlari yo‘lida xizmat
qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik,
halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar
o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Bular:tabiiy
qadriyatlar (yashash uchun zarur bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar); iqtisodiy qadriyatlar
(ishlab chiqarish kuchlari va vositalari); ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik,
adolat, tinchlik, xamkorlik); ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar); falsafiy
7
qadriyatlar (g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar); badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot,
madaniyat); diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon, savob) kabi qadriyatlarni qayd
etish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy
turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan.
Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va elatlarning o‘z tarixiy
taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari
yig‘indisidan iboratdir. Umuminsoniy qadriyatlar tabiatni muhofaza qilish,
madaniyatni rivojlantirish, inson sog‘ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash,
energiya-yoqilg‘i tanqisligining oldini olish, turli tahdidlarni bartaraf etish,
sivilizatsiya taraqqiyotini davom ettirish kabi sohalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qadriyatlar turli-tuman bo‘lishi bilan birga «dunyoda eng oliy qadriyat-inson»
hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining
ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o‘ziga xos yangicha fikrlash va
yondoshishlar asosida birinchi prezidentimiz asarlarida batafsil yoritilgandir.
Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning
mazmun-mohiyatini birinchi prezidentimiz asarlaridagi g‘oyalardan kelib chiqqan
holda «o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda komil
inson etib tarbiyalash» jarayoni sifatida izohlash mumkin bo‘ladi. Shundan kelib
chiqqan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Xalq rivoyat va hikmatlari vositasida
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy milliy qadryatlarni shakllantirish” deb
nomladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |