2.Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yigilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bolgan-u, lekin torachilik, ozibolarchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yigilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yolga qoyildi. Prezidentimizning Rahbarlar xalqning xizmatkori bolishi zarur, Asosiy maqsadimiz xalq roziligi, xalq bizdan rozi bolsa, ishimizda unum va baraka boladi, degan qatiy talablari amalda oz ifodasini korsatdi.
2017 yil 12 dekabrda Prezidentimizning Aholiga davlat xizmatlari korsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yolida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari Yagona darcha tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat korsatib kelgan bolsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bogliq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat korsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bolgan davlat xizmatlarini yagona darcha tamoyili asosida korsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog’i vujudga keldi.
Mazkur tizimning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va amalda munosib samara bergan Xalq qabulxonalari negizida barpo etilgani ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro hayoti davomida turli ehtiyojlar bilan davlat idoralariga duch kelishi tabiiy hol. Xalqning davlat idoralari bilan munosabatlarida yengillik yaratish, mushkulini oson qilish esa bugungi kunda davlatimizning asosiy etibor markaziga kotarilgan. Davlat xizmatlari korsatishning yangi, zamonaviy konsepsiyasida fuqarolarning navbat kutib turishlarini keskin kamaytirish, hujjatlarni elektron tarzda yuritish hisobiga qogozbozlikni qisqartirish, turli xil buyruqbozlik va sansolarliklarga chek qoyish kozda tutilgan. Eng muhimi, davlat xizmatlari markazlarining ish prinsipi Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi degan tamoyilga asoslangan.
Avvalo, shuni chuqur anglashimiz zarurki, bugun mamlakatimizda roy berayotgan ozgarish va islohotlarning zamirida Nima qilsak odamlarimizning tashvishi kamayadi, ularga tejamli va qulay boladi? degan jiddiy savol turadi. Ana shu yangilik va islohotlarning barchasi odamlarni kopdan beri qiynab kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni bugungi hayotdan mamnun etib, ertangi kunga bolgan ishonchini amalda mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Shu manoda yurtimiz hayotida yangilik bolgan mazkur tizim faoliyatini boshlashda ham puxta oylab qadam tashlandi. Bu borada davlat xizmatlari korsatish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam ravishda organib borishga alohida etibor qaratilmoqda. Hozirga qadar Angliya, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Ozarbayjon, Litva, Singapur, Qozogiston va boshqa davlatlar qonunchiligi organilib, Avstraliya va Kanadaning davlat xizmatlari elektron tizimi atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga kora malumotnomalar tayyorlanib, ularning ijobiy tajribasidan kerakli orinlarda foydalanish imkoniyatlari korib chiqildi.
Shundan song Namangan shahar davlat xizmatlari markazi misolida Namangan tajribasi loyihasi amalga oshirildi. Bu yerda barcha ishlar namunaviy tarzda tashkil etilib, muammo va kamchiliklar organildi, shundan song shakllangan tajriba respublikaning hamma hududlariga tatbiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |