Istiqlol va folklor. 1991-yilda O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. O’zbek xalqi erkin, ozod bo’ldi. Nihoyat, istiqlolga tashna xalqning orzusi ushaldi. Barcha sohada — ilmda, ijodda, mehnatda milliy hurlikka, ijodiy erkinlikka erishildi. Azaliy urf-odatlarimiz,milliy qadriyatlarimiz tiklana boshlandi. Uning bir qismi bo’lgan xalq marosimlari, xalq ijodi namunalariga ham e’tibor kuchaytirildi. Ularni to’plash, o’rganish, ommalashtirish ishlari yanada jonlantirildi. Ularni ommalashtirishda nashriyotlarning. radio, televidiniening roli yanada oshirildi.
Sho’rolar mafkurasi qatag’oniga uchragan qator an’analar qayta tiklanib, xalqimizning e’zozli qadriyatlari tarzida nishonlana boshlandi. Chunonchi, 1990-yildan e’tiboran necha ming yillik tarixga ega bahor va shodlik bayrami Navro’z yana umumxalq shodiyonasiga aylantirildi, xalqimizning vijdon erkiniigi, iymon-e’tiqodi timsoli bo’Igan Ramazon va Qurbon hayiti kabi diniy bayramlarning qayta tiklanishi muhim voqealardan bo’ldi. Har yili Navro’z va Mustaqillik shodiyonalaridagi folklor-etnografik dastalarining chiqishlarida xalq qo’shiqlari, raqslari va udumlari ijrosiga keng o’rin berilayotgani -xalqimizni o’zligini anglash va milliy qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalashda muhim rol o’ynamoqda.
Odil hukumatning sa’y-harakati tufayh xalq iste’dodlarini aniqlash va rag’batlantirish, ularnig san’atini omma orasida tarqatish maqsadida juda ko’p tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yuziab badiiy havaskorlik to’garaklari, folklor-etnogrfik ansambllffti istiqlol davrida o’z dasturlarini yanada boyitdilar. Ular o’z repertuarlariga xalq og’zaki ijodi namunalarini, urf-odat, bayram va marosimlar folklorini kiritib, xalq ijodining barhayotligini ta’minlamoqdalar va milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanishiga munosib hissa qo’shmoqdalar.
Hozirgi paytda folklor merosimizning bugungi hayotimiz bilan hamnafasligini namoyish etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bu jihatdan YUNESKO qarori bilan o’zbek qahramonlik eposi «Alpomish» dostoni yaratilganligining ming -yillik yubileyining 1999-yiIda va xalqimizning nodir ma’naviy yodgorligi «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligini 2001-yilda xalqaro miqyosda nishonlanganligi; shu jarayonda O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azim yozgan senariy asosida 2 seriyali «Alpomish» filmi yaratildi, qolaversa, endilikda an’anaga aylanib, har yili o’tkazilayotgan «Boysun bahori» xalqaro qo’shiq va musiqa festivalini o’z homiyligiga olganligi ayricha ahamiyat kasb etadi.
Qadimiy va boy folklorimizda ajdodlarimizning o’tmishi, tarixi, madaniyati, ma’naviyati o’z aksini topgan. U orqali milliy tariximizni baholash mumkin. Shuning uchun istiqlol yillarida namunali faoliyat yuritayotgan ko’pgina folklor-etnografik dastalar xorijiy mamlakatlarda bo’lib, san’atimiz dorvug’ini jahonga taratmoqdalar. Shuningdek, har yili ularning respublika bo’yicha ko’rik-tanlovlarini o’tkazish an’anaga aylandi.
Respublika miqyosida baxshilarning an’anaviy ko’rik-tanlovi ham bot-bot o’tkazilmoqda. Prezidentning 2000-yil 14-martidagi Farmoniga muvofiq, «O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» unvoni ta’sis etilib, shu tanlov g’oliblari taqdirlana boshlandilar. Natijada hozirgacha bu faxriy unvonga surxondaryolik Shoberdi Boltayev, Boborahim Mamatmurodov, Abdunazar Poyonov qashqadaryolik Shomurod Tog’ayev, Abduqahhor Rahimov, samarqandlik Ziyodulla Islomov va xorazmlik Norbek Abdullayev, Qahhor Normatov singari baxshilar sazovor bo’ldilar.
Xullas, istiqlol yillarida folklor namunalarini tashviq va targ’ib etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Folklor - milliy qadriyatimizning tarkibiy qismi sifatida yuksak qadr topdi. Xalqning barcha janrlardagi og’zaki ijodi durdonalari ijroda saqlanib qolmoqda. Sho’ro davrida kam e’tibor qaratilgan ayrim janrlar qayta tiklanmoqda. Istiqlolni alqovchi to’rtliklar, termalar yaratilmoqda. Ularda xalqning istiqlol haqidagi azaliy orzusining ushalganligi, quvonchi, yurtboshiga minnatdorchiligi kuylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |