XIX as ruing ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’zbek folklori. O’zbek xalqi tarixida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari o’ziga xos bosqich bo’ldi. Chunki bu davrda qator muhim ijtimoiy-siyosiy, madaniy voqealar yuz berdi. Ayniqsa, XIX asrning 50-yillari o’rtalarida chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi. Qo’qon xonligining tugatilishi, Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi, uning siyosiy-ma’muriy tuzulishi mustamlakachilik zulmiga va o’lka xalqlarini milliy jihatdan ezishga asoslanganligi, o’lkaning Rossiya sanoati mollarini sotish va unga xomashyo yetkazib beradigan bozorga aylantirilishi o’zbek xalqi tarixida asoratli iz qoldirdi. Istilodan so’ng o’lkada ayrim ijobiy ahamiyatga ega o’zgarishlar ham yuz berdi. Ya’ni, o’lkada feodal tarqoqlikka barham berildi, o’zaro urushlarga, toj-taxt uchun kurashlarga chek qo’yildi. Ba’zi yirik shaharlarda sanoat korxonalari ochildi. Temir yo’I, pochta. telegraf tarmoqlari ishga tushdi. Evropacha tipdagi rus-tuzem maktablarining ochilishi eski usuldagi maktab va madrasalardagi o’qish-o’qitish tartibiga ham o’zgartirishlar kiritishga olib keldi. Bosmaxonalar paydo bo’ldi. Shaharlarda sanoat korxonalarining, zavod va fabrikalarning ochilishi tufayli ishchilar sinfi shakllana boshladi.
Tabiiyki, o’lka hayotida ro’y bergan bunday ijtimoiy-siyosiy. madaniy o’zgarishlar folklor asarlarida ham badiiy talqin etila boshlandi. Folklorning deyarli barcha janrlarida yangi namunalar ijod etildi. An’anaviy folklor namunalarining ijtimoiy mazmuni yanada teranlashdi. Ularda satirik yo’nalish kuchaydi. Bu davrda, ayniqsa, qo’shiq, tarixiy qo’shiq, latifa, askiya. terma va doston janrlarida barakali ijod qilindi, og’zaki dramaning ko’pgina namunalari yaratildi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida juda ko’p tarixiy qo’shiqlar yaratildi. Ulardan biri «Botirxon zulmi» qo’shig’idir. Bu qo’shiq ma’lum tarixiy voqea: Shahrisabz va Kitob atroflarida yashovchi kenagaslarning 1856 -yilda Buxoro amiri Nasrullo zulmiga qarshi olib borgan 27 yillik keskin kurashi tufayli shafqatsiz qirg’in qilinishi munosabati bilan yaratilgan. Xalq amir Nasrulloni istehzo bilan «Botirxon» deb atagan. Qo’shiqda amirning o’ta shafqatsizligi, zolimligi keskin fosh etiladi:
Necha -yil qamab yotdi:
Kenagas yurtlarini.
Qamay-qamay, alqissa,
Oldi ko’zin o’tlarini.
Tayloqday bo’kirtirib so’ydi,
Ne-ne azamatlarini. O’sha davrda yaratilgan tarixiy qo’shiqlardan yana bin «Kelmas Koroskonning suvi» qo’shig’idir. Namangan uezdida yaratilgan ushbu qo’shiqda chor hukumatining mustamlakachilik siyosati natijasida g’o’zaning ko’p ekilishi sababli yuzaga kelgan suv tanqisligi, miroblarning poraxo’rligi, yollangan dehqonning og’ir ahvoli, boylarning ochko’zligi satira vositasida kuylangan:
Mirobboshi bo’ldi Tolib,
Pulni olib, yonga solib,
Ariqlari qurib qolib,
Kelmas Koroskonning suvi. Xorazmda yaratilgan «Xon zulmi», «Bevafo zolim», «Ayrildim», «O’lar bo’ldik bu xonlarning dastidan», «Xonavayron bo’lsin Xivaning xoni», «Boshing kesilsinu qoning to’kilsin» kabi ko’shiqlarda mazlum xalqning ruhiy kayfiyati, zulm-zo’rlikdan, erksizlikdan, amaldorlarning adolatsizligidan noroziligi o’z ifodasini topgan:
Isfandiyor, zolimliging bildirding, Non o’rniga kunjarani yedirding, Kambag’alni qiynab, boyni kuldirding, Haddan oshding, zolim, yoning so’kilsin! Boshing kesilsin-u, qoning to’kilsin!
XIX asrning oxirida yaratilgan qo’shiqlaming aksariyatida
mustamlaka davrining og’ir fojealari, haqsizlikka qarshi norozilik,
ikki tomonlama zulm haqida zorlanilsa, XX asrning boshlarida
yaratilgan qo’shiqlaming aksariyatida 1916 -yilda yuz bergan mardikor
olish voqeasi, unga qarshi xalq isyoni va noroziligi kuylanadi:
Non tishlatdim bolamga, Mardikordan qaytsin, deb, Zolimlarni qarg’adim, Ilohi, yer yutsin, deb.
XX asr boshlarida yaratilgan aksariyat tarixiy qo’shiqlar mardikorlikka olish voqeasi bilan bogiiqdir. Ularda xalqning mavjud tuzumdan, mustamlakachilik siyosatidan norozilik nidolari yangraydi. Xalqning isyonkor ovozi baralla jaranglaydi:
So’k oshini ichmayman,
Etigimni yechmayman,
Qorda qarag’ay kesmayman,
Hech haqimdan kechmayman.
Mardikorga olgan Nikolayni
Taxtdan yiqitmay qo’ymayman. Qo’shiqda o’z haq-huquqini tanigan, hayotida siyosiy o’zgarish qilishga qurbi yetadigan o’zbek mardikorining armonli qalbi ■zarblangan.
XIX asming ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida xalq hayotida yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy o’zgarishlar baxshilar tomonidan asriy an’anaviy meros zaminida yaratilayotgan qator terma va dostonlarda ham o’ziga xos ravishda aks etdi. Jumladan, Fozil Yo’Idosh o’g’lining «Qahatchilik», «Chigirtka» termalari, «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo’zg’oloni» dostonlari, Po’lkan shoiming «Mardikor» dostoni, Nurmon Abduvoy o’g’lining «Nomoz», lslom shoiming «Mingboshi», «So’filar», «Olloyorboy» kabi terma va tarixiy qo’shiqlari shunday asarlardan sanaladi.
Bu davrga kelib baxshilar ijodida ma’lum tarixiy shaxslarning prototipi orqah tarixiy qo’shiqlar yaratish muhim o’rin tuta boshladi. Chunonchi, Ergash Jumanbulbulning «Miltiqboy hajvi» asari Nurota bozoriga saksovuldan tayyorlangan ko’mirni sotish uchun keladigan qizilqumlik qozoqlardan boj yig’ishga Buxoro amirligi tomonidan tayinlangan Miltiqboy ismli amaldor prototipi asosida yaratilgan bo’lsa, Nurmon Abduvoy o’g’lining «Nomoz» tarixiy qo’shig’i Samarqand va Qashqadaryo qishloqlarida o’z atrofiga o’ttizdan ortiq yigitlarni birlashtirib, isyonkorlik qiUb yurgan xalq qahramoni Nomoz Pirimqul o’g’li prototipi asosida yaratilgandir. Nomoz haqidagi tarixiy qo’shiq o’zbek folklorida yakka kurashchi obrazini birinchi boiib yoritib berdi. Shundan so’ng bu intilish Fozil Yo’Idosh o’g’lining Mamatkarim Polvon dostonida kuzatiladi. Mamatkarim obrazi samarqandlik polvon Muhammadkarim Abdurahim o’g’li prototipi asosida yaratilgan. Bu shaxs o’z jismoniy kuchiga tayanib, mahalliy amaldorlar va boylarning ta’zirini beradi, mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishga urinadi Nomoz va Mamatkarim obrazlari yakka kurashchi obrazi namunasi
bo’lsa-da, xalqning zolimlarga qarshi noroziligini, milliy ozodlik uchun intilayotganligini namoyon etadi.
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik yuz berdi. Bunga yerlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat yetkazgani ma’lum darajada sabab bo’lgan. Shu munosabat bilan bir necha mashhur termalar yaratilgan. Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «Chigirtka» kabi termalari shunday asarlardandir. Ularda kambag’al dehqonning og’ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real aks ettiriladi.
Xullas, XIX asming ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari — o’zbek folklori taraqqiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan og’zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarini kuylash, xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi yuksala borishini ko’rsatishga intilish, ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |