Xalq ijodiyoti kafedrasi abdurasulov shuhrat muhiddinovich



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana20.08.2021
Hajmi0,49 Mb.
#152815
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishda sanatning orni

Muzeylar - tarixiy, tabiiy, moddiy, ma`naviy yodgorliklarni maxsus e`tibor 
berib to’plash, saqlash, o’rganish va targ’ib qilish ilmiy-ma`rifiy muassasalari 
sifatida mustaqillik sharoitida munosib ravnaq topmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muzeylar faoliyatini yaxshilash 
va takomillashtirish to’grisidagi (1998 yil, 12 yanvar) farmoni O’zbekistonda 
muzeylar faoliyati va tizimini yanada takomillashtirish, ularning kishilarni ahloqiy 
kamolotidagi o’rnini oshirish, tarixiy merosni asrash, o’rganish va targ’ib qilish, 
muzeylardan milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuygularini shakllantirish yo’lida 
foydalanish, ularni malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash kabi ishlarni amalga oshirishga zamin bo’lmoqda. 
Respublikamizda hozir 50 ga yaqin muzeylar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Mustaqillik davrida Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar 
davri davlat muzeyi, Andijonda "Bobur" yodgorlik kompleksi, Buxoroda 
Bahovuddin Naqshband, Chelak tumanida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi


    
 
103
Quvada "Shahriston" tarixiy-me`morial majmuasi kabilar yaratildi. Samarqand, 
Buxoro, Xiva, Farg’ona davlat muzey - qo’riqxonalari ta`mirlandi. Xaq amaliy 
san`ati muzeyi, O’zbekiston davlat san`at muzeylari boyitilmoqda. Bunday 
ishlarning natijasida xalqimizning tarixiy xotirasi tiklanmoqda, millatimiz o’zligini 
anglamoqda, kecha u  kim bo’lgani va ertaga kim bo’lishi haqida o’ylashga imkon 
yaratilmoqda.  
Madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatining hozirgi shakllari va mazmunini 
istiqlol yo’lidan odimlayotgan O’zbekiston xalqi ma`naviy hayoti, tarixiy-madaniy 
tajribasi, turmush tarziga, xalq ma`naviy muhitiga yanada muvofiqlashtirish, 
mavjud imkoniyatlardan va jahon tajribasidan keng foydalanish ma`naviyatimizni 
ravnaq toptirish yo’lidagi dolzarb vazifalardan biridir. 
 
Shuning uchun madaniy ma’rifiy muassasalar majmuiga kiruvchi 
madaniyat uylari faoliyati tarmog’ini kengaytirish unda faoliyat olib  borayotgan 
hodimlarning bilim va saviyasini qayta tekshirib,  yanada chuqurlashtirish moddiy 
texnik ba’zasini boyitish muhimdir.  
 
Biz madaniyat uylari va madaniyat saroylari deganda alohida tushuncha 
va mohiyatga ega bo’lgan madaniy targ’ibot markazini anglashimiz kerak. Har bir 
jamiyatda yuzaga keladigan muammo va uning yechimlari unda olib borilayotgan 
islohotlarning to’g’ri bajarilishiga bog’liq, bu esa zarurat tug’iladigan vazifalarni 
oldimizga qo’yaveradi.  Shunday ekan bugungi kunda jamiyat rivojlanishi inson 
ehtiyojlarining qondirilishi va uni har tomonlama rivojlantirilishiga bog’liq. 
Ijtimoiy-madaniy muassasalar inson ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda muhim 
o’rin tutadi.  
Ayrim ijtimoiy-madaniy muassasalar tizimiga mansub kishilarning soni 
kamligi birinchi navbatda, ularning ehtiyoj va qiziqishlari o’z faoliyatiga to’g’ri 
kelmasligidadir. Ijtimoiy-madaniy 
muassasa hodimlari aholi yoki guruhlarning 
talab, qiziqish va ehtiyojlari haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lmaydilar. Bu, 
avvalo, muassasaning o’z faoliyati sohasida aholiga kam ma`lumot yetkazayotgani 
uchundir. Natijada, qiziqish, ehtiyojlarga ega bo’lgan aholi madaniyat 
muassasalarida o’zlari uchun kerakli, qiziqarli mashg’ulotlar yo’q degan fikrda 


    
 
104
yuradilar, ko’p hollarda u yerdan kutganini topa olmaydilar va ular targ’ib 
qilayotgan tadbirlarda qatnashmaydilar.  
Shuning uchun, aholining ehtiyoj va qiziqishlarini o’rganish ijtimoiy 
madaniy faoliyatning mazmun, usul, shakl va vositalarini aniqlashda nafaqat 
nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. 
Ijtimoiy-madaniy muassasalarning xususiyatlaridan biri unga ixtiyoriy 
ravishda tashrif buyurish hamdа dam olishni mazmunli o’tqazishdir.  
Ijtimoiy-madaniy muassasa hodimining vazifasi qatnashuvchining qiziqishi 
va ehtiyoj mazmunini aniqlab, unga yuqori malakali madaniy xizmat ko’rsatishdir. 
Inson doimiy ravishda tashqi dunyo bilan aloqada bp’lib, undan o’zi uchun 
muhim narsalarni olishga harakat qiladi. Ehtiyojlarni qondirish yo’lida albatta, 
inson muloqotga muhtoj bo’ladi va ehtiyoj inson faolligining omili bo’lib uni 
faoliyatga chorlaydi.  
Bu holat inson faolligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insonning faoliyati uning xulq-atvori talablari asosida shakllanishi mumkin. 
Insondagi dangasalik yoki mazmunsiz vaqt o’tkazish holatlarini uning ichki 
dunyosi hamda tashqi ta'sirning uygunlashuvi natijasida bartaraf etish mumkin.  
Shunda maqsadga intilish, irodalilik prinspiallilik va biron bir maqsadga 
erishish istagi va qaror paydo bo’lishi mumkin. 
Ehtiyojning paydo bo’lishiga va uning qondirilishiga ma`lum bir hissiy 
holatlar ham o’z  ta`sirini ko’rsatishi mumkin. 
Ehtiyojlarni bir necha guruhlarga bo’lish mumkin. Inson ehtiyojlari ijtimoiy-
tarixiy shart-sharoit vа madaniy ehtiyojlar ta`sirida shakllangan. Ehtiyojlar moddiy 
va ma`naviy ko’rinishlarga ega. Moddiy ehtiyojlar inson hayoti uchun kerak 
bo’ladigan narsalarni qondirishga qratilgan ehtiyojlardir: oziq-ovqat, uy jihozlari, 
kiyim-kechak hamda ishlab chiqarish va ishlatish uchun kerakli bo’lgan buyumlar 
(ishlab chiqarish vositalari, transport va boshqalar). 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish