83
saroylarida ko’p o’rinli tomosha va ma’ruza zallari, doimiy kino qurulmalar,
kutubxonalar va to’garak mashg’ulotlari, tasviriy san’at va boshqalar uchun
alohida xonalar bo’ladi.
Madaniyat uylari va madaniyat saroylarida ko’rgazmalar tashkil qilinadi
ma’ruza mavzuli kechalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv
bayram kechalar va
boshqa marosimlar o’tkaziladi. Turli bolalar to’garaklari ishlaydi. Madaniyat uylari
va madaniyat saroylari faoliyati xalq ijodi va badiiy xavaskorlikni barcha turlarini
rivojlantirishga yordan beradi. Ular xalq teatrlari orkestr, xor opera va xoreografiya
jamoalari, ashula va raqs ansambillari ijod qiladi.
O’zbekistonda madaniyat ishlari vazirligi tuzimiga qarashli tuman,
shahar va
qishloq madaniyat uylari va madaniyat saroylari shuningdek, yirik korxona kasaba
uyushmalari qumitasi tomonidan tashkil qilingan. Madaniyat uylari va madaniyat
saroylari O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bo’ladi.
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda 6 ming klub va madaniyat uylari mavjud. Uning
bugungi kundagi faoliyati qoniqarli darajada deyish mumkin emas. Chunki u
yerdagi kadrlar fqaoliyati va bilim saviyasi to’la qonli talab darajasida emas.
Moddiy rag’batlantirish moddiy ba’zani yetishmasligi
yechimini kutayotgan
muammolardir.
To’g’ri, yosh avlodga bilim berib kelayotgan o’qituvchilarning saviyasini,
ma`naviy-ahloqiy tarbiyasini va albatta, bilim darajalari hozirgi kunda tubdan
o’zgarmoqda. Afsuski, hozirda madaniyat muassasalari xodimlarining ayrimlari
yosh avlod tarbiyasiga mas`uliyatsiz yondoshmoqdalar. Ulardagi bilimning
sayozligi, yangilikka intiluvchanlikning yo’qligi
mazkur kasbga nisbatan
jamiyatning muayyan tabaqalari orasida noto’g’ri targ’ib etilishiga olib kelishi
mumkin.
Ma`naviy-ahloqiy tarbiyaning ko’rinishi, ayniqsa, madaniyat xodimida
yaqqol namoyon bo’lishi darkor. Aks holda, ulg’ayib borayotgan yosh avlodni
ma`naviy qashshoq madaniyatdan ancha orqada qolishiga,
ahloq normalariga zid
tarbiya topishiga omil bo’lishi mumkin.
84
Ayniqsa, viloyat, shahar va tumanlardagi shu soha rahbarlari tamoman
boshqa kasb egalaridir. Bundan ko’rinib turibdiki, madaniyat muassasalari
xodimlarini yangi zamon ruhiga mos qayta tayyorlash, shu kunning dolzarb
masalasidir.
Mustatsillik yillarida hukumatimiz tomonidan madaniy-ma`rifiy
muassasalarga ham jiddiy e`tibor berildi, jumladan, kadrlar masalasi,
moliyaviy
tomondan ta`minlash ishlari amalga oshirildi. Demak madaniyat muassasalari
xodimlari ushbu e`tibordan turli xulosa chiqarib, ish faoliyatlarida yangicha shakl
va usullardan foydalanishlariga to’g’ri keladi.
Bu borada, bizning takliflarimiz quyidagicha; birinchidan, maktabgacha
ta`lim
muassasalari, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan
muzeylar, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog’lari, madaniyat
markazlari o’rtasidagi aloqalarni yanada takomillashtirish zarur.
Ikkinchidan, madaniyat muassasalari va boshqa jamoat tashkilotlari
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni yaxshilash bilan birgalikda "Kamolot”
yoshlar
ijtimoiy harakati" hamkorligida yosh avlod tarbiyasida ko’pgina xayrli ishlar qilish
mumkin. Avvalo, jamiyat uchun kerakli bo’lgan shaxsni mukammal qilib
tarbiyalash, shu jamiyatning a`zosiman degan har bir shaxsning muqaddas
burchidir.
Shuning uchun, millat taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi barkamol insonni
tarbijyalash, har bir oila zimmasidagi vazifadir. O’z oila a’zolariga ya’ni
farzandiga berilayotgan tarbiyaning izchilligini ta’minlash uchun unda milliy
madaniyatimiz va mafkuramizga bo’lgan e’tiqodni shallantirish
har jihatdan
muhimdir. Bunda ta’lim muassasalari bilan birgalikda madaniy – ma’rifiy
muassasalarning ham o’rni beqiyos bo’lib, jamiyatdagi taraqqiyot omilini busiz
tasavvur qilib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: