Xalq ijodiyoti kafedrasi abdurasulov shuhrat muhiddinovich



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana20.08.2021
Hajmi0,49 Mb.
#152815
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishda sanatning orni

Madan
iy meros 


    
 
68
va elat ajdodlari bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlaridan, obod-axloq, 
ta’lim-tarbiyaga oid о‘gitlari va yо‘l-yо‘riqlaridan foydalanadi, bularsiz yashay 
olmaydi. 
      О‘tmishga, madaniy merosga hurmat-bu, birinchi galda, uning 
yaratuvchisi, kо‘z qorachig‘idek avaylab-asrovchi va rivojlantiruvchisi bо‘lgan xalq 
ommasiga kо‘rsatilgan izzat-ikrom, mehr-oqibatdir. О‘zining  о‘tmish tarixiga, 
madaniyatiga, tarixiy merosiga, milliy an’analariga katta e’tibor va hurmat bilan 
qaraydigan xalqning istiqboli  porloq bо‘ladi.  О‘tmishdoshlarimizga bizlar qanday 
munosabatda bо‘lsak, nasl-nasabimiz ham bizlarga xuddi shunday javob 
qaytarishadi. О‘tmishimizni qanchalik yaxshi bilsak va e’zozlasak, hozirgi davrni, 
mustaqilligimiz istiqboli va ahamiyatini shunchalik chuqur va mukammal 
tushunamiz. 
      Xalqimizning  madaniy-ma’naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini tо‘la, 
oqilona egallash va rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap о‘tmish 
madaniy-ma’naviy boyliklariga ega bо‘lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, 
yangi yuksak bosqichga kо‘tara bilishdadir. 
Totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik yillarida xalqimiz о‘tmishiga hadeb tosh 
otish, uni butkul qoralash sovet mafkurasiga xos holat edi. Bu ashaddiy 
madaniyatsizlik va siyosiy kaltabinlik,  odob-axloqsizlikdan boshqa narsa emas edi. 
Buni boshqacha ta’riflab ham, tavsiflab ham bо‘lmaydi. Yurtboshimiz 
aytganlaridek, ba’zi bir bо‘sh-bayov,  siyosiy irodadan mahrum bо‘lgan, о‘z xalqi 
or-nomusi, qadr-qimmati va g‘ururini himoya qilishga jur’at eta bilmagan mahalliy 
rahbarlar amal pillapoyasidan kо‘tarilishga umidvor bо‘lib, о‘z avlod-ajdodlarining 
urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimadilar. Xalqning urf-odatlari, 
an’analari, madaniyatini obdon oyoq osti qilinishiga yо‘l qо‘yib berdilar va о‘zlari 
bunga hattoki bosh-qosh ham bо‘ldilar. 
Milliy madaniy-ma’naviy, axloqiy tarixiy qadriyatlarga bо‘lgan munosabat 
masalasida ham jiddiy xatoliklarga yо‘l qо‘yildi. О‘zlarini ilmning hamma sohasini 
yakayu yagona bilag‘oni deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari о‘z 
faoliyatlarida  о‘tmishdan qolgan barcha madaniy merosni butunlay inkor etish 


    
 
69
yо‘liga о‘tib oldilar. Navoiy, Bobur, Ulug‘bek, Yassaviy,  Mashrab, Nodirabegim 
singari allomalar feodalizm davri namoyandalari, deb e’lon qilinib, ularning 
meroslarini  о‘rganish tо‘la, xolisanlillo baho berish imkoniyatiga 
ega emas edi. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan bо‘lgan bunday 
adolatsiz munosabat О‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgunga qadar davom 
etdi. 
Erishilgan mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga keng yо‘l 
ochib berdi. О‘zbekistonda hozir madaniy merosimizga alohida e’tibor bilan 
qaralmoqda, juda kо‘plab ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy asarlar, qadimiy 
qо‘lyozmalar ketama-ket nashr qilinib turibdi. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash 
va ta’mirlash ishlari allaqachonoq boshlab yuborildi. 
 Xalqimiz dahosi bilan yaratilgan va g‘ayriqonuniy ravishda jumhuriyatdan 
tashqariga olib ketilgan, milliy boylik bо‘lgan san’at asarlarini, qimmatli 
qо‘lyozmalarni izlab topish, О‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlari kо‘rilyapti. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish