- O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti fakulteti” KAF 102 – guruh talabasi Farmonova Nozima
- Fan:Jahon va o’zbek adabiyoti.
- O’qituvchi: Haydarov T.
Mavzu:Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Reja : - Boburning bolalik yillari.
- Bobur – buyuk shoir , tarixchi va olim.
- Bobur ijodiy faoliyati va merosini o’rganishning ahamiyati.
Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib , buyuk tarixchi,ulkan olimgina emas ,balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi.Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog’liq holda yuzaga keldi. Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 –yil 14- fevralda Andijonda tug’ildi.Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta –otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi.O’shanda u bor-yo’g’i 12 yoshda edi. Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti –Samarqand shahrini ishg’ol qilish uchun bir necha marotaba urinib ko’rdi.Dastlabki muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi.Shunga qaramay,uni qo’lda tutib turishning imkonini topa olmadi.Keyinchalik u o’z she’rlaridan birida shunday deydi: Davron meni o’tkardi sari somondin, Oyirdi meni bir yo’li xonumondin, Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma, Nelarki boshima kelmadi davrondin. Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdn iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi.Biroq u o’zi tug’ilib o’sgan yurtda – Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda – Hindistonda amalga oshdi.Adibning o’zi bu hodisadan doimo iztirobda bo’lganligi asarlarida juda yorqin tarzda aks etadi: Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi Har ishniki ayladim,xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yub Hind sori yuzlandim, Yo Rab , netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga toppshirgan Bobur 1530- yil 26-dekabrda ,47 yoshida o’zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o’sha yerda dafn etildi.Keyinchalik, 1539 yil , vasiyatiga muvofiq , xoki Kobulga keltirilib , o’zi bunyod ettirgan “Bog’i Bobur”ga qo’yildi. Boburdan bizga ulkan meros qoldi.Bu meros shoirning devonlari, “Boburnoma”si bir qator ilmiy , tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy- ta’limiy ruhdagi asarlardan iborat.U Xoja Ubaydulloning “Risolayi volidiya”sinio’zbekchalashtirdi,musulmon axloqiga oid “Mubayyin “asarini yaratdi, “Xatti Boburiy”ni ixtiro qildi. “Boburnoma”-o’zbek nasrininggo’zal namunasi.Bu paytgacha Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”asari muqaddimasida ,Rabg’uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi.Alisher Navoiy uni yuqori pog’onaga olib chiqdi.Biroq “Boburnoma “o’zbek nasrining o’ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko’rsatdi. Asarda tarixning Bobur yashab o’tgan davri voqealari ifodalangan.Ular Andijon ,Samarqand ,Xo’jand,Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo’lgan qamrovga ega.Ya’ni unda O’rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo’lgan o’lkalardagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. “Boburnoma”dagi voqealar bayoni ixcham , aniq va lo’nda ,ta’sirchan ,eng muhimi , hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir. Mashhur kishilarning Bobur haqida fikrlari: “Tarixi Rashidiy”dan:”U turli go’zal sifatlar ,maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi.Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi. Javoharla’l Neru: “Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan,u san’atni ,adabiyotni sevardi,hayotdan huzur olishni yaxshi ko’rardi. Pirimqul Qodirov: “Bobur mirzo so’z bilan jonli tasavvur yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi.Buni o’zi ham sezardi.Shuning uchun umrining oxirida o’g’li Humoyunga “Boburnoma”ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi: Bu olam aro ajib alamlar ko’rdim Olam elidin turfa sitamlar ko’rdim Har kim bu “vaqoiy” o’qir, bilgaykim, Ne ranj-u ne mshaqqat-u ne g’amlar ko’rdim. Topmadim g’azali Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim, Ko’nglim kibi ko’ngulni giriftor topmadim. Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim. Nochor furqati bila xo’y etmisham , netay, Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim. Nechaki borib eshigiga , bor topmadim. Bobur o’zingni o’rgata ko’r, yorsizki, men Istab jahonni , muncha qilib , yor topmadim. Ruboiy Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur, Ko’zdin qochadur uyqu, chu oqsham bo’ladur. Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek , Borg’on bu ortadur, ul kam bo’ladur. Tuyuq Vasldin so’z derga yo’q yoro manga, Hajr aro rahm aylagil ,yoro manga . O’qung etti ko’p yamon yoro manga Marhami lutfung bila yoro manga. Fard Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon,
Do'stlaringiz bilan baham: |