Xalq dostonlar



Download 101,5 Kb.
bet6/6
Sana22.03.2022
Hajmi101,5 Kb.
#505582
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalq dostonlar

ISLOM SHOIR NAZAR O'G'LI
Iste'dodli ijodkor shoir — baxshilarimizdan biri Islom shoir Nazar o'g'lidir. Baxshining doston yoki termani alo-hida to'lqinlanib aytadigan vaqtini «baxshi qaynadi» deyila-di. Bunday paytda unga tashqarida ro'y berayotgan har bir voqea faqat ilhom bag'ishlaydi. Islom shoir katta bir hovuz bo'yida doston aytib ana shunday to'lqinlangan paytlaridan birida mashhur Otaniyoz shoir u haqda shunday degan ekan: «Agar shu hovuzning suvi siyoh bo'lsa, botmon qog'oz bo'lsa, necha odam yozabersa, hovuzning suvi tamom bo'lsa bo'ladiki, lekin Islom shoirning ko'nglidan chiqqan qo'shig'i tugamaydi. Chunki Islom shoir qaynab turgan buloqday qaynab toshadi». Bunday ajoyib maq-tovlarga faqat el nazari tushgan, zabardast baxshilar musobaqalarida o'ziga xos aytishuvlaming sovriniga sazovor bo'lgan san'antkorlargina muyassar bo'lishgan.
Islom shoir Nazar o'g'li Samarqand viloyati Narpay tumani Galaqassob qishlog'ida dehqonchilik va cho'ponlik bilan shug'ullangan oilada 1874 yilda tug'ilgan. Islom ham yoshligidan cho'ponlik bilan shug'ullandi. Chunki otasi Nazar Rajab o'g'li ayolmand bo'lib, ro'zg'orni tebratishga, sakkiz jondan iborat oilani boqishga qiynalgan edi. Yosh Islomning baxtiga bobosi Rajab shoir yaxshigina baxshi edi. Shuning uchun Islomning suyagi do'mbira sadolari ostida qotdi, desak xato bo'lmas. Baxshi keyinchalik o'zining yoshlik yillarini shunday eslaydi: «Yurganim, ko'rganim dasht, cho'l, boqqanim qo'y-qo'zi, ulfatim jafokash cho'ponlar bo'ldi. Umrim bino bo'lib yoshligimda, yigit-ligimda yangi kiyim kiyganimni, qornim to'yib ovqat yeganimni bilmayman».
XIX asrning oxirlari XX asr boshlari yurtimizda doston-chilik san'ati alohida gullagan bir davr bo'ldi. Samarqand dostonchiligi an'anasi tarkibidagi Qo'rg'on, Bulung'ur, Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda tez-tez uchrashib turadilar. O'ziga xos aytishuv musobaqalari an'anaga aylan-gandi. Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga ko'tarilmagan hududlarda yashaydigan baxshilar ko'pincha mashhur maktab vakillaridan baxshilik san'atini o'rgangan-lar. Islom shoir ham Shahrisabz va Qo'rg'on maktabi ustoz-larining doston aytish usullarini o'zlashtirdi. Savodsiz bo'lishiga qaramay kuchli xotira quwatiga ega bo'lgan Islom ajoyib ovozi borligi uchun tez orada o'nlab doston va ter-malarni yod olib, 26 yoshida mustaqil baxshi sifatida shuhrat qozondi. Ayni chog'da baxshilikda juda muhim hisoblangan do'mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda dos­ton boshlashdan awal baxshi tinglovchilarga do'mbira kuyi-ni chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tay-yorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olinilarning eslashiga qaraganda musiqiyligi, mayinligi, serjiloligi bilan ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo'shimcha fayz bo'lib qo'shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28 ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo'shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar. Bunday martabaga erishishda Ernazar baxshi va Qo'rg'on maktabi vakili Ergash shoirning otasi Jumanbulbul, To'xtamish shoir unga ustozlik qilganlar. Mustaqil baxshi bo'lgandan keyin ham u To'xtamish shoir huzuriga borib o'z san'atiga sayqal berish harakatida bo'lgan.
Baxshi o'z yurtdoshlarining qalblaridagi fikr-muloha-zalarini topa bilmasa mashhur bo'lmaydi. Tinglovchi hech qachon doston yoki termani shunchaki eshitish uchun dos­ton kechasiga kelmaydi. U hamisha baxshidan dunyodagi voqealar, qo'shni viloyat, tuman, qishloqlardagi yangiliklar haqida ham ma'lumotga chanqoq bo'ladi. Radio, televi-deniye va matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan payt-larda xalq baxshilari ham jurnalist, ham diktor, ham boshlovchi sifatida faoliyat ko'rsatganlar. Bir necha ustoz shoir-baxshilar ishtirokidagi suhbatlar o'ziga xos ommaviy axborot vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil shoir, Po'lkan, Islom shoir kabi iqtidorli baxshilar bu mat-buot markazining ish yurituvchilari bo'lishgan. Ular orasida Islom shoirning munosib o'rni bor. Chunki Islom shoir «Zulfizar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Orzigul», «Kun-tug'mish», «Xirmondali», «Sohibqiron», «Erali va Sherah», «Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi o'nlab dostonla
Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish