Xalq dostonlar


MUHAMMADQUL JONMUROD O'G'LI PO'LKAN



Download 101,5 Kb.
bet5/6
Sana22.03.2022
Hajmi101,5 Kb.
#505582
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalq dostonlar

MUHAMMADQUL JONMUROD O'G'LI PO'LKAN
Xalq dostonlarini hayratomuz xotirasida saqlab bizgacha madaniy meros sifatida yetib kelishiga munosib hissa qo'shgan ustoz baxshilardan biri Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkandir. Po'lkan dostonchilik tarixida kamdan kam uchraydigan iste'dod egasi edi. U yetmishdan ortiq dostonlarni yod bilgan, o'nlab termalar ijod qilgan noyob baxshi edi. Vatanparvarlik ruhida yaratilgan uning «Temir-xon podsho» dostoni keyinchalik «Chambil qamali» nomi bilan e'lon qihngan va bir necha yillar davomida o'rta mak-tablarning adabiyot dasturidan o'rin olgan.
Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan 1874 yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi Qatag'on qishlog'ida tug'ildi.
U ota-onasidan yoshligidayoq yetim qoldi. Turmush qiyinchiliklari Muhammadqulni o'n yoshga to'lganidanoq mehnat bilan shug'ullanishga majbur qildi. Taxminan 1884 yildan boshlab tirikchilik o'tkazish maqsadida goh dehqon-chilik, goh podachilik bilan shug'ullandi. Baxshilarning aksariyati podachilik bilan kun o'tkazishar ekan, do'mbira chertishni mashq qilishgan. Keng dala. Asosiy yumush qo'y-echkilarning tarqab ketmasliklariga ko'z-quloq bo'lib turishdan iborat. Shu bois kuni bo'yi vaqtning o'tishi uchun do'mbira chertishni mashq qilish ma'qul hisoblangan. Po'lkan ham turmush alamlarini do'mbira chertishdan olgan bo'lsa, ajab emas.
Undagi baxshilik iste'dodini sezgan Qo'rg'on doston­chilik maktabi vakili ustoz san'atkor Jassoq baxshi Muhammadqulni o'ziga shogird qilib oladi. Shundan keyin yosh Muhammadqul hayotida o'zgarish ro'y beradi. Uning oldida hayotdan ko'zda tutgan maqsad paydo bo'ldi. Bu maqsad yosh yigitni kechayu-kunduz mehnat qilishga chor-ladi. Jassoq tarbiyasida to'rt yil muttasil doston aytish sir-larini o'rgandi. 25 yoshida baxshilik sinovidan o'tib, mus-taqil baxshi sifatida nom qozona boshladi. Ammo Muhammadqul nihoyatda o'ziga talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil baxsbi bo'lishiga qaramay o'z ustozi huzuriga tez-tez borib uning bisotidagi dostonlarning ham-masini o'zlashtirmaguniga qadar tinchimadi. Nihoyat, Jassoq baxshi bilgan hamma asarlarni yod oldi, ba'zan ularga o'zining xohishi bilan ayrim yangiliklar kiritib kuy-lab yurdi. Lekin hayot unga yana bir sinovni tayyorlagan edi. Otasidan meros bo'lib qolgan bir parcha yerdan keladi-gan daromad ro'zg'or tebratishga yetmay turgan bir paytda birinchi jahon urushida qatnashayotgan chor Rossiyasi Turkiston o'lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon chiqaradi. Qishlog'idagi Bo'riboy ismh bir kimsa mardikor­likka beriladigan pulni to'laydi va uning o'miga 40 yoshni qoralagan Muhammadqul front orqasida qora ishlarni bajarish uchun jo'natiladi. Bu safar natijasi sifatida baxshi-ning «Mardikor» dostoni yaratiladi. Unda oq podshoh zul-miga, o'zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo'q urush tashvishlariga bo'lgan norozilik o'z ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa mardikor yurgan zamonlardan xotira sifatida unga taxallus bo'hb qoladi. Bu so'z «polk» so'zidan olingan edi.
Ammo bari bir baxshining mahorat darajasi u ijro etgan an'anaviy dostonlar mezoni bilan o'lchanadi. «Alpomish», Go'ro'g'li turkumidagi «Go'ro'g'Mning tug'ilishi», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Yunus pari», «Avazxon», baxshi alo-hida mehr bilan ijro etgan «Yodgor», «Shayboniy», «Qironxon», «Kuntug'mish» kabilar shular jumlasidandir.
Har bir baxshi o'z xalqining yoshlarini tarbiyalovchi asil farzanddir. Po'lkan o'zining ustozidan Qo'rg'on dostonchi-lik maktabiga xos usullarni mukammal o'rgangani uchun butun ijodi davomida yoshlarni ajdodlarimiz qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan qaradi. Ayniqsa, «Go'ro'g'lining tug'ihshi» dostoni bu soha-da ibratlidir. Xususan, baxshi yashagan hududda Go'ro'g'-lining kelib chiqishi tarixini bilishga qiziqadiganlar juda ko'p edi. Dostonda esa Go'ro'g'lining dunyoga kelishi, uning yoshhgi haqida hikoya qilinadi. Xalq xaloskori — Go'ro'g'li va G'irot qahramonligini tasvirlash esa o'zbekning ota-bobolari nechoqlik mard va jasur ekanliklarini ko'rsatish vositasi bo'lgan. Vatanni asrash, e'zozlash baxshi dostonla-rining bosh g'oyasini tashkil etdi. Jumladan, «Chambil qamah» dostonidan quyidagi parcha fikrimiz dalihdir:Yovgarchilik bo 'Idi endi, yoronlar, G'ayrat qiling turkman1 elning xotini... Qovoqlami uyinglar, Qiz-xotinni jiyinglar, Po'pakni yig'ib tashlab, Sochni boshga tuyinglar. Xotinlikni qo 'yinglar, Sarboz anjom kiyinglar, G'ayrat qiling ayollar.
Dostonda safarga chiqqan Go'ro'g'lining Chambilda yo'qligidan foydalanmoqchi bo'lgan dushmanga qarshi Yunus pari ayollarni safarbar qiladi. Go'ro'g'lining yo'qli-gini bilintirmaydi. Chambilni dushman qo'liga topshirmay-di.
Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan kuylagan dos­tonlar faqat mazmunan emas, badiiy jihatdan ham mukam­mal edi. Baxshi hayratomuz mubolag'alar, chiroyli sifat-lashlar, o'xshatishlarni qo'llashda tengi yo'q edi. Jumladan, xalq maqollari uning she'riy misralariga shunday singib ketar ediki, shoir mahoratiga qoyil qolmaslik mumkin bo'lmasdi:
Ot boshiga kun tushsa, Suvliq bilan suv ichar. Er boshiga kun tushsa, Etik bilan suv kechar.
Po'lkan shoir hayoti va ijodi haqida folklor-shunosligimiz otasi Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, keyinchalik O. Sobirov, M. Saidov kabi olimlar samarali tadqiqot ishlarini olib borganlar. Undan yozib olingan va nashr qilingan terma va dostonlar soni yuzdan ortiqdir. Xullas, Po'lkan ustoz baxshilar qatoridan munosib o'rin egallashga haqli so'z san'atkoridir. U 1941 yilda vafot etdi.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish