Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan Sizning 2022-yil 14-martdagi
79/2-08-sonli xatingizga ko’ra Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining “Uychi tuman Prokuraturasining 2021-yil 20-maydagi 11/10-21-sonli protestlari to’g’risida”gi qaror loyihasini amaldagi qonunlarga mosligini yuzasidan o’rganib chiqilib quyidagilar ma’lum qilinadi.
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining “Uychi tuman Prokuraturasining 2021-yil 20-maydagi 11/10-21-sonli protestlari to’g’risida”gi qaror loyihasida tuman hokimining 2017, 2018, 2019, 2020-2021-yillarda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo’jaliklari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarga yer maydoni ajratib berish to’g’risidagi qarorlarini qonun va qonunosti hujjatlarga zid ravishda qabul qilinganligi munosabati bilan bekor qilish nazarda tutilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʼlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6243-son Farmoning 4-bandida 2021-yil 1-avgustdan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʼzgartirish, bekor qilish kabi yer munosabatlariga oid vakolatlari bekor qilingan.
Shuningdek, mazkur Farmoning 8-bandida Farmon rasman eʼlon qilingan kundan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga tegishli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qatʼiyan toʼxtatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida” OʼRQ-708-sonli Qonuni bilan Oʼzbekiston Respublikasi Yer Kodeksining bir qator moddalariga oʼzgartirish kiritilgan.
Jumladan, Yer kodeksining 6-moddasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan boʼlib, yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʼzgartirish, bekor qilish vakolatlari belgilanmagan.
Biroq, Oʼzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi 24-moddasida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlari belgilangan boʼlib, mazkur moddaning birinchi qismining yigirmanchi xatboshisida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hokimning va quyi Kengashning Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilishi mumkinligi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida”gi Qonunining 18-moddasiga koʼra teng yuridik kuchga ega boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlar oʼrtasida tafovutlar boʼlgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qilishi belgilab qoʼyilgan.
Shunga ko’ra Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining “Uychi tuman Prokuraturasining 2021-yil 20-maydagi 11/10-21-sonli protestlari to’g’risida”gi qaror loyihasini qabul qilishda yuqorida ko’rsatilgan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilish lozim bo’ladi.
Boʼlim boshligʼi v.b B.Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |