Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili



Download 23,66 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi23,66 Kb.
#774074
  1   2   3   4
Bog'liq
huquq


1.Инсонга Конституция нима учун керак?- 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi ham aziz va mukarram qilib yaratilgan inson qadrini, uning manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan 2016 yil 7 dekabr kuni tantanali tadbirda: “Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak” degan so‘zlari bilan yana bir bora o‘z isbotini topdi.
Albatta, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday davlat fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun joni-jahonini fido qilishga doimo tayyor bo‘ladi.
Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining ta’minlanganganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi o‘lchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining o‘ziga xos barometridir. Zero, inson huquqlarini ta’minlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish bo‘yicha strategik maqsadga erishiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov rahnamoligida mustaqil respublikamizning Konstitutsiyasini yaratishda jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlarning tajribalaridan keng foydalanilganligi, shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilinganligi, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida belgilangan insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlarining Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topganligi Konstitutsiya loyihasining xalq tomonidan keng muhokama qilinib, kelib tushgan takliflar e’tiborga olingan holda qabul qilinganligining o‘zi uning inson huquq va manfaatlarining ustuvorligini kafolotlovchi Konstitutsiya deyishga to‘liq asos bo‘la oladi.
O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz respublika mustaqilligining huquqiy poydevorini mustahkamlashda, barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi. Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun g‘oyasiga asos solingan bo‘lib, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yildi. Konstitutsiyamizda fuqarolarning tengligi, erkinligi va daxlsizligi, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, har qanday qonunga xilof tajovuzlardan muhofaza qilinishi, qonunga asoslanmagan holda hibsga olinmasligi yoki qamoqda saqlanmasligi, qiynoqqa solinmasligi kabi eng muhim va muxtasar qoidalar qat’iy mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiyamizda belgilangan normalarga hamohang holda o‘tgan davrda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning yaxlit tizimi yaratildi, inson huquqlari bo‘yicha ta’limning uzluksiz tizimi barpo etildi, inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib borish tizimi ishlab chiqildi, inson huquqlarini ta’minlashning nodavlat tizimi, fukarolik jamiyati institutlari faol rivojlantirildi hamda bu sohada samarali xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy taraqqiyotimizning yana bir muhim jihati – davlatimiz rivojlanishida insonparvarlik tamoyillari tobora mustahkamlanib, jinoiy jazolarni liberallashtirish, ijtimoiy adolat, jazoning muqarrarligini ta’minlashga erishish borasida salmoqli yutuqlarga erishganimizdir. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari inson huquqlarini ta’minlashning muhim kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.
2.Конституцияни нима учун асосий қонун деб атайдилар?- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi.
Qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bog‘liq prinsipdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Shu ma’noda xalq irodasining ifodasi bo‘lgan, fuqarolarning parlamentga saylab qo‘ygan vakillari orqali yoki o‘zlari tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilingan qonunlar xalq hokimiyatchiligining natijasi, majoziy qilib aytganda, mevasi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir.
Xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun ijodkorligini shaffof, hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odil sudlovning ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida tenglik hisoblanadi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning ustunligi» deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik kelib chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda qonun ustuvorligining Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga alohida ahamiyat berilganidan dalolatdir.
Konstitutsiyaning mazkur bobidagi hamda boshqa normalarida mustahkamlangan qoidalarni tahlil qilish quyidagi fikrlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Ikkinchidan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Uchinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga egaligi, qonunosti hujjatlar qonun asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi, qonunlar eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shartligi, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llanilishi kabilar belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari ham yaratilgan. Avvalambor bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanishi, qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy hamda adliya organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rishi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik nazorati mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi kabilarda bevosita namoyon bo‘ladi.
Qonunchiligimizda huquqiy ekspertiza, qonun hujjatlarini ta’sirini baholash tizimi, monitoring, idoraviy hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi huquqiy vositalar ham belgilangan bo‘lib, bular ham qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim elementlarini tashkil etadi.
Ko‘plab qonunlarda qonun ustuvorligi, qonuniylikni ta’minlash faoliyatning asosiy prinsiplari, vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonun ustuvorligini ta’minlash keltirilgan. Mazkur Qonunning 6-moddasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘idagi o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo‘lmagan boshqa biror-bir holatni ro‘kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko‘ndirish, undash taqiqlanadi – deb belgilangan.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash belgilab o‘tilgan. Mazkur qonunning 5-moddasida qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi – deb qayd etilgan.
Prokuratura organlarining mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida mustahkamlangan.
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2733-sonli Qarorining 1-bandida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi Qarorida davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlariga har yili ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ishlar to‘g‘risida yuridik xizmatning hisobotini eshitish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklangan.
Bundan tashqari, qonun ustuvorligini nafaqat davlat organlarida, balki har bir mahallada ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risida nizomda jamoatchilik tuzilmasi a’zolarining tegishli hududda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya qilinishini, hududda tartib o‘rnatishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ko‘maklashish vazifasini bajarishlari qayd etilgan.
Qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida muhim masalalardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Qonun ustuvorligi shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini mone’liksiz amalga oshirish, o‘z hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotirjam, hech qanday tashqi ta’sirlardan, zo‘ravonlik va o‘zboshimchalikdan qo‘rqmay yashash imkoniyatini beradi.
Qonun ustuvorligi shuningdek shaxsga uning uchun majburiy bo‘lgan mazkur hujjatlarni qabul qilish jarayonida uning o‘zi yoki saylab qo‘ygan vakillari orqali ishtirok etish, davlat boshqaruviga ta’sir o‘tkazish, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlaydi.
Agar jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmasa odamlarda nafaqat bugungi, balki ertangi kuniga ham ishonch yo‘qoladi, adolat, tenglik, erkinlikka rioya qilinmaydi. Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan jamiyatda iqtisod ham rivojlanmaydi, iqtisodiy islohotlar ham samara bermaydi. Chunki hech kim qonun ishlamagan joyga o‘z mulkini, samoyasini kiritishni hoxlamaydi.
Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanadi, hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, inson huquqlari himoyalanadi, mulk huquqiga rioya qilinadi, odil sudlov mustaqil bo‘lib, samarali amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham turli xalqaro tashkilotlar, tadqiqot markazlari tomonidan tuziladigan reytinglarda qonun ustuvorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Jumaladan The World Justice Project xalqaro nohukumat tashkiloti dunyo bo‘yicha har yili maxsus “Qonun ustuvorligi indeksi yuritadi. “Transformatsiya indeksi”, “Bertelsman xalqaro fondi”, Jahon banki tomonidan yuritiladigan Davlat boshqaruvi sifati indekslarida qonun ustuvorligi farovonlikni ta’minlovchi ko‘rsatkichlardan biri sifatida qayd etiladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlashda tashkil etilayotgan ma’muriy sudlar, qabul qilinishi rejalashtirilayotgan ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunlar ham muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishini, inson huquqlari himoyalanishini, mamlakat iqtisodi barqaror o‘sishi uchun tadbirkorlarda, chet ellik investorlarda mustahkam ishonchni shakllanishining mustahkam garovidir.

Download 23,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish