Reja:
1: O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish
2: Aholi farovonligini yanada oshirish
3: O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati
- Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
- Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat.
- 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.
- Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish, multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish vazifalari belgilab olingan.
2020 yigacha keng polosali optik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish, undan so‘ng mamlakatning barcha hududlarida EVDO, 3G, 4G LTE baza stansiyalarini o‘rnatish ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini ko‘rsatish studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma’lumotnoma markazlari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |