Toshkent viloyati Zangiota tumani
20- umumiy o‘rta ta`lim maktabining
4-”A” sinf o‘quvchisi
Xakimova Dilraboning
“Kitob -bilim manbayi” mavzusiga
doir tayyorlagan
ilmiy ishi
MAVZU:
KITOB -BILIM MANBAYI
.
REJA:
1. Kirish
2. Kitob-hikmatlar xazinasi
3. Men sevgan kitob
Kitob - sehrli olam. Unga bir sho'ng'isang, qachon chiqib ketishingni bilmaysan. Inson kitob bilan do'st tutinar ekan, u hech qachon to'g'ri yo'Idan adashmaydi. Kitob tufayligina inson olamga boshqacha ko'z bilan boqadi.Har bir insonning o'z sevimli kitobi va yozuvchisi bo’ladi. Kitob saodat topish uchun o' qilmaydi. Uning
o' zi bir soadatdir.
"Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir", - degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur.
Kitob - sehrgar. U dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir.
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do'stlardir.
Hayotda sening aqlli bo'lishingga beminnat xizmat qiladigan ulug' ustoz kitobdir.
Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo’llariga olganda, avval o’pib, ko’zlariga surtganlar. Keyin ochib, o’qiganlar. Bu ularning “Bizga bilim berding, seni ko’z qorachig’idek asraymiz”, degan e’tirofi bo’lgan. Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar.
Darhaqiqat,kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas.U dillarni uyg’otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi.Yashashdan saboq beradi,qiyinchiliklarni yengish yo’llarini,yaxshilik bilan yomonlikni ,oq bilan qorani ajratishga o’rgatadi.Kitob zehnlarni charxlab , bilimlar xazinasiga eshik ochadi. Kitobsiz uy-jonsiz toshday gap.
Kitob-bilim bulog‘i, O‘quvchining o‘rtog’i.
KITOB MUTOLAA QILISH
- asabni tinchlantiradi;
- dunyoqarashni kengaytiradi;
- ijodkorlik qobiliyatini yaxshilaydi;
- hayotdagi maqsadni anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
- xotira va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi;
- so‘z boyligini oshiradi;
- chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi;
-tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
0‘zbekistonda shunday bir kitob borki, uning nusxasi dunyoda yagona. Bu muqaddas Qur’oni karim kitobidir. Bu kitob Toshkent shahridagi Mo‘yi Muborak madrasasi kutubxona-muzeyida saqlanadi. Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U papirusni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Yevropada kitoblar juda qimmat bo‘lgan. Bundan taxminan 300 yilcha avval ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi
uchun zanjirga boglab
qo‘yilgan.
Bilimdan ortiq boylik yo’q. - Bilimdan ortiq boylik yo’q.
- Kitob- bilim manbai.
- Bilgan o’qir, bilmagan to’qir.
- Aqlning qayrog’i bilim
- Ilm olsang dunyoda,
Aqling bo'lar ziyoda. - Kitob – xazina,
Bilim - boylik. - Bilim- baxt keltirar.
- Kitob-aql chirog’i.
- Kitobdan yaxshi do’st yo’q
Ertaklar-yaxshilikka yetaklar.
Xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang – barang janrlardan biri ertakdir.Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko’p maxsus ertaklar yaratilgan.
Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo’lgan afsonalarning zamirida dastlabki ertaklar paydo bo’lgan. Asrlar o’tishi bilan, kishilarning ongi o’sishi, jamiyatdagi voqea-hodisalar,
odamlarning o’zaro muomala-munosabatlari zamirida ertaklar tobora hayotga yaqinlashtirilgan. Keyinchalik esa aniq maqsad va yo’nalishlar zamirida ertaklar yaratilgan va ularning yaratilishidan asosiy maqsad shunchaki qiziqarli voqealar bayoni emas, balki maslahat va yo’nalishlar bera olish , ibrat va namuna ko’rsatishga aylangan.
Ertaklar mavzu va mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Hayvonlar haqidagi ertaklar.
- Xayoliy-fantastik ertaklar.
- Hayotiy-maishiy ertaklar.
- Hajviy ertaklar.
Ertaklarda xalq og’zaki ijodining asosiy xususiyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. O’tmishda ham , hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham yaratilgan. Demak, ularning deyarli barchasini og’zaki tarzda yaratilgan desak bo’ladi.
Kitob o’qigan bola. O’rganar avval odob Kitob o’qigan bola. Yuzi bo’ladi oftob Kitob o’qigan bola. Hurmat qilar kattani, Kichiklar jon-u tani, Bajaradi va’dani- Kitob o’qigan bola. Suhbati xo’p serma’no, Yurish-turishi a’lo. Olar faqat “besh” baho Kitob o’qigan bola.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |