Java tili ingl.: Java language rus.: язык Java 1. Obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmali dasturlash tili. Java tili 1992 yili paydo bo‘lgan va SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb atalib, elektron-maishiy asboblarning boshqarish tili sifatida ishlab chiqilgan. Ammo, 1995 yili nomini Javaga almashtirib, tarmoqda foydalanilayotgan maslakdan mustaqil ravishda amaliy dasturlarni yaratish imkonini beradigan vosita bo‘lib qoldi. Shu sababli, bu til bir maslakdan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan tavsiflanadi, axborotni muhofazalashning rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet tarmog‘iga va uning global ulanish xizmatiga tegishli. Java tili sintaksisi S++ ning sintaksisiga o‘xshash bo‘lib, u maxsus ochiq tarmoq muhitida ishlashga mo‘ljallangan. Java tilining texnologiyasiga tayanib SUN Microsystems korporatsiyasi operatsion tizim ishlab chiqdi. Java asosida, shuningdek JavaOS operatsion tizimi hamda Java texnologiyasi yaratilgan va xilma xil operatsion tizimlar ishlab chiqilmoqda. 2. Internetga tatbiqan - «appletlarni» yaratish texnologiyasi foydalanuvchining kompyuteriga saytning sahifasi bilan birga yuklanib, shu sahifani «jonlashtirish» imkonini beradi. Appletlar sahifaga qo‘shimcha funksionallikni ta’minlashi mumkin, multiplikatsion reklamani amalga oshirishi va hattoki, sahifaning ichiga o‘rnashtirilgan katta bo‘lmagan o‘yinni ifodalashi mumkin. Java virtual mashinasi ingl.: Java virtual machine rus.: виртуальная машина Java Java qo‘llanmalari va dasturlarini bajaruvchi dastur. Java virtual mashinasi ko‘pchilik vebbrauzerlari tarkibiga kiradi. JavaOS operatsion (amaliy) tizimi ingl.: JavaOS operating system rus.: операционная система JavaOS Java tilida yozilgan amaliy jarayonlarni bajarish uchun yaratilgan operatsion tizim. JavaOS operatsion tizimi JavaSoft kompaniyasi tomonidan Java texnologiyasi doirasida ishlangan va turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. JavaOS uchun uning tarkibiy qismlarini tarqoq ishlashi, ma’lumotlar xavfsizligi, hamda server ham, mijozning ham resurslarini ishlatishni nazorati tavsiflidir. JavaScript tili ingl.: JavaScript language rus.: язык JavaScript SUN Microsystems va Netscape kompaniyalari tomonidan o‘zaro faol veb-saytlarni yaratish uchun ishlab chiqilgan Skriptlar tili. Soddaligi va foydalanilayotgan maslaklarga nisbatan mustaqilligi bu tilning ustunliklaridir. jarayon 137 Nomlarining o‘xshashligiga qaramay Java va JavaScript bir biridan sezilarli darajada farqlanadi. Agar Java – to‘la funksional obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmali dasturlash tili bo‘lsa, JavaScrip esa, gipermatnli markerlash tillariga yaqinroq. JavaScript tili HTML kodi bilan o‘zaro ishlashi mumkin va barcha asosiy brauzerlar tomonidan quvvatlanadi, shu jumladan Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer tomonidan ham
Do'stlaringiz bilan baham: |