Biznes-akseleratorlar nima?
Biznes-akselerator — loyihani qisqa muddatlarda jadal rivojlantirishni taqdim etuvchi, biznesni boshlang‘ich bosqichda qo‘llab-quvvatlash modeli bo‘lib hisoblanadi. Bozorga tezkor ravishda chiqish uchun loyihaga investitsiyalangan, infrastrukturali, ekspert va axborotli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Boshlang‘ich bosqich investitsiyalari uchun biznes-akseleratorlar xususiy va institutsional investorlarni jalb etadi, shuningdek, o‘zlari ham qisman jamg‘armalar rolida ko‘maklashadi. IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash shaklida keng tarqalgan biznes-akseleratorlar: zamonaviy texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasidagi zamonaviy loyihalardan iborat. Eng mashhur akseleratsion dasturlar Y Combinator va Techstarsdir. Rossiyada shunga muqobil: TexDrive, Commercialization Reactor dasturlari ishlaydi.
Akseleratorlarda loyiha asoschilari uchun ishtirok etish bepul. Ba’zan dasturga kirish uchun to‘lov olinadi (Mass Challenge Amerika akseleratoriga kirish— $199).
Akseleratorlar o‘zlarida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda dastur vaqti bo‘yicha cheklovni taqdim etadilar, sababi ko‘pincha jamg‘arma, biznes-inkubatorlar, texnoparklar asosida ishga tushiriladi. Loyiha jamoasi qisqa vaqtga shunday sharoitlarga joylashtiriladiki, ular bozorga chiqish va investitsiyalar olish uchun yetarli darajada kuchli loyiha yoki loyiha prototipini yaratadilar.
Startaplar uchun akseleratsion dasturlarning o‘ziga xos belgilari:
dastur sikllar bo‘yicha davom etadigan vaqt bo‘yicha cheklangan davr mobaynida (3 oydan 6 oygacha) ishlaydi, bir siklda cheklangan sonli loyiha ishtirok etadi;
loyiha kichik jamoalar tomonidan boshlang‘ich prototip yoki rasmiylashtirilgan konsepsiya sifatida taqdim etiladi. Akseleratorlar yakka tartibdagi ishbilarmonlar bilan ishlamaydilar; loyihada ishtirok etish kuchli raqobat asosida o‘tadi;
loyihaga jamoaning hayotini ta’minlash va prototip ishlanmasi uchun sarflanishi uchun oldindan investitsiyalar ajratiladi. Qoidaga muvofiq, investitsiyalar investor uchun loyinaning kichik ulushiga almashtirish asosida taqdim etiladi;
akseleratorlar loyihada kuchli ekspertizani qo‘llab-quvvatlash, salohiyatli sheriklar, investorlar bilan ishlash, OAV’da yoritib borish munosabati bilan o‘qitish kabilar bilan ta’minlaydi;
dastur loyiha ustida muntazam ishlashni ko‘zda tutadi, ishtirokchilar faqatgina full-time (ko‘pchilik dasturlarda — asosiy ish joyidan ketib ishlash talab etiladi) loyihasi ustida ishlashlari shart.
Mazkur ko‘pchilik xususiyatlar barcha biznes-akseleratorlarga taalluqli. Akseleratsion dasturlar boshqa ancha ilgarigi bosqich qo‘llab-quvvatlagan biznes dasturlari modellaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |