Xabiyev Islomxon
Mavzu: Mafkuraviy tahdid va ularga qarshi kurash
Voyaga yetmaganlarni turli tahdidlar va yot g’oyalardan himoya qilishning dolzarb masalalari. Milliyligimiz, tariximiz va ko’hna qadriyatlarimizga xavf solib turgan tahdidlarning eng asosiylari bular: Siyosiy, Ekologik va Mafkuraviy tahdidlar hisoblanadi. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o’z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo’rqitish, zo’rlik yo’li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat, yoki xalq, millat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi.Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bugun taraqqiyotparvar insoniyat turli xavf-xatarlarning tahdid darajasiga ko‘tarilgan davrida yashamoqda. Yuzaga kelgan vaziyat tahdidlarga qarshi yagona kuch sifatida kurashish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Shuning uchun “tahdid” tushunchasining siyosiy-falsafiy mohiyatining bir qator qirralari jahon olimlari tomonidan tahlil etib kelinmoqda. Bu tushuncha insoniyat yaralgandan beri yonma-yon yashab kelmoqda. Jumladan, siyosiy fanlar doktori, professor Sh.Paxrutdinovning bergan ta’rifiga ko‘ra, “tahdid” - ijtimoiy-siyosiy vaziyat bo‘lib, u muayyan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, ya’ni ijtimoiy tizim sifatida davlatning siyosiy asoslarini zaiflashtirishga, yemirishga, shuningdek, inson hayoti faoliyatini izdan chiqarishga, umuman, yashashni chigallashtirishga qaratilgan hududiy-mintaqaviy, umumsayyoraviy omillarning kirib kelishi tufayli sodir bo‘ladi.
«Dunyoning mafkuraviy manzarasi» jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlarini bir butun holda aks ettiradigan tushuncha.
Yovuz va yot mafkuraviy maqsadlarni qayerdan va qanday yoʻllar bilan insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib boʻlmaydi. Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, anʼana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni oʻz taʼsiriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf ostida saqlanib qolishi muqarrar. Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandlarimizni maʼnaviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, bir soʻz bilan aytganda, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri boʻlib qolaveradi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. SHu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvur bo‘lmasligi kerak.
Xulosa shuki, keskin kurash va manfaatlar toʼqnashuvi kuchayib, milliy oʼzlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan bugungi davr har birimizdan oqillik, hushyorlik va faollikni talab qiladi. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Hozirgi zamonda maʼnaviy nuqtai nazardan “uxlab yotish”ga, loqayd boʼlishga hech kimning haqqi yoʼq. Barcha fojia va muammolar, Vatanga, millatga, kelajakka xiyonat aynan loqaydlikdan boshlanadi. Yana bir bor aytaman, dunyodagi qaltis vaziyat, siyosiy “oʼyin”lar barchamizni sergaklikka undashi kerak. Jahonda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni chuqur tahlil qilib, ulardan xulosa chiqargan holda, yoʼlimizni toʼgʼri tanlashimiz zarurligi ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.
Etiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |