Xabibullo, [12.05.20 07:16]
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2020-yil
1-sentabr
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
ichimlik va oqava suvi tizimlarini rivojlantirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasini tasdiqlash;
ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta�biq etish;
2030yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;
oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;
2030yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;
mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.
Xabibullo, [12.05.20 07:18]
Aholiga tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini qoplash tartibini belgilash.
2020-yil
1-noyabr
FVV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zgidromet”, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
tabiiy ofatlar oqibatida zarar ko‘rgan aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilash;
vakolatli organlar va fuqarolarning bu boradagi huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, vakolatli vazirlik va idoralarning texnogen xavfli hududlarda qurilishning oldini olish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish nazarda tutiladi.
Xabibullo, [12.05.20 07:33]
O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda respublika aholisi uchun Toshkent shahri bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda “o‘ziga tortuvchi markazlar”ni yaratish maqsadida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega eng yirik shaharlarni belgilashni nazarda tutsin.
Xabibullo, [12.05.20 07:36]
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2019-yil
1-iyun�
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyiha bilan Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
aholi salomatligi uchun qulay sharo�tlar yarat�sh, ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;
er, yer osti boyliklari,
suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari sifatini ta’minlash va antropogen ta’sirdan muhofaza qilish nazarda tutiladi.
Xabibullo, [12.05.20 07:38]
Sanoat korxonalariningatrof muhitga real tahdidlarini o‘rganishva baholash, mamlakatdagi ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, atrof muhit ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni ta’minlash tizimini takomillashtirish.
2019-yil
1-iyun
Davlat ekologiya qo‘mitasi, FVV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, vazirlik va idoralar
Hisob-kitoblarga asosan
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
sanoat korxonalariga zamonaviy samarali tozalovchi uskunalarni, chiqindi manbalarini kuzatib boruvchi va nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish;
chang, gaz va suv tozalovchi uskunalarni ishlab chiqarish;
mazkur sohadagi huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Xabibullo, [12.05.20 07:43]
savdo-iqtisodiy, innovatsion, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar hamda ekologik barqarorlikni saqlash sohalarida aniq dasturlarni ishlab chiqish;
Xabibullo, [12.05.20 07:46]
Orolbo‘yi hududidaekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish va o‘tkazish.
2019-yil
25-oktabr
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsiyavazirligi, TIV,
vazirlik va idoralar
Hisob-
kitoblarga
asosan
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida,
xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.
Loyihada:
anjuman konsepsiyasini ishlab chiqish;
tadbirning kun tartibi, aniq muddati va joyini belgilash;
xorijiy mutaxassislar, xalqaro
va mintaqaviy tashkilotlar vakillarini tadbirga taklif etish va ularning ishtirokini tashkil qilish;
anjumanning yakuniy hujjati loyihasini ishlab chiqish va kelishish nazarda tutiladi.
Mirshod, [12.05.20 09:57]
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
Mirshod, [12.05.20 09:58]
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
Mirshod, [12.05.20 10:03]
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
2017 — 2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi
Xabibullo, [12.05.20 10:00]
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Yil davomida
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, TIV
-
-
Chora-tadbirlar.
Ushbu chora-tadbirlar bilan orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish nazarda tutiladi
Mirshod, [12.05.20 11:56]
Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Mirshod, [12.05.20 12:01]
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orish tajribasini yo‘lga qo‘yishga kirishmoqda.
Bu boradagi hukumat qaroriga muvofiq, qiyalik maydonlar, sug‘orish eroziyasiga duch kelgan bog‘lar va uzumzorlarda ilk o‘rinda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur usul mablag‘talab ekani aytiladi. Lekin, suv zahiralari kam mamlakatlar uchun suv tejashning eng samarali usulidir.
Hatto, Isroilda yo‘lga qo‘yilgan bu usul orqali meva-sabzavot yetishtirish 60-70 foizga oshgan.
O‘zbekiston aksar suv zahiralari qo‘shni mamlakatlardan keladi. Biroq, Tojikiston va Qirg‘iziston ulkan suv omborlari tiklab, GESlar qurishga kirishgan.
Bu esa, aholisi soni katta, hududining aksar qismi sahrodan iborat O‘zbekistondek mamlakat uchun suv ta‘minoti muammosini o‘tkirlashtirib yuborishi mumkin.
Tomchilatib sug‘orish O‘zbekiston uchun hozir qanchalik dolzarb? Suhbatdoshim O‘zbekistondagi yer va tuzlanish masalasini uzoq yillar o‘rgangan Bonn universiteti olimi Jon Lamers.
Jon Lamers: Juda ko‘p jihatlardan olgan bu usul muhim bo‘lishi mumkin. Agar kelajakda suv zaxiralari kamayadi degan bashoratlar to‘g‘ri chiqsa, u holatda suvni tejash - bu mamlakat o‘z kelajagani ta‘minlashini anglatadi. Tomchilatib sug‘orish juda ko‘p suvni tejaydi. Ammo, fermerlar bu usulni yaxshi o‘rganishi va qayerda, qancha foyda keltirishini bilishi zarur.
BBC: Ammo, tomchilatib sug‘orish usulini joriy etish O‘zbekistondek mamlakat uchun qimmatga tushmaydimi?
Jon Lamers: Narxi ancha qimmatga tushishi mumkin. Chunki, ushbu usul uchun kerakli maxsus quvurlarning narxi baland. Lekin, buning ortidan keladigan foydani ham o‘ylash kerak. Buning foydasi zararini qoplashi mumkin. Ayni damda, tushunaman, deylik, tomchilatib sug‘orish bilan bug‘doy yetishtirsangiz-da, keyin bozorda bug‘doy narxi arzon bo‘lib, hosilni yetishtirish uchun ketgan mehnat va xarajatni qoplamasa, unda foyda keltirmaydi.
BBC: O‘zbekiston asosiy ekini bu paxta. Lekin, paxta ko‘p suv talab qiladi va narxi ham jahon bozorida ancha arzon? Tomchilatib sug‘orish usuli paxta ishlab chiqarishda qanchalik foydali yo yo‘q?
Jon Lamers: Tomchilatib sug‘orish risoladagidek ishga solinsa, barcha ekinlar uchun ish beradi. Bu bosh masala emas. Asosiy vazifa - infratuzilmani yo‘lga qo‘yish, dehqonlarga, masalan, kerakli jihozlarni qanday ishlatishni o‘rgatish. Menimcha, O‘zbekistonda hali tomchilatib sug‘orish uchun kerakli barcha dihozlar mavjud emas. Mamlakat quvurlar kabi ba‘zi qismilarini ishlab chiqarishi mumkin. Lekin butun tizim uchun zaruriy asbob-uskuna va jihozlarin ishlab chiqara olmaydi hozirda. Paxta narxi arzonligi esa rost. Ammo fermerlar tomchilatib sug‘orishni birinchi o‘rinda sarf-xarajatni qoplaydigan qimmatroq ekinlarga qo‘llashadi. Yoki O‘zbekiston hukumati bu tizimini butunlay davlat hisobidan moliyalashi ham mumkindir. Chunki suvni asrash - ba‘zida mahsulot narxi qimmatlashishidan ko‘ra muhimroq vazifa. Dehqonlar bu tizimna to‘la o‘zlashtirib olganlaridan keyin esa, tomchilatib sug‘orish ortidan foyda ko‘ra boshlashadi.
BBC: Lekin, O‘zbekistonda fermerlar nima ekinishini davlat hal qiladi. Va bu ko‘pincha suvtalab paxta ekinidir. Paxta narxi uning tannarxini qoplamayotgani haqida esa anchadan beri mutaxassislar aytib kelishadi. Demak, bunday holatda tomchilatib sug‘orish fermer uchun ham, davlat uchun ham har yillik zararni anglatib qolmaydimi?
Jon Lamers: Mana, bizning Olmoniyada ham bug‘doy yetishtirish aslida fermerlarga hech qanday daromad keltirmaydi. Lekin nega fermerlar bug‘doy ekishadi? Chunki Ovro‘po ittifoqi va Olmon hukumati g‘allachilikni moliyalaydi. Chunki bu - siyosiy masala va olmon hukumati nega bunday qilayotganini nemis xalqiga tushuntirgan. Soliq to‘lovchi xalq ham bu masalani tushunib, hukumat qaroriga rozi bo‘lgan. Xullas, agar O‘zbekiston uchun paxta hamon muhim va daromadli ekin ekan, demak bu ekinni moliyalash va uvni tejagan holda uni yetishtirish mumkin. Ya‘ni bilasizmi, muhim ekinni yetishtirish uchun qimmatga tushadigan sug‘orish usullarini qo‘llash mumkin. Negaki, iloji boricha suvni tejash va tabiatga zarar yetkazmaslik nuqtai nazaridan ke
Mirshod, [12.05.20 12:01]
lib chiqqanda bu rostdan ham muhim masala. Ba‘zida esa ushbu o‘rinda fermerlar foyda ko‘rmay qolishlari ham mumkin.
BBC: Tomchilatib sug‘orish tizim qimmat bo‘lsa, demak uni qo‘llash orqali yetishtirilgan mayeva sabzavot tannarxi ham oshadi. Lemak yangi tizim ortidan O‘zbekistondagi meva sabzavot narxi oshib ketishi mumkinmi?
Jon Lamers: Yo‘q. Agar men fermer bo‘lsam, mehnati va sarf-xarajatini qoplaydigan ekin uchun tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yardim. Men katta miqdorda ishlab yetishtiriladigan paxta uchun tomchilatib sug‘orish qanchalik ish berishi yo bermasligini hisob-kitob qilmaganman. Ammo naqd pul keltiruvchi ekinlarni yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orishdan foydalanish mumkin. To‘g‘ri, balki yangicha sug‘orish usulini qo‘llash paxta va yo boshqa biron sabzavotni yetishtirish uchun qimmatlik qilar. Lekin, bu usulni yo‘lga qo‘yish birgina foyda olish uchun yo‘lga qo‘yilmaydi. Paxta ham balki hozir arzondir. Lekin u naqd pul keltiruvchi ekin va tomchilatib sug‘orishga ketadigan sarf-xarajatlarni kelajakda qoplash yo‘lida yordam berishi mumkin.
BBC: Nazaringizda, O‘zbekiston nega hozir tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘ymoqda? Qanday voqelik va holat bunga undaydi?
Jon Lamers: Bugun va ertaga qancha suv mavjudligi holatlarini ko‘zda tutish kerak. O‘zbekistondagi sug‘orma dehqonchilik aksar qismi tashqaridan keladigan suv zaxiralariga bog‘liq va mamlakat ana shu qaramlikdan qutulishni istaydi. Bu o‘rinda esa suvni tejash lozim. Shunday holatda kam suv talab qiladigan ekinlarni ekish va tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish darkor. Balki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mas‘ullari bu usulni o‘rganib chiqib, foyda va zararini taroziga solib ko‘rishgandir. Va nihoyat, foydasi kattaligini tushunib, uni yo‘lga qo‘yishni istayotgandir.
BBC: Masalan, O‘zbekiston uchun tomchilatib sug‘orishning qanday zararli jihatlari bo‘lishi mumkin
Jon Lamers: Tomchilatib sug‘orish tuzlanish muammolarini hal qilishda yordam bermasligi aytiladi. Lekin, tomchilatib sug‘orishga ishlatilgan suv umum suv tizimiga qo‘shiladi. Bu suv esa yer osti suviga tarkibiga kiradi. Ya‘ni bu ijobiy natija berishi mumkin. Tushunaman, muayyan fermerlar uchun va yo tannarxi arzon ayrim ekinlar uchun tomchilatib sug‘orishga ketgan xarajatlar o‘zini qoplamasligi mumkin. Ammo O‘zbekistondek yeri quruq va xavosi issiq mamlakatda tomchilatib sug‘orish yordamida juda katta miqdordagi suvni tejaysiz. To‘g‘ri O‘zbekistonda hali bu borada tajriba katta emas. Balki, O‘zbek hukumati sekin-asta qaysi mintaqalar va ekinlarni tomchilatib sug‘orish mumkinligini o‘rganib borishi, shu jarayonda esa katta tajriba to‘plashi tabiiy. Chunki, tomchilatib sug‘orishga mos ekinlarni ekib, daromadni oshirasiz, suvni tejaysiz. Mana, masalan, Isroilda tomchilatib sug‘orish yordamida meva-sabzavot ishlab chiqarish 60-70 foizgacha ko‘paygan.
Mirshod, [12.05.20 12:07]
Hosildorligi past yerlarda paxta ekishni qisqartirish sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekin maydonlarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda, yuqori texnologiyaga asoslangan intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish bilan birgalikda olib boriladi. Masalan, keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida paxta hosildorligi pastligicha qolmoqda. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli yildan-yilga yomonlashmoqda. Tomorqalardan foydalanish ham talab darajasida emas. Vaholanki, Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida fevral oyidan boshlab bemalol 3 marta hosil olish imkoni bor.
Shuning uchun 2017-yilda tuproq unumdorligi past yerlar hisobidan ushbu hududning qariyb 18 ming gektar paxta va 1000 gektar g‘alla maydonlari qisqartiriladi. Ushbu maydonlarda sabzavot va meva yetishtiriladi, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar tashkil qilinadi. Natijada mahsulotlarni chuqur qayta ishlash hajmi keskin ko‘payib, qo‘shimcha qiymatli eksportbop mahsulotlar tayyorlanadi. Bu aholining manfaatdorligi oshishi va daromadi yanada ko‘payishiga olib keladi.
Ana shu masala boshqa viloyatlarda ham bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqiladi va bunday tadbirlar ularda ham davom ettiriladi.
Yaqin kunlarda 2017—2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi.
Dasturga muvofiq, ekin maydonlarini optimallashtirish, paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish ta’minlanadi.
Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shoxobchalarini tashkil etish va servis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi.
Kelgusi 5 yilda biz meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 barobar oshirib, bugungi 17 foizdan 30 foizga ko‘paytirishni vazifa qilib qo‘ymoqdamiz.
Qo‘shimcha tarzda 200 ming tonna mahsulot saqlash quvvatiga ega bo‘lgan sovutgichli omborxonalar quriladi. Bu o‘z navbatida yangi ish o‘rinlari ochish, aholi daromadini ko‘paytirish va mahalliy budjetga qo‘shimcha mablag‘ tushirish imkonini beradi.
Asosiy vazifalarimizdan yana biri – qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishning mavjud tizimini takomillashtirishdan iborat.
Bu ishlarni amalga oshirmasdan turib, biz kafolatlangan barqaror hosildorlikni, butun agrosanoat kompleksini rivojlantirishni va eng muhimi, fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirishni va qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilashni ta’minlay olmaymiz. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |