Web saytlar www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti;
www.google.ru - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti;
www.fmansy.ru - «Финансы» jurnalining sayti;
www.glossary.ru - Iqtisodiy terminlar;
www.books.ru — Kitoblar dunyosi;
www.refefat.ru — Referatlar to’plami.
BOB
BOZOR XOMALIGIDA MOLIYADAN FOYDALANISH Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning obyektiv shart sharoitiari va imkoniyatlari
Moiiya o'zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra obyektiv iqtisodiy kategoriyadir. Ammo amaliyotda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sir etish uchun moliyadan ongli ravishda foydalaniladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan maqsadli yo'naltirilgan holda foydalanishning obyektiv shart sharoitiari .moliyaning bajaradigan taqsimlash va nazorat funksiyalariga asoslanadi.
Birinchi funksiya, taqsimlash funksiyasi, ya’ni taqsimlash orqali moliyaviy resurslar va markazlashgan, markazlashmagan pul fondlari shakllanadi.
Nazorat funksiyasi vositasida esa pul fondlarini shakllanish jarayonlarini iqtisodiy qonuniyatlar, me’yorlar asosida amalga oshirishni nazorat qiladi.
Kundalik xo'jalik amaliyotida moiiya kategoriyasidan ko‘ra moliyaviy munosabatlami paydo bo‘lishining aniq shakllari muhim ahamiyatga ega.
Moiiya kategoriyasi va moliyaviy munosabatlami paydo bo'lish shakllari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘lib bu farqlar quyidagilar bilan belgilanadi:
-moiiya kategoriyasi doim obyektivdir;
-moliyaviy munosabatlami paydo bo'Iish shakllari insonlar faoliyati bilan bog'iiq subyektiv harakter kasb etadi.
Moliyadan ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalanishning mutloq shart sharoitiari shu kategoriyani taqsimlash va nazorat funksiyalarida aks etgandir. Ulardan birinchisi moliyaviy mablag'lar va maqsadli pul fondlarini ijtimoiy ishlab chiqarishning umumiy ehtiyojlari va alohida tuzilmalari talablariga binoan shakllantirish. lkkinchisi, jamiyatdagi iqtisodiy jarayonlami borishini aks ettirib iqtisodiyotda va uning ayrim sohalarida ro‘y berayotgan barcha jarayonlami bexato qayd etib boradi.
Moliyaviy munosabatlarining u yoki bu shakli shunday xususiyatga egadir. Sifat jihatidan moliyadan ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalanishning obyektiv shart sharoitlarini ro'yobga chiqarish moliyaviy mablag'lar muomalasi qanday aniq shakllarda ro‘y berishiga bog'liq bo‘ladi.
Ayni tashkiliy shakllar tufayli moliyaviy mablag‘lardan faol foydalanishning potensial imkoniyatlari real voqe’likka aylanadi. Kundalik xo'jalik faoliyatida moliyaviy mablag'lar kategoriyasining o'zigina emas, balki moliyaviy munosabatlar yuzaga chiqishimng aniq shakllari muhim boiib bu xilma hil shakllar davlat tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni quidagi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi:
Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish;
Taqsimlash;
Ayirboshlash;
Iste’mol.
Moliyaning paydo bo'lishi va amal qilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning 2- bosqichi bo'lib, bunda YalM ning taqsimlanishi sodir bo'ladi.
D