A. Aleksandrov va E. Yoznesenskiylar moliya quyidagi funksiyalami bajaradi deb e’tirof etadilar3:
pul fondlarini shakllantirish;
shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish;
nazoiat.
Iqtisodchi V. Rodionovaningfikriga ko‘ra moliya taqsimlash va nazorat funksiyalami bajaradi.
Iqtisodchi, L.A. Drobozina esa, moliya quyidagi 4 funksiyani bajaradi deb e’tirof etadi:
taqsimlash;
nazorat;
tartibga solish;
barqarorlashtirish.
Hozirgi sharoitda aksariyat 0‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi4.
Iqtisodchi olimlarning moliyaning funksiyalari nuqtai nazaridan ilmiy qarashlarida mantiiqiy yahlitlik mavjudligini kuzatishimiz mumkin. Ammo, bu erda funksiya va vazifa tushunchalarini aniq ajratib olish orqali mazkur kategoriyaning funksiyasiga aniqlik kiritishimiz mumkin bo'Iadi. Bizning fikrimizcha, funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo'lish jarayoni bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy tizumlar, iqtiodiy tizimlaming o'zgarishidan qat’iy funksiya o'zgarmay qolaveradi. Vazifa, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida bajaradigan funksiyaga asoslangan unga yuklatiladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan hoida moliya 2 ta asosiy funksiyani bajaradi, deb xulosa qilishimiz mumkin:
taqsimlash;
nazorat.
Moliyaning taqsimlash funksiyasini obyekti bo“lib, YalM va milliy daromad hisoblanadi va turli xil pul fondlari shakllantiriladi.
Iqtisodiy subyektlaming asosiy manfaati foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilinng ko'p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to'liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi dekmokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo'yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog'liqdir.
Turli xil pul fondlarining moliyaviy manbai bo‘lib makrodarajada yalpi ichki mahsulot va uning tarkibini tashkil qiluvchi milliy daromad. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy instrumentlar. me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar mahsulot(ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tush urn, pul daromadlari va tadbirkorlik foydasi hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi - bu obektiv amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasini obyekti bo'lib xo'jalik subyektlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Moliyaning vujudga kellshini obyektiv shart sharoitlari
Moliya o'ziga xos ravishdagi tarixiy kategoriya hisoblanadi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan bin hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayoq pullar paydo bo‘ldi, tovar pul munosabatlari paydo bo‘ldi, davlatlar shakllandi. Ammo nima uchun moliya o'rta asrlaida paydo bo'ldi.
Buning birinchi shart-sharoiti o‘sha davrlarda Yevropa davlat larida ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo'la boshladiki ulami hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mablag'lariga ehtiyoj seza boshladi.
Ikkinclti asosiy shait-sharoit o'sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va imdan foydalanish tizimli harakterga ega bo'la boshladi.
Uchinchi shart- sharoit o'sha davrlarda soliq to'lovlarini undirishning pul sbakli rivojlanayotgan davr edi.
Moliyaning mavjudligi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
Moliyaviy munosabatlaming rivojlanishi- jamiyatni rivojlanishining aniq bosqichlaridagi davlatlaming paydo bo'lishi bilan bog'liq hoida obyektiv zaruratdir.
Moliyaviy munosabatlami vujudga kelishining muhim shart sharoitlaridan biri- tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishidir. Chunki, yuqorida
ta’kidlaganimizdek, tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymatning turli shakllarini almashuvi sodir bo'ladi.
- Iqtisodiy qonunlaming amal qilishi;
-Yuqoridagi holatlar moliyaviy munosabatlarni nisbatan mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
-Davlatlaming paydo bo'Iishi bilan moliyaning paydo bo'lishining obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli, lining ixtiyorida mavjvid bo'Iishi lozim bo'lgan markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish zarurati va unga tegisbli bo'lgan funksiyalarda namoyon bo'ladi.
-Davlatlaming iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining isloh qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik me’yorlarini ta’minlashdan iboratdir.
-Davlatning iqtisodiy roli lining quyidagi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat funksiyalarida namoyon bo'ladi.
D 1.2.- chizma
avlatning jamiyatdagi fuknsiyalarining tashkiliy chizmasi. Davlatning fun ksiya lari.