X. X. Komilova, U. A. Vohidova



Download 5,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/176
Sana30.12.2021
Hajmi5,72 Mb.
#94397
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176
Bog'liq
Loyihalash. Komilov X.X, Vohidova U.A 4b631a0a8fb34a58d740b2e5322954ea

Komplektni  loyihalash.  Komplekt  (lot.  completes  -   to‘liq)  -  
muayyan  mo‘ljal  va  badiiy  yechimga  moslangan  bir  biriga  mos 
kostyum  elementlaming to‘plami.  Komplekt kostyum  elementlarini 
o‘zaro  almasha  oladigan  ochiq  tizim,  unda  har  bir  buyum  mustaqil 
bo‘lgan  holda,  ko‘pqavatlik  xos.  Vaziyatga  binoan  komplekt  kost- 
yumning  o ‘zgarishiga  imkon  beradi.  Kostyum  alohida  buyumlar: 
jaketlar,  yubkalar,  shimlar,  nimchalar,  bosh  va  oyoq  kiyimlar, 
aksessuarlar  va  taqinchoqlardan  iborat.  Komplektning  alohida 
buyumlari  o‘z  mo‘ljalini  o‘zgartiradi  (kundalikni  bashangga,  kun- 
dalikka oidni  safarga kiyiliadiganga aylanadi  va o ‘zgacha).  Shuning 
uchun  komplekt  loyihalanganda  ayrim  buyumlaming  qo‘llanish 
chegarasini  kengaytirish  lozim.  Ilk  bor  ansamblga  altemativa  sifa­
tida  komplekt  1920  yy.  sahna  kostyumida  qo‘llangan.  Konstruk- 
tivistlaming  kiyim  loyihalashda  kombinator  uslubni  qo‘llab  komp­
lekt  g'oyasini  paydo  bo‘lishiga  mantiqiy  xulosa  bo‘ldi.  1929  yilda 
modelyer  E.Skyaparelli  olti  buyumdan  iborat  komplektni  tavsiya 
etdi,  kun  davomida  ularni  o‘zaro  kombinatsiya  qilish  mumkin  edi. 
Ommabop modada komplektlar faqat  1970 yy.  da tarqaldi.  1972 yil­
da  ingliz modelyerlari  Lyuk  va Dj.Tallis  moda  kolleksiyalarida bir- 
biriga  mos  yubkalar,  shimlar,  nimchalar,  bluzkalami  namoyish 
etdilar.  1970-yy.  iqtisodiy inqiroz davrida shunday y o i  ko‘pchilikka 
manzur  bo‘ldi,  chunki  alohida  buyumlar  assortimentidan  “oqilona” 
yoki  “bazaviy”  garderobni  barpo  etish  mumkin  edi.  Hozirgi 
zamonda  komplektlar  modadan  ansamblni  mutlaqo  siqib  chiqardi.
151


Endi  zamonaviy  insonning  garderobi  komplektlardan  iboratdir. 
Iste’molchi 
o‘z 
xohishiga 
binoan 
kostyum 
elementlari 
kombinatsiyalab,  o‘z  individualligini  kostyum  yaratishda  namoyish 
etishi mumkin edi.
Komplekt  ayrim  qismlarining  birligiga,  odatda,  rangi,  shakli, 
bezagi,  uslubning  bir-biriga  mosligi  bilan  erishiladi.  Bu  sifat 
kolleksiyani  loyihalash  bosqichida  inobatga  olinishi  lozim.  Hozirgi 
iste’molchining  kiyimiga  nisbatan  asosiy  talabi  -   kombinatsi- 
yalashga  imkon  berish.  Masalan,  “Eskada”  nemis  firmasining mav- 
sumiy  kolleksiyalari  rangi,  shakli,  naqsh  va  boshqa  xossalari 
bo‘yicha bir-biriga mos keladigan alohida buyumlar assortimentidan 
iborat,  shuningdek,  o ‘tgan  mavsum  kolleksiyasidan  buyumlami 
yangi  kolleksiya  buyumlari  bilan  bemalol  qo‘shish  mumkin. 
Kolleksiyaning  barcha  qismlari  uslub  bo'yicha  bir-biriga  mos 
bo‘lishi  mumkin,  ammo  1970  yy.  kostyumda  “diffuz  uslub?’  paydo 
bo‘ldi.  Bu  uslubga  binoan  kostyumda  har  xil  uslublar  aralashib 
ketdi:  masalan,  klassik  pidjak  “folk”  uslubidagi  qo‘sh  burmali 
yubka  bilan,  klassik shimni  esa sport uslubidagi  kurtka va romantik 
bluzka bilan qo‘yildi.
Zamonaviy  komplektlarda  ko'pincha  har  xil  uslubdagi,  turli 
rangli, naqshli materiallardan  ishlangan buyumlar qoMlanadi.  1990 - 
yy.  boshida  shunday  aralashmalarga  “birikmaydigan  birikmalar” 
degan  nom  berildi.  1990  yy.  komplekt  tizimida  kiyim  kiyishning 
yangi  usullari  paydo  bo‘ldi:  u  kompozitsiyani  pala-partishligi,  bu­
yumning  qomatda  erkin  o ‘tirishi,  buyumni  bir  tomonga  siljishi, 
taqilmasi  yoniga  yoki  orqasiga  siljishi  va  h.k.  bilan  farqlanadi. 
Odatda, komplektlar har xil fakturali materiallardan qilinadi. Komp- 
lektlar  quyidagi  qismlardan  tuziladi:  palto  (uzundan  kaltagacha), 
turli  shaklli  shimlar,  sviterlar,  ko'ylaklar  va  h.k.  1998-1999  yy. 
komplektni  barcha  elementlari  bir  xil  yoki  o'xshash  ranglarda 
qilingan. 2000-2002 yy. qarama-qarshi rang va har xil buyumlaming 
birikmalari  paydo  bo'ldi  va  1970  yy.  “piyoz”  uslubni  eslatadigan 
ko‘pqavatli  tendensiyasi  namoyish  etildi.  Ammo,  odatiy  kostyum 
elementlarini  yangi  usulda  kiyish  uchun  qidiruv  tendensiyasi  saq- 
lanib qolgan edi.
152


Kolleksiya  (lot.  collektio  -   to‘plam)  -   ilmiy,  tarixiy  yoki 
badiiy  qiziqishni  ifodalaydigan,  o ‘xshash  buyumlarni  tizimga 
solingan to‘plamidir. Kostyum dizaynda kolleksiya quyidagi birlikni 
barpo  etadigan  har  xil  mo'ljal  uchun  modellar  seriyasi:  muallif 
kontsepsiyasi;  siymo;  kolleksiyada  qo‘llangan  materiallar;  rang 
yechimi; shakl; bazaviy konstruksiyalar;  uslubiy yechim;  va  h.k.
Kolleksiyada  turi  va  m o‘ljaliga  mos  har  xil  xossalar  ustunlik 
qiladi.  Masalan,  mualliflik  ijodiy  konsepsiyasida  uslub,  siymo  va 
konsepsiya  birligi  muhim  bo‘lib,  bu  holda  bazaviy  kostruksiyalar 
qo‘llanmasligi  mumkin.  Har  qanday  kolleksiyada  uning  yaxlitligi 
muhim  xossa  bo‘lib  hisoblanadi,  chunki  u  kolleksiyani  har  xil 
modellarining  mexanik  to‘plamidan  farqlaydi.  Yaxlitlik  uslubning 
ijodiy  usulini,  rang  gammasi,  materiallar  tarkibi,  shakl,  siymolar 
umumiyligi  bilan  ta’minlanadi.  Undan  tashqari  to‘g‘ri  yaratilgan 
kolleksiyaning  belgisi  dinamikadadir,  ya’ni  mazkur  kolleksiyada 
markaziy  g‘oyani  rivojlanishi.  Shu  tarzda  kolleksiya  bir  xil  yoki 
deyarli bir xil modellar seriyasi emas. Kolleksiyaning ajoyib tomoni 
bo‘lgan  qiziqarli  konstruktiv  yoki  dekorativ  yechim  har  bir  yangi 
modelda  uning  yangi  qirrasini  ko‘rsatishi  kerak,  kolleksiyada 
g‘oyani imkoniy nyuanslarini namoyish etilishi lozim.
Kolleksiya  turli  elementlardan  tashkil  topishi,  ya’ni,  bu  an- 
sambllar,  komplektlar, alohida buyumlar, qo‘shimchalar va bezaklar 
bo‘lishi mumkin.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish