Ansamblni loyihalash. Ansambl (fr. ensemble - birga, bara-
variga) - muayyan badiiy g‘oyaga bag‘ishlab yaratilgan, element-
larining o ‘zaro bog‘liqligini, kiyim va qo‘shimchalarining bir-biriga
bo‘ysunganligi e ’tiborga olingan, ma’lum inson va mo‘ljal uchun
yaratilgan badiiy siymo aks etgan alohida buyumlar to‘plamidir.
149
Ansambl kostyum qismlari, silueti, proprsiyalari, rangi va be-
zagining o ‘zaro mosligi va organik bir-biriga bog4liqligi bo‘yicha
birligini nazarda tutadi. U kiyim, poyabzal, bosh kiyim, soch
turmagi, bezaklar, qo‘shimchalar va grimdan iborat yaxlit butunlik
bo‘lib, hech qanday o‘zgarishlami ko‘zlamaydi. Har qanday
elementni qo‘shish yoki birortasini olib qo‘yish uning yaxlitligini
barbod etadi. Ansambl ko'pqavatlik, uning barcha qismlarini bir
yo‘la kiyilishi mujassamdir. Ular o‘zaro bogiangan va bir biriga
bo‘ysungan. Ansambl tizimiga quyidagilar kiradi: bashang liboslar,
to‘y libosi, maxsus mo‘ljal uchun kostyum, sahna kiyimi va b.
Yaxlitlik va nihoyasiga yetkazilgan, zamonaviy kostyumda
doimo estetik kriteriy boigan. Ma’lum mo‘ljal uchun yaratilgan
kostyum barcha qismlarining rangi, naqshi, bezagi va b. xossalari
bir-biriga mos bo‘lishiga intiladi. Masalan, XVI asrda Angliyada
saroy xonimlari ko'ylagining yengi va ichki yubkasi bir xil gaz-
lamadan qilinardi. Ammo, sof ansambl XIX asming oxiri - XX asr
boshlarida “Modem” davrida (1890-1900 yy.) barpo etilgan. XX
asrda ansambl kuturyelar uchun o ‘ziga xos “cho‘qqi” ,bo‘ldi. Ular
shaxsiy buyurtma bo‘yicha kostyumni butunlay yaratishgan. A n’-
anaviy modellashda kiyim ansamblining loyihalash siymoni badiiy
ifodaligiga erishishga eng yuqori nuqta deb hisoblanadi. Ammo,
XX asr davomida ansambl to‘g‘risida tasavvur o ‘zgardi. Masalan,
1920 yy. ansamblning yechimi kostyumda rang birligini nazarda
tutadi: ko‘ylakni rang toniga shlyapa, qo‘lqop, tufli, sumka, soyabon
va b. tanlanadi; ko‘ylak bezagining rangi qo‘shimchalaming rangida
takrorlanadi. 1930-yy. “Buyuk turg‘unlik” sharoitida shunday isrof-
garchilikka imkon boMmadi, qachonki har bir ko‘ylakka maxsus
shlyapa, tuflini va b. talab qilinardi. Bu davrda kostyumning yax
litligini qo‘shimchalar birligi yordamida yechishgan: sumka, tufli,
qo‘lqoplar, shlyapa bir xil rangda bo‘lishi lozim, ammo bu gami-
tumi har qanday ko‘ylak bilan kiyish mumkin edi. Masalan, qora
tufli, shlyapa va qo‘lqopni och rangli ko‘ylak bilan kiyish mumkin
edi. Hattoki, ikkinchi jahon urushi davrida ham ansambl o ‘mini
saqlagan, masalan, tyurbanni bluzka yoki sumkani matosidan
qilishga ishlatishgan. Ansamblning haqiqiy triumfi “New look”
davridan boshlangan. K.Dior yaxshi didni aniq qoidalarini elegant
ayol siymosini qaytarib belgiladi. Ko‘ylakka munosib shlyapa,
150
qoMqoplar, sumka va bijuteriyalar bilan kiyilishi lozim bo‘lgan.
K.Dioming fikri bo‘yicha “shlyapasiz ayol to‘liq kiyinmagan”.
1960-yy. modasida ham ansambl saqlangan. Masalan, A.Kurrejning
modalarida qo‘lqoplar va bosh kiyimlar ko‘pincha bir xil gazla-
madan ishlangan. Ammo, 1960 yilning ikkinchi yarmidan ko‘cha
modasida, ayniqsa yoshlar submadaniyatlarida, ansambldan voz
kechish sezildi. Masalan, xippilar har xil uslublardagi kiyimlarni
erkin aralashtirib, astoyidil orastalik va puxta o'ylangan kostyum-
lardan voz kechishgan. 1970-yy. ansamblning o'm ini komplekt
egallay boshladi. Zamonaviy modada ansambl g'oyasi ko‘proq real
hayotda emas, faqat podiumda qoldi. Kiyimda qulaylik, komfort va
funksionallikni talab qilinishi, ansambl to‘g‘risida aw algi tasav-
vurini eskirtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |