Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. Ijodiy intuitsiya va tahlil,
ya’ni o ‘z ijodini mantiqiy anglash, badiiy ijodning bosqichlaridir.
Faqat intuitsiya va tahlilning uyg‘un birligi yaxshi kompanovka
qilingan va yakunlangan asarni yaratishga imkon beradi.
Siymoli fikrlash, intuitsiya, baholash faoliyat va emotsional
kayfiyatsiz ijodiy jarayon mavjud bo‘lmaydi. Ijodiy faoliyat bilan
rivojlanadigan va orttiriladigan estetik negizlar va psixologik mexa-
nizmlar barcha ijod elementlarida bor.
Borliq va san’atni estetik tasaw ur etilishi avtomatik ravishda-
gi odatiy tasavvurni bartaraf qilishni nazarda tutadi. Estetik qayg'u
paydo bo‘lishi uchun avval buyumga e’tibor berilmagan tomonlami
ko'rish kerak, uni yangi nuqtayi nazardan ko‘zdan kechirish lozim.
Intuitsiya - bu faraz, ziyraklik, sezgirlik. 0 ‘zaro qandaydir
umumiyligi bor uch atama mavjud: intuitsiya - ilhom; instinkt - ta-
saw u f bilim, tasavvuf ko‘tarinkilik, tasavvuf faoliyat. Ko‘p .amaliy
masalalami yechishda, shu jumladan muhitni loyihalashda, ijodiy
intuitsiyaga asoslangan usullar (miyani hujum qilish usuli) keng tar-
qala boshlandi. Ko‘pincha bu masalalar hisoblash yordamida emas,
balki intuitsiya asosida yechiladi. Dizaynemi ishlash jarayonida in-
tuitiv faraz va mantiqiy tuzilishlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, navbatma-
navbat almashib va murakkablashib turadi. Dizayner intuitiv fikrlashi
samarali vujudga kelishi
uGhun
hayoliga keltirgan elementlarini
ajratib olishi kerak. Ijodiy masalani yechgan paytda formal-mantiqiy
komponentni susaytiradigan imkoniyatni yaratish lozim.
Quyidagi cheklashlami kiritgan holda shunday sharoitni yara
tish mumkin: berilgan vaqt mobaynida qo‘yilgan masalani yechish;
masalani yechish uchun jalb etilgan yordamchi vositalardan foy
dalanish; g‘oyani ifodalaydigan vositalardan foydalanish.
19
Birinchi cheklash masalani hal qiluvchini formal-mantiqiy
tuzilishlami ishlatmaslikka majbur qiladi. Demak, fikrlash intuitiv
komponenti jalb etilgan holda, natijani spontan ravishda kelib
chiqishiga rag‘batlantiradi.
Ikkinchi cheklashda vosita sifatida yordamchi m a’lumotlar,
maxsus adabiyotlar, Internet m a’lumotlari va b. nazarda tutiladi. Bu
holda tashqaridan olingan konkret ma’lumotga tayanish imkoniyati
inkor etiladi. Bu cheklash muammoni yechish uchun o‘z bilimlariga
tayanishga rag‘batlantiradi.
Uchinchi cheklash vositalariga taalluqli, ular yordamida dizay
ner o‘z g ‘oyasini ifodalaydi. Ulardan asosiylari - grafik va hajmiy
modellashdir. Shaklni grafik usulida tasviri va minimal vositalar
yordamida uni hajmiy timsoli faqat shaklni emas, balki muammoni
ko'rishga undaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan cheklashlar faqat qisqa muddatli
topshiriqlami bajarish uchun qo‘llanishi mumkin.
Sezgi bilan yaratilganni to ‘g‘ri baholashnishini bilishdan tahlil
boshlanadi. Rassom faoliyatida bu muhim payt. Ijodiy intuitsiyaga
qobiliyat - rassomning iste’dodligini namoyonidir. Tahlil etishga
qobiliyatni, ya’ni o‘z ijodini mantiqiy ko‘rib chiqish, o'stirish va
yetishtirish lozim. Mazmundan shaklga o‘tganda barpo etilganni
intuitiv o ‘stirib, dizayner nafaqat muhit va personajlami o'zaro
munosabatini, kompozitsiya formatini, balki manbasini va hattoki
bajarish vositalarini ham o‘matadi.
Faqat intuitsiya bo‘yicha
yaratilganni tahlil etib, dizayner ijodiy yakunlovchi bosqichiga
yo‘llar va vositalami topishi mumkin. Ijodiy jarayonning sxemasi
quydagicha bo‘ladi: intuitsiya - tahlil - intuitsiya, chunki san’at
ham his bilan boshlanadi, ham yakunlanadi, ammo tahlil yordamida
tushuntiriladi.
Dizaynda siymolik. “Siymo” atamasi zamonaviy iste’molda
bir necha m a’noda qo‘llaniladi. Har xil tasvirlarni - gul, pribor, tog‘
manzarasi rasmini keng ma’noda “siymo” deb atashadi, ya’ni
buyumlar va voqealarni sezgi-konkret qayta tiklanishini. Real dunyo
buyumlarni ko‘z bilan idrok etish psixologik m a’noda shu
buyumlarni “siymosi” deyiladi. Falsafada esa “siymo” atamasi faqat
sezgiga oidgina emas, balki inson psixikasi buyum muhitni
intellektual aks etishi ham qo‘llaniladi.
20
t
У
Badiiy siymo - bu psixologik, semiotik va boshqa ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |