X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Kavkaz. 
Kavkaz g’arbda Qora va Azov dengizlari bilan, sharqda Kaspiy 
dengizi bilan chegaralangan. Shimolda Kuma-Manich botig’i orqali Sharqiy 
Yevropa tekisligidan, janubda Rioni-Kura cho’kmasi orqali Armaniston tog’li 
o’lkasidan ajralib turadi. Kavkaz hududining katta qismini Al’p bosqichida paydo 
bo’lgan yosh baland tog’lar va kichikroq qismini paydo bo’lishi tog’lar bilan 
chambarchas bog’liq bo’lgan tekisliklar va balandliklar egallagan. Kavkazning 
geologik rivojlanish tarixi juda murakkab. Uning hududida burmalanish dastlab 
kaledonda, so’ngra gertsin bosqichida sodir bo’lgan. Kavkazning hozirgi tektonik 
tarkibi yura davridan shakllana boshlagan. Paleozoydagi ko’tarilishlar Katta 
Kavkazda orollar shaklidagi quruqlik massivlarini hosil qilgan. Neogenda Katta 


285 
Kavkaz va Zakavkaze geosinklinallarida vertikal harakatlar kuchayib tog’larning 
maydoni kengayadi, tog’oldi va tog’oralig’i cho’kmalari vujudga keladi. Neogenda 
burmalanish bilan birga vulqonlar faoliyati ham kuchayadi. Bu davrda Katta Kavkaz 
Zakavkaze tog’ligi bilan tutashadi. Antropogenda yangi ko’tarilishlar natijasida 
Katta Kavkaz tog’lari yoshargan, Elbrus va Kazbek cho’qqilari harakatdagi 
vulkanlar bo’lgan. 
Kavkaz geologik tuzilishi jihatidan Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo’linadi. 
Kavkazoldining shimoliy va o’rta qismlari gertsin burmalanishida vujudga kelgan 
platformali strukturaga ega bo’lib, u Skif platformasining bir qismi hisoblanadi. 
Katta Kavkaz bilan Kavkazoldi oralig’ida kambar tektonik bukilma cho’zilgan. 
Uning g’arbiy qismi Indol-Kuban bukilmasi, sharqiy qismi Terek-Kaspiy bukilmasi 
deb ataladi. Kavkazoldining o’rta qismidagi Stavropol balandligining asosini kam 
o’zgargan gertsin burmali platformasi tashkil etadi. Beshtov lakkolitlari to’rtlamchi 
davr magmatizmi vujudga keltirgan vulkanogen shakllardir. 
Katta Kavkazning yadrosi yuqori proterozoy, paleozoy, trias jinslaridan 
tuzilgan. Ularning yura, bo’r, paleogen va neogen davrlarining cho’kindi qatlamlari 
qoplab olgan. Uning o’ziga xos geologik xususiyati antiklinal tuzilishga ega 
ekanligidir. Katta Kavkaz Al’p geosinklinal oblastning chekka megaantiklinoriy 
zonasiga kiradi. Kolxida, Kura-Araks pastekisliklari, Kichik Kavkaz, Tolish tog’i va 
Javaxet-Armaniston tog’ligi Katta Kavkazdan farq qilib, Al’p geosinklinal 
oblastining ichki burmali-struktura zonasiga kiradi. Kavkazning shimoliy 
hududlarida - Kuban tekisligi, Stavropol balandligi, Checheniston va Dog’istonda 
neft va tabiiy gaz konlari keng tarqalgan. Ular paleogen va neogen yotqiziqlaridan 
qazib olinadi. Katta Kavkazda metall rudalar, shimoliy yonbag’irida, Sadonda 
tarkibida rux, qo’rg’oshin, kumush ko’p bo’lgan polimetall konlari, volfram va 
molibden ruda konlari mavjud. Kavkaz shifobaxsh mineral suvlarga juda boy. 
Mineral buloqlar asosida ko’plab sihatgohlar tashkil etilgan. 
Kavkazning geomorfologik strukturasi asosan yirik tog’ massivlaridan, 
balandliklardan, pastekisliklardan tarkib topgan. U genetik jihatdan bir xil bo’lgan 
ikkita geomorfologik oblastga Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo’linadi. Kavkazoldi 
G’arbiy va O’rta Kavkazoldi hamda Kaspiybo’yi pastekisligining bir qismi bo’lgan 
Terek-Kuma pastekisligidan iborat. G’arbiy Kavkazoldi Kuban-Azovbo’yi 
pastekisligi deb atalib, o’rtacha balandligi 50-100 m atrofida. O’rta Kavkazoldining 
asosiy orografik birligi Stavropol balandligidir. Uning mutloq balandligi Strijament 
tog’ida 831 m, balandlikdan janubi-sharqda dasht zonasi o’rtasida 18 ta orol 
shaklidagi lakkolitlar ko’tarilgan. Ularning eng baland nuqtasi Beshtov tog’ida 1401 
m ni tashkil etadi. Lakkolit tog’lardan janubi-sharqda Terek va Sunja balandliklari, 
ularning oralig’ida Alxanchurt vodiy botig’i joylashgan. Balandliklarga g’arbdan va 
janubdan Kabarda, Osetin va Chechen qiya tekisliklari tutashgan. Sharqiy 
Kavkazoldi yoki Terek-Kuma pastekisligi suglinkali, gilli va sho’rxok chala cho’l 
tekisliklaridan, Terek va Kuma qum massivlaridan, Terek va Sulak daryolarining 
del’talaridan iborat. 
Katta Kavkaz tipik tog’ landshaft oblasti bo’lib, 1100 km masofaga cho’zilgan, 
eng keng joyi Elbrus hududida 180 km, maydoni 145 000 km
2
. U g’arbda Taman va 


286 
sharqda Apsheron yarim orollari bilan tugaydi. O’lka rel’ef xususiyatlariga ko’ra 
uch qismga bo’linadi: G’arbiy, Markaziy va Sharqiy Kavkaz. Ular o’rtasidagi 
chegara Elbrus va Kazbek meridianlari orqali o’tadi. Katta Kavkazning baland tog’
zonasi ikkita tizmadan -Bosh yoki Suvayirg’ich yaxlit tizmadan va unga shimol 
tomondan cho’zilgan Yon tizmadan iborat. Ularning tuzilishida kristall jinslar, 
ohaktoshlar, gilli slaneslar, konglomeratlar ishtirok etadi. Katta Kavkazining eng 
baland qismi Markaziy Kavkazdir. Uning ko’pchilik cho’qqilarining balandligi 5000 
m dan oshadi. Jumladan, Elbrus cho’qqisi 5642 m, Dixtov 5204 m, Kashtantov 5151 
m, Shxara 5068 m, Kazbek 5033 m baland. G’arbiy Kavkaz Markaziy qismga 
nisbatan pastroq. Uning eng baland cho’qqilari Domboyo’lgan (4046 m), Gvandra 
(3983 m), Pshish (3785 m) lardir. Tizmaning janubiy yonbag’irida kanonsimon 
vodiylar bilan kesilgan Abxaz, Gagra, Bzib, Kodor palaxsali tog’lari ko’ndalang 
joylashgan. G’arbiy Kavkaz sohil tomon pasayib borib, Qora dengiz Kavkazini hosil 
qiladi. Sharqiy Kavkaz G’arbiy Kavkazga nisbatan baland. Uning bir necha tog’ 
cho’qqilari 4000 m dan yuqori ko’tarilgan. Bular Tebulosta (4493 m), Bozordyuzi 
(4466 m), Shak (4451 m), Diklosmta (4285 m), Shoxdog’ (4243 m) va boshqalardir. 
Sharqiy Kavkazning shimoliy yon bag’irlarida Dog’istonning yirik burmali tog’ 
tizmalari - Andiya, Bogos, Gimri, Samur joylashgan. Uning sharqiy chekka past 
qismi Kaspiy Kavkazi deb ataladi. 
Kavkaz mo’tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Katta 
Kavkazning suvayirg’ich zonasidan shimoliy qismi mo’tadil iqlim, janubiy qismi 
subtropik iqlim xususiyatlariga ega. Kavkazoldida qish sovuq, yanvarning o’rtacha 
harorati -2°-5°S, janubiy tog’ etaklarining g’arbida +5°S, sharqda +3°S. Yoz issiq, 
iyulning o’rtacha harorati g’arbda +23°+24°S ga, 
 
sharqda +25°+29°S ga teng. Katta 
Kavkazda iqlim balandlik mintaqalari bo’ylab o’zgarib boradi. Yillik yog’in miqdori 
Qora dengiz Kavkazida 1200-1600 mm, Kuban-Azovbo’yi pastekisligi, Ichki 
Dog’istonda 400-600 mm, Terek-Kuma pastekisligining g’arbida 350 mm va 
sharqida 200 mm. Hozirgi zamon muzliklarining keng tarqalishi Katta Kavkazning 
xarakterli xususiyatlaridan hisoblanadi. Muzliklarning soni 2047 ta, umumiy 
maydoni 1424 km
2
. Ularning 70% ga yaqini shimoliy yonbag’irda, 30% ga yaqini 
janubiy yon bag’irda joylashgan. Eng yirik muzliklar Markaziy Kavkazga to’g’ri 
keladi. Kavkazning daryolari Kaspiy (Sulak, Terek, Kuma, Samur, Alazani), Qora 
(Rioni, Inguri, Kodori, Bzib) va Azov (Kuban irmoqlari bilan) dengizlari 
havzalariga qaraydi. Ular asosan yomg’ir, qor va muzliklardan to’yinib, bahorda va 
yozda to’lib oqadi. 
Kavkaz hududida tuproq va o’simliklarning taqsimlanishi kenglik zonallik va 
balandlik mintaqalik qonuniyatlariga bo’ysunadi. Azovbo’yi pastekisligida va 
Stavropol balandligining g’arbiy qismida qalin gumusli qora tuproqlar keng 
tarqalgan. Stavropolning sharqida to’q tusli kashtan, undan sharqroqda och tusli 
kashtan tuproqlar shakllangan. Terekning quyi qismida sho’r tuproqlar va qumlar, 
Kubanning quyi qismida botqoq va o’tloq tuproqlar katta maydonlarni egallagan. 
Kolxida pastekisligiga qaragan tog’ etaklarida qizil, sariq, podzol sariq tuproqlar 
rivoj topgan. Katta Kavkazda qora va kashtan tuproqlar tog’ o’rmon qo’ng’ir va tog’ 


287 
podzol tuproqlari bilan, undan yuqorida baland tog’ o’tloq tuproqlari bilan 
almashinadi. 
Kavkazning shimoliy yonbag’irida dasht mintaqasi 200-400 m balandlikda, 
o’rmon-dasht mintaqasi 400-800 m balandlikda joylashgan, keng bargli o’rmonlar 
mintaqasida (600-1200 m) buk, eman, grab, shumtol, ilm, zarang, qayrag’ochlar 
o’sadi. Igna bargli o’rmonlarda (1000-2200 m) baland bo’yli Kavkaz pixtasi, eldor 
qarag’ayi, pitsund qarag’ayi, Pallas qora qarag’ayi va oddiy qarag’aylar ko’pchilikni 
tashkil etadi. G’arbiy Kavkazda 2200-2600 m, Sharqiy Kavkazda 2600-3500 m 
balandliklarda subal’p va al’p o’tloqlari keng tarqalgan. Bu yerda Al’p 
qo’ng’irboshi, yaltirbosh, tog’ yo’ng’ichkasi, Kavkaz zirasi o’sadi. Eng yuqorida 
nival mintaqa joylashgan. 
Kavkaz faunasining asosiy qismi kelib chiqishiga ko’ra O’rta dengizbo’yi va 
Old Osiyo faunasi bilan bevosita bog’liq. Kavkazoldi dashtlarida yumronqoziq, 
qo’shoyok, olaxurjun, malla quyon, tulki va bo’rilar ko’p, Sharqiy Kavkazoldida 
no’g’ay qo’shoyog’i, qumsichqon, dala qumsichqoni uchraydi. Terek va Sulak 
del’talaridagi to’qayzorlar uchun yovvoyi cho’chqa, chiya bo’ri va to’qay mushugi 
xarakterli. Tog’ o’rmonlarida asl bug’u, o’rmon suvsari, o’rmon mushugi, tog’ 
echkisi, uykuchi olmaxonlar yashaydi. Kavkazda noyob landshaftlarni muhofaza 
qilish va ularni tabiiy holda saqlash maqsadida Risa, Pisunda- Myusser, Arxiz, 
Teberda, Kabarda-Balqar, Shimoliy Osetiya, Zakatali va boshqa qo’riqxonalar 
tashkil etilgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish