57
G’arbda plato Mozambik bo’g’izi sohilidagi sertepa keng pastekislikka tomon
asta-sekin pasaya boradi. Bu yer bo’r va kaynozoy dengiz
yotqiziqlaridan tarkib
topgan bo’lib, tuzilishi Afrikaning Mozambik pastekisligiga o’xshaydi. Sohilni
qoplagan to’rtlamchi davr qumlari baland dyunalarini hosil qilgan. Madagaskarda
foydali qazilmalardan kristalli slanes orasida uchraydigan grafit konlari mashhur.
Shu jinslar orasida oltinning katta zahiralari mfvjud. Nikel, mis, qo’rg’oshin,
radiaktiv metallar va xilma-xil javohirlar granitlar orasida uchraydi. Ba’zi bir
joylarda kristalli jinslarning laterit nurash po’sti orasida boksit va xilma-xil temir
birikmalari uchraydi.
Madagaskar iqlimi tropik iqlim bo’lib, pastekisliklarda yil bo’yi issiq bo’lsa,
baland platolarda mo’tadil. Orolning katta qismiga yog’inning asosiy qismini Hind
okeanidan esadigan janubi-sharqiy passatlar va shimoli-sharqiy
mussonlar olib
keladi. Sharqiy sohilda va platolarning okeanga qaragan yonbag’irlarida yomg’ir yil
bo’yi bir tekisda yog’adi va yillik yog’in miqdori 3000 mm ga yetadi. Shu bilan
birgalikda havo issiq bo’lib, oylik o’rtacha harorat +20° dan +27°S ga yetadi.
Platolarda yog’in bir oz kamroq yog’adi, shunda ham yog’in miqdori 1500 mm dan
kam emas. Tananariveda 1400 m balandlikda yanvarning o’rtacha harorati +20°S
dan past, iyulning o’rtacha harorati +12+13°S. Orolning sharqiy qismida namlik
ortiqcha bo’lsa, g’arbiy va janubi-g’arbiy qismida namlik yetishmaydi. Platoning
g’arbiy yonbag’irlarida quruq davr uzoq davom etadi va yog’in miqdori 500-1000
mm, sernam havo oqimlari kirib kela olmaydigan chekka janubi-g’arbda yiliga 400
mm dan kam yog’in yog’adi va eng issiq oyning o’rtacha harorati + 33° ga yetadi.
Madagaskarning eng yirik daryolari
Markaziy platodan boshlanib, Mozambik
bo’g’iziga quyiladi. Daryolar tekislikda sokin oqsa, platoning g’arbga tomon
pasayib boradigan jarliklarini kesib o’tadigan joylarda ostonalar hosil bo’lgan.
Daryolar rejimning bir tekisda emasligi kemachilikka halaqit beradi, chunki ba’zi
bir daryolar qurg’oqchil davrda butunlay qurib qoladi. Shuning uchun ham eng yirik
daryolardan ham (Onilaxi va boshqalar) mahalliy kemachilikda foydalaniladi.
Markaziy platoning sharqiy yonbag’ridan qisqa, sersuv va serostona daryolar kesib
o’tadi.
Madagaskar orolining organik dunyosida Afrika elementlari bilan birgalikda
Janubiy Osiyo va mahalliy elementlar, ya’ni orol quruqlikning boshqa qismlaridan
ajralib qolganidan keyin tarkib topgan elementlar uchraydi. Madagaskar orolining
flora va faunasi ham atrofdagi materiklardagiga nisbatan kambag’al, bu esa orolning
bo’linib ketganiga uzoq davr bo’lganligini ko’rsatadi. Madagaskarning o’ziga
xosligi shu darajadaki, biogeograflar uni maxsus kenja oblast deb, ba’zi zoologlar
hatto Madagaskar zoogeografik oblasti deb ajratadilar.
Orol florasi endemiklarning ko’pligi bilan farq qiladi (3000 o’simlik turi
endemik). Ikkinchi tomondan,
unda Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika bilan
umumiy bo’lgan ba’zi bir elementlar uchraydi. Masalan, sayyohlar daraxti - ravenal
turlari faqat Janubiy Amerika bilan Madagaskar orolida uchraydi.
Madagaskarning janubi-g’arbiy quruq chekkasi tipik chala cho’l landshaftiga
ega. Quruq qizg’ish tuproqli yerlarda past bo’yli sertikan butalar va dag’al o’tlar
o’sadi. Aloe va xilma-xil piyozboshlilar ayniqsa ko’p. Madagaskar faunasi tarkibiga
58
orolda tuyoqlilar deyarli uchramaydi,
yirtqichlar, chinakam maymunlar, zaharli
ilonlar umuman yo’q. Buning o’rniga chala maymunlar yoki lemurlar (35 turi) keng
tarqalgan. Yer sharining boshqa qismlarida bu hayvon umuman yo’q yoki uning bir-
ikkigina turi bor. Ana shu kichik hayvonlar orolning hamma joyida, yani qalin tropik
o’rmonlarda, sharqiy sohildagi bambukzorlarda va baland platolarda ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: