X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Okean ostidagi zonalar. 
Shimoliy Muz okeani ostida ham uning yuza 
qatlamidagiga o’xshash qutb (Arktika) va qutbyoni (Subarktika) tabiat zonalari 
mavjud. Qutb zonasi juda katta maydonni egallagan. U yerda ohak va organik 
moddalarga kambag’al bo’lgan terrigen yotqiziqlari keng tarqalgan. Qo’ng’ir va 
kulrang loyqa tiplari hukmronlik qiladi. Shimoliy qutbyoni tabiat zonasi bentosning 
ko’p taraqqiy etganligi bilan farq qiladi. Bentos ayniqsa materik shel’fida ko’p 
tarqalgan. Yotqiziqlar tarkibida muzlarning erishi natijasida hosil bo’lgan cho’kindi 
loyqalar ham uchraydi. 
Okeanning xo’jaligida ahamiyati. 
Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya, 
Shimoliy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Okean biologik resurslarga uncha boy emas. Resurslarning geografik 
tarqalishi hududiy xarakterga ega bo’lib, biomassalarning asosiy qismi Shimoliy 
Yevropa havzasiga to’g’ri keladi. Arktika havzasi esa aksincha biomassalarga juda 
kambag’al. Shimoliy Muz okeanidan ovlanadigan baliqlarning katta qismi Shimoliy 
Yevropa havzasiga to’g’ri keladi. Barens va Norvegiya dengizlaridan, Islandiya 
qirg’oqlari atrofidan yiliga 12 mln. t. dan ziyod sel’d, treska, dengiz olabug’asi, 
paltus, piksha va boshqa baliqlar ovlanadi. Yevrosiyo, Kanada, Alyaska va 
Grenlandiyaning shimolida yashaydigan xalqlar dengiz hayvonlarini ovlash bilan 
shug’ullanadilar. 
Okean tabiiy geografik sharoitning qiyin bo’lishiga qaramasdan foydali 
qazilmalarni qidirish ishlari uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. Qidiruvchilar 
tomonidan Barens va Kara dengizlari shel’fidan, Alyaska va Kanada qirg’oqlari 
yaqinidagi shel’flardan neft va gaz konlari topildi. Kanada shel’fining Boford 
dengizi va Makkenzi daryosining dengizga quyilish joylarida 1500 mlrd. m
3
ga 
yaqin gaz zahirasi mavjud. Kanada-Arktika arxipelagining Qirolicha Yelizaveta 
orollari atrofida, bo’g’izlar va qo’ltiqlarda 6,1 trln. m
3
va 3,4 mlrd. t neft zahirasi 
borligi aniqlangan. Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari ostida turli rudalarga boy 
yotqiziqlar borligi isbotlandi. 
Shimoliy Muz okeani ko’p mamlakatlarning kemalari qatnaydigan asosiy yo’li 
hisoblanadi. Ayniqsa, Shimoliy dengiz yo’li Rossiyaning eng muhim suv transport 
yo’lidir. Bu yo’l Yevropadagi va Uzoq Sharqdagi portlar orasidagi masofani 
qisqartiradi. Okeanda kemalar qatnaydigan davr 3-4 oygacha cho’ziladi. Ayrim 
joylarda muzyorar kemalar yordamida navigasiya ko’proq vaqtga cho’ziladi. 


393 
Hozirgi vaqtda ko’pchilik mamlakatlarning oldida turgan muhim vazifa Shimoliy 
dengiz yo’lini yil davomida kemalar qatnaydigan yo’lga aylantirishdir.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish