X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007


qism 
«Umumiy patofiziologiya» bo'lib, «Nozologiya», «Etio- 
logiya», «Patogenez», 
П qism 
«Tipik patologik jarayonlar», 
III qism
«Organ va sistem alar patologiyasining tipik shakllari» singari bir 
necha bo'lim hamda mavzulami o'z ichiga oladi.
8


I QISM. 
UM UM IY PATOFIZIOLOGIYA
NOZOLOGIYA.
UMUMIY NOZOLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Nozologiya (grekcha — nosos — kasallik, logos — ta ’limot) 
kasallikda sodir bo'luvchi morfologik, funksional ham da bio­
kimyoviy o‘zgarishlarning tibbiy asoslarini qamrab oluvchi, shu­
ningdek uning paydo bo'lish sabablari, sharoitlari, rivojlanish 
mexanizmlari va tasniflash asoslari haqidagi ta ’limotdir. Tarixiy 
rivojlanishga ko'ra umumiy va xususiy nozologiya tafovut qilinadi.
SHIKASTLANISH - KASALLIK RIVOJLANISHINING 
BIRLAMCHI ASOSI
Har bir kasallik sababining tabiati va xususiyatiga qaramay, 
hujayra, to'qim a, organlar va bular orqali butun organizmning 
shikastlanishidan boshlanadi. T irik tan an in g turli darajada 
(molekular, subhujayralar, to'qim a, organ, organizm) shikast­
lanishidan kelib chiqqan tuzilishi va funksiyasining buzilishi 
normal hayotga to'sqinlik qiladi va tashqi muhit sharoitida orga­
nizmning moslangan holda yashashini qiyinlashtiradi.
Hujayra shikastlanishining eng um um iy shakli — bu hujayra 
modda almashinuvining o'zgarishi — uning distrofiyasi, para- 
nekrozi, nekrobiozi va nihoyat halokati — nekrozi hisoblanadi. 
Hujayralar shikastlanishining asli holiga qayta oladigan va asl holiga 
kela olmaydigan ham da maxsus (spetsifik) va umumiy (n o ­
spetsifik) turlari farq qilinadi.
REAKTIV JARAYONLAR - KASALLIK 
RIVOJLANISHINING IKKINCHI QISMI
Organizm hujayralari, to'qimalari, organlari va sistemalarining 
shikastlanishi kasalda har xil reaksiyalam i keltirib chiqaradi. 
Reaktivlik har qanday tirik organizm uchun xosdir. Reaktivlik —
9


yaxlit organizmning va shuningdek, uning organlari va hujayralarini 
muhit ta’sirida hayot faoliyatini o'zgartirib javob berish qobiliyatidir. 
Reaktivlik tirik organizmning m oddalar almashinuvi, o'sishi, 
ko'payishi kabi muhim xususiyatidir. Inson va hayvonlarda 
kuzatiladigan reaktivlikning har xil o'zgarishlari, asosan, himoya- 
moslashuv xarakteriga ega, boshqacha qilib aytganda, reaktivlik — 
muhitning zararli ta ’sirlariga organizmning chidamlilik-bardoshliligi 
(rezistentlik)ning umumiy mexanizmidir.
Filogenezda yuzaga kelgan reaktivlik har xil turlarining rivoj­
lanish qonuniyatlari, qisqartirilgan shaklda ontogenezda o'z ifoda- 
sini topadi: tolerantlik — barqarorlik — reaktivlikning passiv shakli, 
fagositar reaksiya, gumoral im m unitet, allergiya shular jumlasi- 
dandir. Shikastlanishga javob reaksiyasi turli darajada — subhujayra, 
hujayra, m embrana, organ, sistemalar va butun organizm daraja- 
larida shakllanadi va o'ziga xos har xil xususiyatlarga ega bo'ladi. 
Reaktiv o'zgarishlar inson shikastlanganida va kasallanganida 
alohida murakkablikka yetadi, undagi reaktiv jarayonlar normada 
ham, patologiyada ham ma’lum darajada tashqi muhit va ijtimoiy 
omillar, yashash sharoitlari va faoliyati bilan bog'liq.
NORMA - SOG'LIQ VA KASALLIK ORASIDAGI 
0 ‘TKINCHI HOLAT (KASALLIK ARAFASI)
Organizmning eng qulay holati, uning doimo o'zgarib turuv­
chi tashqi muhit sharoitlariga nisbatan (beshikast, o'z imkoniyatlari 
hisobiga) m o slash u v in i m e’yor (n o rm a ) deb qabul etish 
mumkin. Bunda organizmning barcha darajalari — molekular, 
hujayra, to'qim a, organ, sistemalarining va umuman yaxlit fizio­
logik faolligi tashqi muhit sharoitlariga ko'ra ichki muhitning 
imkoniyatlarini doimo ma’lum chegara doirasida o'zgartirib — goho 
kuchaytirish, goho pasaytirish, umuman moslashtirish, o'zgar­
tirish qobiliyati tufayli uni normada saqlab kasallikka olib kelmaydi. 
Sog'liq — aslida organizmning tabiiy holati bo'lib, uning tashqi 
muhit bilan moslasha olishi, kasallikka xos o'zgarishlarning 
yo'qligi, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotiijamligi, eson-omonligi 
bilan ifodalanadi. Ana shunday tushunchani Jahon sog'liqni saqlash
10


tashkiloti ta ’riflab bergan. Biroq norma va sogMomlik tushunchala- 
ri ko'p jihatdan nisbiydir. Sog‘lom insonda jismoniy mehnat vaqtida 
fiziologik jarayonlar faolligining (masalan, yurak qisqarishi, nafas 
va moddalar almashinuvining tezlashuvi va hokazo) kuchayishi 
normal hodisadir. Sokin holatda yurak qisqarishlari, nafas va mod­
dalar almashinuvining kuchayishi esa organizmda u yoki bu ka­
sallikning mavjudligidan darak beradi. Shuningdek, ovqat qabul 
qilgandan keyin oshqozon, oshqozon osti bezi, ichak bezlari 
sekretsiyasining ortishi normal hodisadir. Ammo, ovqat qabul qilish 
bilan bogManmagan hollarda ular sekretsiyasining ortishi kasallik 
alomati boMishi mumkin.
Amaliy tibbiyotda bunga oid juda ko‘p misollar va dalillami 
keltirish mumkin.
PATOLOGIK REAKSIYA, PATOLOGIK JARAYON VA 
PATOLOGIK HOLAT HAQIDA TUSHUNCHA
Patologik reaksiya deb, oiganizm tuzilma — funksional birliklari 
ta’sirlovchining kuchiga nomutanosib boMgan qisqa muddatli, sodda 
javobiga aytiladi. U normal holat va sharoitda ham kuzatilishi 
mumkin, kasallikda esa aynan shu reaksiyalaming kuchi va sifati 
jihatidan chetga chiqadi. Patologik reaksiyalar, odatda, salomaflikni 
jiddiy va uzoq muddatga o‘zgartirmaydi. Masalan, qon bosimining 
qisqa muddatga ko‘tarilishi yoki pasayishi, tizza refleksining kuchay­
ishi yoki zaiflashuvi, arteriaolaming kengayishi, kasal chaqiruvchi 
qitiqlovchiga javoban shilimshiq moddaning ajralishi va hokazo shu- 
larga kiradi.
Patologik jarayon deganda, shikastlangan to ’qim a, organ va 
yaxlit organizm da patologik reaksiya bilan bir vaqtda himoya- 
moslashuv reaksiyalarining uyg'unlashib, bir-biriga ta ’siridan 
sodir boMgan hodisa tushuniladi. Masalan, yalligManish, isitma 
va hokazo. Patologik jarayon kasallikka aylanishi yoki qayta tiklanib, 
normallashib ketishi mumkin.
Patologik holat — bu asta-sekin rivojlanayotgan patologik 
jarayon yoki uning natijasidir. Patologik holat homila ona qomida 
rivojlanayotgan davrda boshlanishi mumkin, masalan, tug‘ma
11


nuqsonlar va mayibliklar. Ba’zida patologik holat o‘tkir patologik 
jarayonlarning oqibatida yuzaga keladi, bunga yallig‘lanish oxirida 
terining kuygan sathida chandiq paydo boiish in i misol qilish 
mumkin. Chandiq to'qimasida moddalar almashinuvi sodir boMa­
di, kollagen va elastik tolalar yangidan paydo boMadi, demak 
chandiq uzoq muddat saqlanuvchi patologik holatdir. Patologik 
holat unga har xil patogen omillar ta ’sir ko'rsatganida qaytadan 
patologik jarayonga aylanishi mumkin. Masalan, xol (nor) kabi 
patologik holat mexanik, kimyoviy yoki radiatsion q o 'z g 'a- 
tuvchilar ta’sirida melanoma o'smasiga (tez rivojlanuvchi patologik 
jarayon) o‘tishi mumkin. Bu patologik jarayon bilan patologik 
holat o'rtasida aniq.chegara yo'qligini ko'rsatadi.
TIPIK PATOLOGIK JARAYONLAR
Inson va sut emizuvchilarda har xil patologik jarayonlar doimo 
hujayra ham da to'qim alarning alohida patologik reaksiyalarining 
turli nisbatda birgalikda — kombinatsiyalari shaklida uchraydi. 
Ulami tipik patologik jarayonlar deb ataladi. Masalan, yallig'- 
lanish, isitma, shish, o ‘smalaming o'sishi, distrofiya va hokazolar 
shular jum lasidandir.
Barcha tipik jarayonlar evolutsion taraqqiyot natijasida shakl- 
langan boMib, ularda bir tom ondan shikastlanish va ayni vaqtda 
yuzaga keluvchi himoya-moslanish reaksiyalari namoyon boMadi.
HIMOYA REAKSIYALARI
Organizmning himoya-moslashuv to'siqlariga terining epiteliy 
qatlami, shilliq pardalar, kalla suyagi, ko'krak qafasi, suyak- 
mushak apparati va qorin devorining mushaklari kiradi. Bu to'siq- 
lar qator zararli omillardan himoya qiladi. Gemato-ensefalitik to'siq 
bosh m iya to 'q im a s in i q o n d a n tu sh g a n h a r xil z a ra rli 
moddalaming unga kirishidan himoya qiladi. Aslida, qonning bufer 
sistem alari ham to 'siq m exanizm lariga kiradi, chunki ular 
yordamida qonning o-'ziga xos muhiti va holati eng qulay holda saq­
lanadi. Ichak-jigar to'sig'i organizmni ichakda hosil bo'lgan zaharli 
mahsulotlarning qon aylanish doirasiga o'tishidan himoya qiladi.
12


MOSLASHUV REAKSIYALARI
Ba’zi bir odatdan tashqari ta ’sirlardan paydo bo'ladigan shartli 
va shartsiz reflekslar himoya reaksiyalari qatoriga kiradi. Himoya 
reflekslari tufayli organizm patogen omillarning zararli ta’siridan 
saqlanishi, tozalanishi va patologik jarayon rivojlanishining oldini 
olishi mumkin. Funksional moslashuv reaksiyalariga sodda va 
murakkab himoya harakat reflekslari, jumladan, yo‘tal, qusish, 
qon yo'qotish, yallig'lanish va isitm adagi, shuningdek ba’zi 
immunitet,allergiyadagi reaksiyalar kiradi.
KOMPENSATOR REAKSIYALAR
Patogen qo'zg'atuvchilarning uzoq muddatli ta ’siri natijasida 
kompensator-himoya reaksiyalari paydo bo'ladi. Bularga, masalan, 
yurakka og'irlik tushganda bajarayotgan ishining kuchayishi va shu 
tufayli uning gipertrofiyasi, o'pkaning biror tomoni kesib olib tash- 
lengaeda qolgan qismi funksiyasining kompensator ravishda ku­
chayishi, buyraklardan biri olib tashlanganda ikkinchisining ham 
funksiyasini o'ziga olib kompensator holda zo'rayishi va hokazolar 
kiradi. Har xil sababdan kelib chiqadigan to'qimalarning gipoksiyasi 
natijasida murakkab kompensator mexanizmlar paydo bo'ladi, 
masalan, turli sabablaiga ko'ra anemiya rivojlanganda o'pka va yurak 
fu nksiyasining k u ch ay ish i, shu tufayli qon ay lan ish in in g
tezlashishi (taxikardiya, yurakning sistolik va minutlik hajmlarining 
ortishi), mayda — arteriolalar, kapillar tomirlarning kengayishi, 
qon yaratilishining tezlanishi va hokazolar shular jumlasidandir.
TIKLANISH REAKSIYALARI
H ar xil patologik qo'zg'atuvchilar ta ’sir etganda organizm 
hujayralari, to'qim alari, organlari va sistemalarining tuzilishi — 
morfologiyasiga putur yetishi kuzatiladi. Organizm nekrozga uch­
ragan hujayralarini va shikastlangan morfologik tuzilm alarni 
tiklashga — regeneratsiya qilishga shikastlanmagan hujayralaming 
proliferatsiyasi, ayniqsa nisbatan tez rivojlanuvchi biriktiruvchi 
to'qim a hisobiga amalga oshiriladi.
13


Shunday qilib, kasallikda organizm yaxlit holda o'zida mavjud 
barcha himoya-moslashuv, kompensator va tiklanishga yo'nalgan 
reaksiyalarini faol holda jalb qiladi. Ushbu reaksiyalar o ‘rtasida 
murakkab o'zaro munosabatlar vujudga keladi va asosan ularning 
asosiy m ohiyati organizmni patogen qo'zg'atuvchilar ta ’siriga 
nisbatan chidamliligini ta ’minlashga qaratilgan bo'ladi.
KASALLIKNING KECHISHI VA OQIBATLARI
Har bir kasallik, asosan, o'ziga xos klinik kechishga ega va bu 
har bir odamning, patogen omilning tabiati, ta ’sir etish xusu­
siy atlari b ila n b o g ‘liq. A m m o, sh unga qaram ay, kasallik 
rivojlanishida shartli ravishda quyidagi umumiy davrlarni farq 
qilish mumkin:
1. Latent yoki yashirin davr — patogen qo‘zg‘atuvchi organizmga 
tushib, o 'z t a ’sirini ko'rsatishi, ya’ni kasallikning dastlabki 
alomatlari paydo bo'lgunicha o'tgan vaqt oralig'i. Yashirin davr bir 
necha sekund va minutdan (masalan, mexanik jarohatlanish, o'tkir 
zaharlanish va hokazo) tortib, bir necha kun, hafta, oylar, yil 
va hatto o 'n yillab (ba’zi irsiy, yuqumli, moddalar almashinuvi 
buzilishidan bo'ladigan kasalliklar va boshqalar) davom etishi 
mumkin.
Latent davrning asosiy mohiyati shundaki, bu vaqtda endi 
rivojlanayotgan kasallikning tashqi ko'rinishlari, subyektiv va 
obyektiv alom atlari hali yuzaga chiqmaydi va oddiy tekshirishlar 
orqali aniqlanm aydi. Ammo qator hollarda zamonaviy nozik 
tadqiqot usullarini qo'llab, kasallikni ushbu davrda ham aniqlashga 
muvaffaq b o'lish mumkin, bu esa kasallikni samarali davolash 
va oldini olish uchun muhim ahamiyatga ega.
2. Prodrom al davr (grekcha — 

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish