X to‘xtaboyev kimyo 9


• Elektronning kashf etilishi (ingliz olimi J.Tomson, 1897-



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/143
Sana11.03.2023
Hajmi3,01 Mb.
#918140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
kimyo 9 uzb

• Elektronning kashf etilishi (ingliz olimi J.Tomson, 1897- 
yil).
• Atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistema da-
gi tartib raqamiga tengligi (ingliz olimi D.Mozli, 1913-
yil).
• Yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishi 
(rus olimlari D.D.Ivanenko va E.N.Gapon hamda ne mis 
olimi V.Geyzenberg, 1932- yil).
Kimyoviy elementning davriy sistemadagi o‘rni uning atom
tuzilishi va xossalariga bog‘liq.
Radioaktivlikni o‘rganish (M.Sklodovskaya-Kyuri, P.Kyuri,
E.Re zerford) kimyoviy element atomi murakkab sistema ekan-
ligini ko‘r satdi. Atom musbat zaryadga ega bo‘lgan yadrodan va 
uning atro fida harakatlanuvchi elektronlardan iborat (elektron 
(
ē
) 9,1·10
-31
kg massaga va 1,6·10
-19
C (kulon) manfiy elektr 
zaryadiga ega). Atomdagi elektronlar to‘plami 
elektron pog‘ona
deb ataladi. Atom elektroneytral zarra, demak, atom elektron 
qobig‘idagi elektron lar soni yadro zaryadiga yoki davriy siste-
madagi element tartib raqamiga () tengdir.
Proton-ney tron nazariyasiga ko‘ra, atom yadrosi proton 
va neytronlardan iborat (proton (p) 1 a.m.b. massaga va +1 
zaryadga ega bo‘lgan zarra; neytron (n) proton massasiga yaqin 
massaga ega elektroneytral zarra).
Yadro zaryadi uning tarkibiga kiruvchi protonlar soni bilan 
belgilanadi, demak, atom yadrosidagi protonlar soni ele mentning
davriy sistemadagi tartib raqamiga teng.
Atomlarning absolut massasi (A) atom tarkibiga kiruvchi barcha 
zarralar massalari yig‘indisiga teng:
A = protonlar massasi + neytronlar massasi + elektronlar 
massasi.
Elektronlar massasi shu qadar kichik bo‘lganligidan, atom-
lar ning massasini ular tarkibiga kiruvchi proton va neytronlar 
massasidangina iborat deb olish mumkin. Elementning nisbiy
atom massasini quyidagicha aniqlash mumkin:
A

= Z (proton soni, tartib raqami) + N (neytron soni).
http:eduportal.uz


8
Atom yadrosidagi neytronlar soni element nisbiy atom mas-
sasi va uning tartib raqami orasidagi farqqa teng: N = A
r
– Z.
Shunday qilib, elementning davr iy sistemadagi o‘r niga 
qarab, uning atom tarkibini aniqlash mumkin (1- jadval).
1- jadval.
Zarrachalar
bo‘lishi mumkin
bo‘lgan 
atomning sohasi
Zarrachalar
Nomi
Belgisi
(chap
pastdagi 
son
zaryad)
Massa 
a.m.b.
Zaryadi
Atomdagi 
zarra-
chaning
soni
Yadro
Proton
p
1
1
1
+1
Z
Neytron
n
0
1
1
A
r
–Z
Elektron qobig‘i Elektron
ē
1/1836,1
-1
Z
Ko‘rib turganimizdek, atomning tarkibiga neytronlar hamda 
musbat va manfiy zaryadli zarralar — elektronlar va protonlar
kiradi va u qarama-qarshi xossali zarralar to‘plamidan iborat.
Proton, ney tron elektron elementar zarralar hisoblanib, 
hozirgi kungacha turli xossalarga ega (massa, zaryad va b.) 
ko‘p 
lab zar rachalar ma’lum. Biz ular ni ko‘ra olmasak-da, 
ularning haqiqatda mavjudligi olim lar tajribalarida aniqlangan 
ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanadi.
Elementar zarralar ham atom va molekulalar singari mate-
riya turlaridir. Atom tuzilishini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, dav -
riy sistemada elementlar atomlarning elektron pog‘onalari tuzi-
lishiga mos ravishda ma’lum tartibda joylashadi.
Qo‘zg‘almagan holatda atomning elektron tuzilishi undagi 
elektronlar soni bilan belgilanadi. Bunda elektronlar energiyasi 
minimal bo‘lgan orbitallarni egallaydi. Elektronlar soni yadro 
zar yadiga teng bo‘ladi. Shunday qilib, aynan yadro zar yadi 
atom ning elektron tuzilishini va shu bilan birgalikda element
xossalarini belgilovchi tavsif bo‘lib hisoblanadi. Bundan davriy 
qonunning quyidagi ta’rifi kelib chiqadi:
http:eduportal.uz


9

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish