X. Sanoqulov, D. Xodiyeva


Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/158
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#188464
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158
Bog'liq
Mexnat va uni o'qitish metodikasi. Sanoqulov X.

Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.
Firdavsiyga  yaqin  davrda  yashagan  shoirlardan  yana  biri  Nosir 
Xisravdir.  Uning  fikricha,  dunyodagi  eng  oliyjanob  va  oliyhimmat 
odamlar  mehnatkashlar  -   jamiyat  uchun  foydali  narsalar  ishlab 
chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.
Kasbdan shod-u hurram yo‘q jahonda, 
Hunardin yaxshidur ham yo‘q jahonda.
Butun kun rizqining bog‘boni bo‘lg‘ay,
Kishin o‘z uyining mehmoni bo‘lg‘ay.
Arzir uning bo‘lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida  tilga  olingan  ulug‘  mutafakkirlaming  mehnat  tarbiyasi 
va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mum- 
kinki,  inson dunyoga kelar ekan, o‘z hayoti mobaynida insoniy qadr- 
qiymatga ega bo‘lishi kerak.
Zero,  mehnat  qilgan,  kasb-hunarli  inson  birovga qaram  bo‘lmay- 
di, ya’ni mehnat qilish orqali inson o'zining uch ehtiyojini qondiradi. 
Moddiy ehtiyojini,  ma’naviy ehtiyojini,  mehnat ehtiyojini qondiradi. 
Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma’naviy va mehnat ehtiyojlari 
ham qondiriladi.
Xullas,  boshlang‘ich  sinf o‘quvchilarining  mehnat  va kasb-hunar 
tarbiyasida  ulug‘  mutafakkirlarimizning  asarlaridan  keng  foyda- 
lanish maqsadga muvofiq. Mutafakkirlaming merosiga chuqur hurmat 
bilan  qarash va ular yaratgan  asarlaridan oqilona foydalanish  o‘quv- 
chilaming ta‘lim-tarbiyasida katta o‘rin egallaydi.
Odam hunaming yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga 
oid  bilimlarni  mukammal  egallashi,  hunarmandlar  ahlini  qo‘llab- 
quvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat,  Sharq  mutafakkir  allomalari  hunar  va  hunarmandlar- 
ga katta e ’tibor  berganlar.  Jumladan, Alisher Navoiy o‘z zamonasida 
zargarlar,  kulollar,  tikuvchilar  kabi  turli-tuman  hunar  sohiblarining 
hammasiga zo‘r hafsala, qunt, e’tibor bilan maslahatlar berib, husniga 
rag‘bat  ko‘rsatib,  hamda  ularga  homiylik  qilganlar.  Alisher  Navoiy: 
“Inson bo‘lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o‘r-


gan,  shunda dunyodan hammomga  kirib toza yuvinib  chiqmagan  ki- 
shidek o‘tmaysan”- deydilar.
Shuningdek,  donishmandlarimiz о‘git qilganlarki,  vaqtida  ilm-hu- 
narga  muhabbat  qo‘ying,  o‘rgatilgan  пщ-salami  yodingizda  tuting, 
ilm-hunar  o‘rganishga  chin  ixlos  bilan  kirishing,  yoshligingizni  be- 
korga 
0
‘tkazmang.  Hattoki,  ulug‘  shayxlarimizning o‘zIari ham  biror 
hunar egasi bo‘lganlar.  Masalan  Shayxul Mashoyix Abu  Said Xarros 
etikdo‘zlik  qilgan.  Shayx  Muhammad  Sakko  mashhur  pichoqchi, 
Shayx  Xoja  Bahouddin  Naqshbandiy  ajoyib  naqqosh  bo‘lganlar, 
boshqalami  hunar  o‘rganishga  da’vat  etganlar.  Xoja  Bahouddin 
Naqshbandiy  aytadilar:  “Dil  ba  yoru,  dast  ba  kor”,  ya’ni  “Diling 
Ollohda, qo‘ling doim mehnatda bo'lsin”.
Insoniyat  qadr-qimmati  mehnatda,  bilimda,  hunarga  tayanishda, 
birovga xor bo‘lmaslikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi.
0 ‘z mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbayi 
bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik 
manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. 
Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o‘yib 
yozilgan hikmatdur”, deb ta’kidlanadi.
“Farzandlarga  odob-hunar  o‘rgatmak  merosdur”,  -   deb  nasihat 
qilinadi  “Qobusnomada”.  -   “Sen  odob,  hunar  va  donishni  o‘zingdan 
meros  qilgin,  toki uning haqqini bajo kelturmish  bolgaysan”.  Chunki 
xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. 
Oliy  xaloyiqning  farzandlariga  xirfa  (savdo  hunari)  pesha  (kasb)  din 
yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar 
bilsa  va  lekin  hech  kasbni  bilmasa  ayb  emasdur.  Hunar  esa  bir  kun 
ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir. Hunaming 
nechog‘lik  zarur  ekanligi  qator  rivoyatlar,  naqllar,  ertak,  dostonlarda 
ham  o‘z  aksini  topgan.  “Oltin  baliqcha”,  “Savdogar  bilan  podachi”, 
“Sirli  gilamcha”,  “Baliqchi  bola”,  “Ikki  naqqosh  ishi”  kabi  ertaklar, 
“Hasanxon”,  “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar egallashda halol- 
lik,  poklik,  sabr-qanoat,  matonat,  mehnat  madaniyatiga  rioya  qilish 
muhim rol o ‘ynaydi.


Ota-bobolarimiz  ham  hunar  o'rganishni  asosiy  vazifa  ekanligini 
o‘rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o ‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Aburayhon  Beruniy  mehnat  va  hunar  avloddan  avlodga  meros 
bo‘lib  o‘tishini  sinchiklab  o‘rgangan  va  hunami  yuqori  baholagan. 
U  hunarmandchilikda,  mehnatda  to‘liq  ustozlik  sa’natini  egallab 
olish kerak, degan fikmi aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy 
bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.
Xalqimiz  bolalarda mehnatsevarlik va  mehnatga  qiziqishni  tarbi­
yalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda meh­
nat  munosabatlarini  kamol  toptirish,  kelajak  hayotga  tayyorlashni 
o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-hunarmand- 
lar  uyida  yakka  shogirdlikka  tushgan  bolalar  bir  necha  yil  hunarga 
ta’alluqli bo‘lmagan yumushlami ham bajarib yuraverganlar.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish