chilaming chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantiradi. O’quv-
chilarni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda
bo’lishga tarbiyalaydi.
O ’quvchilarni ish unumini oshirish, chuqur bilim egallash, ijodiy
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi.
Har bir dars o ’quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr
yuritishni, asosiy narsani ajratishni, xulosa va umumlashtirishni, o’z
ishini rejalashtirishni, uni kerakli su’ratda amalga oshirishni, o’z-
o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarini mehnat darslarida ish unumini oshirish ikki bos-
qichda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi bosqich- mehnat mashg’ulotlarining aniqligi, asosligi,
uning bola qiziqishiga, isti’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi.
Bunda o’quvchilaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imko-
niyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni
mehnatning ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida
aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida ta-
komillashtirishga yordam berish juda muhimdir.
Mehnat ta’limida o’quvchilaming diqqat e’tiborini:
- asbob-materiallami saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga:
- ish joyini to’g’ri jihozlashga:
- materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga:
- ish harakati me’yori va su’ratiga:
- ish sifatini ta’minlovchi omillarga:
- ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga:
- buyumni chiroyli qilibbezishga jalb kilib borish kerak.
Ikkinchi bosqich- O’quvchilarga jamoatchilikga, ijodiy tashabbus-
korlikga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga,
mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish zarur.
O’quvchilarni mehnat darslarida ish unumini
oshirish uchun ularni
ongiga, dunyosiga mehnat orqali ta’sir etishimiz muhim o ’rin egnl-
laydi. Bunda mehnatning tarbiyaviy kuchi o’quvchining mehnatgn
munosabatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ishtiyoq va qiziqish bilan
qilinayotgan mehnat majburan qildirilayotgan mehnatga imbatin
o’quvchilaming ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq t i ’slr etadi.
Shuning uchun o’quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan
oldin pedagog o’qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlami amalga
oshirish talablari qo’yiladi:
- yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish:
- uni qo’llash urni va maqsadini tushuntirish:
- yasash usullari va jarayonini tushuntirish:
Bolalar tayyorlagan narsalar o’z o’rnida qo’llanilishi ham katta
ahamiyatga egadir. Ular o’z mehnatlarining foydaliligini ko’rganlarida,
ularda o’z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir
foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish paydo bo’ladi. Ularda
o ’z qobiliyatlarini ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo’lish hissiyoti uyg’onadi, chunki bolalar atrofdagi narsalami qanday
mehnat evaziga yaratilganligini anglaydilar.
Dars mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri darslami
hayot bilan chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim.
O’quvchilarni faollashtirish ayniqsa o’qitishning zamonaviy bos-
qichi sharoitlarida anchagina murakkabdir. Shunung uchun o’quvchi-
laming o’quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruvchi vosita va
usullarini tanlash o’qituvchining doimo diqqat markazida bo’lishi shart.
O’quvchilaming ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir
qator usullar vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari
bilan tanishtiramiz:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda o’quvchining
iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash.
2. Bir maqsadda o ’qitishning alohida va umumiy shakllarini birik-
tirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foydalanish.
3. Faoliyat turlari o’rganilayotgan material bilan to’g ’ri muno
sabatni ta’minlash.
4. Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat,
tasavvur va shu
kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o ’ziga xos kon-
kurslar o’tkazish.
Mehnat darslarining muhim xususiyati shundaki, o’quvchilar
mehnat va politexnik bilim, ko’nikma va malakalami xilma-xil ama
liy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va ijtimoiy foydali aha
miyatga ega bo’lgan predmetlar yasash jarayonida egallaydilar.