X. Sanoqulov, D. Xodiyeva



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/158
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#188464
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
Bog'liq
Mexnat va uni o'qitish metodikasi. Sanoqulov X.

Savollar
1. Mehnat darslarida tejamkorlik nima?
2. Iqtisodiy tushunchalar  nima?
3. Mehnat darslarida tejamkorlikdan qanday foydalaniladi?
Mavzu: Mehnat darslarida ish unumini oshirish texnologiyasi
Kichik yoshdagi o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalami rivoj- 
lantirish, ijodiy mehnatga, mustaqil fikrlashga o’rgatish, kasb-hunarga 
yo’naltirish,  ilmiy  dunyoqarashini  kengaytirish,  mantiqiy  fikrlashga 
o’rgatish muhim muommolardan biridir.
Shunday  ekan  boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarni  ijodiy  meh­
natga  o ’rgatish,  ijodiy  qobiliyatlarini  shakllantirishda  mehnat  dars- 
larining  o’rni  juda  kattadir,  O’quvchilami  mehnatga  ijodiy  tayyor­
lash  mehnat  ta’limining muhim  vazifalaridan  biridir.  Mehnat  o’quv-


chilaming chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantiradi. O’quv- 
chilarni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda 
bo’lishga tarbiyalaydi.
O ’quvchilarni  ish  unumini  oshirish,  chuqur  bilim  egallash,  ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi. 
Har bir dars o ’quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr 
yuritishni,  asosiy  narsani  ajratishni,  xulosa va umumlashtirishni,  o’z 
ishini  rejalashtirishni,  uni  kerakli  su’ratda  amalga  oshirishni,  o’z- 
o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarini  mehnat  darslarida  ish  unumini  oshirish  ikki  bos- 
qichda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi  bosqich-  mehnat  mashg’ulotlarining  aniqligi,  asosligi, 
uning bola qiziqishiga, isti’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi.
Bunda  o’quvchilaming  yosh  xususiyatlari,  qiziqishlari,  imko- 
niyatlarini  hisobga  olish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O’quvchilarni 
mehnatning  ma’lum  turiga  bo’lgan  mayl  va  qiziqishni  o’z  vaqtida 
aniqlash  va  ularga  mehnat  malakalarini  sevgan  mashg’ulotlarida  ta- 
komillashtirishga yordam berish juda muhimdir.
Mehnat ta’limida o’quvchilaming diqqat e’tiborini:
- asbob-materiallami saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga:
- ish joyini to’g’ri jihozlashga:
- materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga:
- ish harakati me’yori va su’ratiga:
- ish sifatini ta’minlovchi omillarga:
- ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga:
- buyumni chiroyli qilibbezishga jalb kilib borish kerak.
Ikkinchi bosqich- O’quvchilarga jamoatchilikga, ijodiy tashabbus-
korlikga,  mehnat  kishilarini  va  mehnat  natijalarini  hurmat  qilishga, 
mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish zarur.
O’quvchilarni mehnat darslarida ish unumini oshirish uchun ularni 
ongiga,  dunyosiga  mehnat  orqali  ta’sir  etishimiz  muhim  o ’rin  egnl- 
laydi.  Bunda  mehnatning  tarbiyaviy  kuchi  o’quvchining  mehnatgn 
munosabatiga  ko’p  jihatdan  bog’liqdir.  Ishtiyoq  va  qiziqish  bilan 
qilinayotgan  mehnat  majburan  qildirilayotgan  mehnatga  imbatin 
o’quvchilaming  ongiga,  hissiyoti  va  irodasiga  kuchliroq  t i ’slr  etadi.


Shuning  uchun  o’quvchilar  biror  ijodiy  mehnatga  kirishishlaridan 
oldin  pedagog  o’qituvchilar  zimmasiga  quyidagi  shartlami  amalga 
oshirish talablari qo’yiladi:
- yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish:
- uni qo’llash urni va maqsadini tushuntirish:
- yasash usullari va jarayonini tushuntirish:
Bolalar  tayyorlagan  narsalar  o’z  o’rnida  qo’llanilishi  ham  katta 
ahamiyatga egadir. Ular o’z mehnatlarining foydaliligini ko’rganlarida, 
ularda  o’z  mehnatlarining  natijasidan  qoniqish,  yana  qandaydir 
foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish paydo bo’ladi. Ularda 
o ’z qobiliyatlarini ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lish hissiyoti uyg’onadi, chunki bolalar atrofdagi narsalami qanday 
mehnat evaziga yaratilganligini anglaydilar.
Dars  mazmuniga  qo’yiladigan  muhim  talablardan  biri  darslami 
hayot bilan chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim.
O’quvchilarni  faollashtirish  ayniqsa  o’qitishning  zamonaviy  bos- 
qichi  sharoitlarida  anchagina  murakkabdir.  Shunung  uchun  o’quvchi- 
laming o’quv faoliyatlarini  faollashtirishga yordam beruvchi vosita va 
usullarini tanlash o’qituvchining doimo diqqat markazida bo’lishi shart.
O’quvchilaming  ish  unumini  oshirish  va  ijodiy  faoliyatlarini  bir 
qator usullar  vositasida  faollashtirish  mumkin.  Bu  usullarni  ba’zilari 
bilan tanishtiramiz:
1.  Butun  sinfga taklif etilgan  muayyan  ijodiy  ishda o’quvchining 
iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash.
2. Bir maqsadda o ’qitishning alohida va umumiy shakllarini birik- 
tirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foydalanish.
3.  Faoliyat  turlari  o’rganilayotgan  material  bilan  to’g ’ri  muno­
sabatni ta’minlash.
4. Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu 
kabilarni  tekshirish  hamda  shakllantirish  maqsadida o ’ziga xos  kon- 
kurslar o’tkazish.
Mehnat  darslarining  muhim  xususiyati  shundaki,  o’quvchilar 
mehnat va politexnik bilim,  ko’nikma va malakalami xilma-xil  ama­
liy  ishlarni  bajarish,  o’zlariga kerak bo’lgan  va  ijtimoiy  foydali  aha­
miyatga ega bo’lgan predmetlar yasash jarayonida egallaydilar.


0 ‘quvchilar  mehnat  faoliyatini  tashkil  etishga  qo'yilayotgan  tt* 
lablar bir-biri bilan o‘zaro bogiiq holda qo‘llansagina ijobiy  nutljilar 
beradi.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iboril 
qilib  qo’ymasligi  balki  tarbiya  berish  va  kamol  toptirish  vazifalari 
bilan bog’lab olib borish ham zarur.
Shunung  uchun  ham  o’qituvchi  o’zi  o’qitayotgan  bilimini  bilishi 
lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars 
materiali  asosida  o’quvchilarning  ahloqiylikning  qanday  g ’oyalarini 
anglashga  olib  kelajagini  diqqat,  fikrlash,  xotira,  tasavvur,  irodani 
rivojlantirish  va  boshqa  shu  kabilar  sohasida  shaxs  sifatini  qanday 
kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.
Yuqorida  bildirilgan  fikr-mulohazalarga  tayangan  holda  shunday 
xulosalarga kelish mumkin:
1. Mehnat tarbiyasi o ‘quvchilami ruhiy va amaliy jihatdan mehnat­
ga,  mehnat  faoliyatini  yo‘Iga  qo‘yishda yo‘naltiriI  ganligi  bilan  ijti- 
moiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat­
ga  nisbatan  ongli  munosabatni  shakllantirishdir.  Mazkur  maqsadni 
amalga oshirish bir qator muhim vazifalami hal etishni talab qiladi.
3.  0 ‘quvchilar mehnat  faoliyatining  turlari  xilma-xil  bo‘lib,  ular 
quyidagilar  maishiy  mehnat,  o‘quv  mehnati,  o‘quv  ishlab  chiqarish 
mehnati, ijtimoiy foydali mehnatdan iborat.
4.  0 ‘quvchilar  mehnat  faoliyatini  tashkil  etishning  barcha  bosq- 
ichlarida  mehnat  faoliyatini  tashkil  etishga  nisbatan  bir  qator  peda- 
gogik  talablar  qo‘yiladi.  Mazkur  pedagogik  talablarga  amal  qilish 
maqsadga muvofiqdir.
Savollar
1.  0 ‘quvchilarning  ijodiy  faoliyatida  mehnat  ta’limimning  o'm i 
qanday?
2. Ish faoliyatini oshirish usullari qanday?
3. Individual mashg‘uIot nima?
4. Mehnat darsining muhim xususiyatlari nima?



Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish