X. Sanoqulov, D. Xodiyeva


 ‘quvchilarni  kasb-hunarga  yo‘naltirishda  pedagoglarning



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/158
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#188464
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
Bog'liq
Mexnat va uni o'qitish metodikasi. Sanoqulov X.

0 ‘quvchilarni  kasb-hunarga  yo‘naltirishda  pedagoglarning 
oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
-  o‘quvchilarni  kasbga  boMgan  qiziqishlarini  yanada  takomil- 
lashtirish;
- uni kasb tan lash darajasiga yetkazish;
-ko‘p  qirrali  qiziqishga ega bo‘lgan  o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq 
yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
-  o‘quvchilarda  mehnat  qiluvchi  kishilarga  nisbatan  hurmat 
xislatlarini tarbiyalab borish;
-  o'quvchilarning  o‘ziga  xos  qiziqishlarini  e’tiborga  olgan  holda 
ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar to‘g‘risida ma’lumotlami yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklami har tomonlama 
tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o'quvchilaming o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va 
egallangan bilimlami amalda qo‘llashlariga erishish;
-  o‘quvchilarda  mehnat  va  kasb  tanlashga  qiziqish  uyg‘otish.  Bu 
jarayon  to‘g‘ri  tashkil  etilganda  shaxsning  bo‘lg‘usi  kasbiy  faoliyat 
subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Kasbga  yo‘naltirish  uzoq  muddatli  yalpi  dasturlar  asosida  va 
milliy  xalq  hunarmandchilik  kasblarini  hisobga  olgan  holda  amalga 
oshiriladi.  Ayrim  turdagi  kasblarga  yo‘naltirish  bilan  cheklanib 
qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga 
boMgan  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  yoshlami  sanoat,  qishloq 
xo‘jaligining boshqatarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik 
kasblariga  umumta’lim  maktablarining  mehnat  ta’limi  darslarldn 
yo‘naltirish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Jumladan,  boshlang'ich 
sinf o‘quvchilarini mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida o'qililHdlgnn 
«Loy  va  plastillin  bilan  ishlash»  ish  turiga  oid,  hayk«llm>nhllk. 
kulolchilik,  rassomchilik,  «Gazlama  va  ip  turlari  bilan  ishlttHh"  Uh


turiga oid tikuvchilik, kashtachilik,  do‘ppido‘zlik,  ipakchiJik, to‘quv- 
chilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga 
oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlikkasb-hunarlari 
to‘g‘risida  ma’lumotlar  berish,  darslarni  xalq  milliy  qadriyatlari 
asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘Iadi.
0 ‘quvchilami  kasbga  yo'naltirishning  asosiy  maqsadi  har  bir 
o‘quvchiga  individual  ravishda  kasb  yoki  mehnat  faoliyati  sohasini 
asosan  va  to‘g‘ri  tanlashda  yordamlashishdir.  0 ‘quvchilami  kasbga 
у o‘ naltirish umumta’ lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’ lumki, 
agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy 
ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘Hash butun pedagoglar 
jamoasi tomonidan hal etiladigan umum maktab vazifasi hisoblanadi. 
Shu  bilan  birga,  bu  ishda  mehnat  ta’limr alohida  o‘rinni  egallaydi. 
0 ‘quvchilarni  kasb  tanlashdagi  asosiy  omillar  ota-ona,  muhit  va 
ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni poli- 
texnik  mehnat  va  malakalari  bilan  qurollantirishdan,  ulami  mehnat 
va ijtimoiy faoliyatga,  kasblami ongli ravishda tanlashga, moddiy va 
ma’naviy boyliklami ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan 
iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1. 
0 ‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab  xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2 .0 ‘quvchilami xalq xo‘ja!igining turli tarmoqlari bilan tanishtirib, 
ommaviy  kasblarning  mazmuni,  sinfdan  tashqari  o‘tkaziladigan 
tadbirlarni amalga oshirish.
3. 
Kasb tanlashga yo‘Hash ishlarini olib borishdao‘quvchilarni aso­
san maktab joylashgan hududning  korxona,  tashkilotlarining ehtiyoji 
uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga  yo'llash.
Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o ‘quvchilar uni 
mustaqil  hal  qila  olmaydilar.  0 ‘qituvchilarning  ish  tajribasi 
0
‘quv- 
chilarni kasb tanlashga yoMlashning farq va metodlarini belgilab bera- 
di.  Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. 
D arslarda kasb tanlashgayoMIash. Masalan, o‘qituvchi 
0
‘quv­
chilami mehnat mashg‘ulotlaridabajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar 
bilan tanishtiradi. Chuninchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, durad- 
gorlik, tikuvchilik,  oshpazlik va boshqa kasblar haqida bilim oladilar 
va tanishadilar.


2.  Ekskursiyalarda  kasb  tanlashga  yo‘llash.  Odatda,  ekskursiya- 
larda  o‘quvchilami  o‘quv  rejasi  doirasidan  chiquvchi  material  bilan 
tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quvchilami 
kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘g arak  mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yoMlash. To‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘p- 
roq imkoniyatlar vujudga keladi.
4.  H a r  xil  mavzuda  uchrashuvlar  o‘tkazish.  Odatda,  umum- 
ta’lim  maktablarni  bitirgandan  key in  ishlab  chiqarish  sanoati  muas- 
sasalarida  ishlayotgan  kishilar  bilan  suhbatlari  o‘quvchilarda  katta 
taassurot  qoldiradi.  Mehnat  ta’limi jarayonida o‘quvchilar turli  kasb 
egalari bilan tanishadilar.
5. H a r xil madaniy-ommaviy tad b irlar o‘tkazish. Kasb tanlashga 
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har 
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum. 
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoat fikri” 
mavzusida  munozaralar  uyushtirish,  kinofilmlami  muhokama  qilish 
shular jumlasidandir.
6.  K asblar mazmunini  chuqur  o‘rganish.  0 ‘qituvchi  muayyan 
kasblar to‘g ‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar 
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi 
bo‘lgan  o‘quvchilar  bilan  jiddiyroq  ish  olib  boradi.  0 ‘quvchilami 
qiziqishlariga qarab guruh yoki mikrogumhlarga birlashtiradi.  Bunda 
ishning  turli-tuman  tashkiliy  formalari  qo‘llaniladi.  0 ‘quvchilar  o‘z 
kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o ‘tkazadilar.
7. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mash- 
g‘ulotlarga  ajratilgan  soatlaming  ma’lum  qismidan  kasb  tanlashga 
yoMlash ishi uchun foydalaniladi.
Kasb  to‘g‘ri  tanlanganda ular  o‘z  qobiliyatlarini  va  qiziqishlarini 
yaxshiroq  ro‘yobga  chiqarishlari  hamda  jamiyatga  ko‘proq  foyda 
keltirishi mumkin.
Kasbga yo‘Hash, qiziqtirish hamda malaka vako‘nikmalarini shakl- 
lantirishda o ‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya  ishlari  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Binobarin mehnat ta’limi  fanlari  bo‘yicha  tarbiynvly  l*h- 
laming  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  maqsadi,  vazifalarining  bcqlyot* 
ahamiyati mavjud.


Kasbni to‘g?‘ri tanlash -  inson turmushida muhim qadamdir, yosh 
avlodning  butun  hayotidagi  muvofaqqiyati  ko‘p  jihatdan  kasbning 
qanchalik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish