X. Sanoqulov, D. Xodiyeva. M. Satbayeva mehnat va uni 0 6qitish metodikast



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/94
Sana05.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#739835
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
2 5256123767880421733

Sariq karton 
- oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi 
qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kulrang karton 
- oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. 
Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kartonning bu 
turidan o ‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton 
- bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo 
berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, 
papkalar, muqovalar tayyorlash uchun quiay bo‘lgan karton turidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlarning asosiy jismoniy 
xususiyatlari: rangi, qaliniigi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, 
sathining xarakteri silliq, g‘adur-budurligi bilan tanishadilar. Ba’zi 
narsalami tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bola­
lar 1-sinfdayoq tayyor yelimlaming asosiy xususiyatlari: yopishqoq- 
ligi, saqlanishi, yelimlashni o ‘rganishlari kerak.
Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, 
bolalar ulami osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Qog‘oz va kartonga 
ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha 
mehnat turlari bo‘yicha mehnat ta’limida keng qo‘llaniladi.
Qog‘ozni buklash usullari. Qog‘ozni teng ikkiga buklash uchun 
qog‘oz stol yoki parta ustiga qo‘yiladi va o‘ng hamda chap qo‘l bilan 
qog‘ozni o‘ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni 
pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog‘ozning uchlarining qir-


rasi bir-biriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog‘oz qo‘l bilan 
tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan timoq bosib yurgiziladi.
Qog‘ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog‘ozni yirtishdan oldin, 
avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o‘ng qo‘l bilan 
bosilib, chap qo‘l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi. Bukilgan 
chiziq ustiga chizgichni qo‘yib ham qog‘ozni yirtish mumkin.
Qog‘ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog‘ozni buklab, 
timoq bilan bosib iz tushiriladi. Shundan so‘ng uning buklangan 
chizig‘ini o‘ng tomonga qilib stol ustiga qo‘yiladi, uning orasiga pi- 
choqni tiqib yurgiziladi. 
i
Qog‘ozni qaychi bilan qirqish. Qaychi o‘ng qoMda ushlanadi. Ish 
vaqtida qaychini to‘g‘ri ushlab, qirqilayotgan qog‘ozni undagi kesish 
chizig‘i aniq ko‘rinishi uchun ayiantirib turiladi.
Qog‘ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazeta yozib, uning ustiga 
kerakli o‘lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog‘oz qo‘yiladi 
va mo‘yqalam yordamida o ‘rtasidan chetiga avval chap, so‘ngra o‘ng 
tomonga qarab yelim suriladi. Yelim tez, yupqa qilib suriladi. Yelim 
surilgan qog‘ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo‘yib, uning 
ustidan g‘ijimlanishlar bo‘lmasligi uchun toza mato bo'lagi bilan 
bosib tekislanadi.
Qog‘oz va kartonni o‘lchash usullari. Mehnat darslarida qog‘ozni 
o‘lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika dars­
larida qo‘llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda 
bu oddiy chizg‘ich, uchburchak chizg‘ich va sirkuldir.
Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati 
shundaki, bu darsda buyumlaming umumiy ko‘rinishidagi yig‘ma, 
chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chiz- 
malardan foydalaniladi.
0 ‘qituvchi o ‘quvchilaming yig'ma chizmani o‘qishga, chizma va 
namunadan barcha detallami, ulaming o ‘ lchamini aniqlash va har qaysi 
detalni mustaqil belgilab olishga o‘rgatadi. 0 ‘qituvchi o ‘quvchilarga 
namuna va mehnat darsidagi chizmani ko‘rsatib, bolalar bilan maketni 
yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o‘lchami 
shakli qanday boiishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shaklida


ekanligini aytadilar. Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uIotlarida 
o‘quvchilar oldindan quyidagicha tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning 
ustiga qog‘oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni 
olib tayyorlaydilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi 
mashg‘ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
0 ‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan muno- 
sabatda bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli 
foydalanishlari, shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda tutishlari, 
sinf xonasini tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilganidek, mehnat darslarida ham ta’limning 
ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida 
turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlar shu- 
ningdek, texnik vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimiz- 
dek, “Qog‘oz va karton bilan ishlash” mashg‘ulotlarida o‘quvchilar 
qog‘ozni buklash yo‘ li bilan turli xil narsalaming shaklini yasashni ham 
o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg'ulotlar davomida o‘qituvchi 
quyidagi ko'rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan 
o‘quvchilar bu ko'rgazmalami yasashning bosqichlariga rioya qilgan 
holda, dars davomida yasalishini o‘rganib borishlari mumkin.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish